90. Тошкент қўзғолони. Вабо исёни. XIX asrning oxirgi o'n yilligida Toshkent va Farg'ona hududlarida ko'plab xalq ozodlik harakatlari bo'lib o'tdi. Bulardan 1892 yildagi Toshkent qo'zg'oloni, 1898 yilgi Andijon qo'zg'olonlarini aytib o'tishimiz zarur.
1892 yilgi qo'zg'olon ko'plab adabiyotlarda rus hukumatining vabo kasali tarqalishining oldini olish uchun Toshkent shahrining o'zida ko'rilgan chora tadbirlarga qarshi ko'tarilgan qo'zqolon deb ta'riflangan bo'lsa-da, aslida ko'p yillar davomida olib borgan mustamlakachilik siyosatiga qarshi ko'tarilgan edi. Mustamlakachilar xalqning milliy va diniy qadriyatlari bilan hisoblashmagan edilar. Xalq esa bundan keskin tug'yonga keldi.
1892 yil 24 iyunga o'tar kechasi politsiya pristavge oqsoqol Muhammad Yoqubga vabodan o'lgan kishilar maxfiy ravishda ko'milayotganligini xabar qildi. Bundan g'azablangan oqsoqol Putintsev va Muhammad Yoqub vabodan o'lgan qarindoshlarini yashirincha ko'mganlarni xalq orasida haqoratlab, ko'milgan jasadlarni go'rlaridan qazib olinishini ma'lum qildi.
Marhumlar ruhini haqoratlash musulmon urf-odatlari va shariatning oyoq osti qilinishi odamlar nafsoliyatiga tegib, nafratini qo'zg'adi.
Sabr kosasi to'lgan xalq qo'zg'olonga ko'tarildi. Qo'zg'olonchilar qurollangan soldatlar bilan to'qnash keldilar. Mustamlaka amaldorlar xalqni ayamay o'qqa to’tdilar. Toshkentliklardan ko'p kishi o'ldi va yarador bo'ldi. Ulardan 60 kishi asir olinib, harbiy sudga berildi, 8 kishi o'lim jazosiga hukm qilindi.
Toshkentdagi qo'zg'olon chor hukumati tomonidan bostirildi. Lekin shu bilan birga Turkiston mustamlaka ma'muriyatini g'oyat tashvishga soldi. Garchand bu qo'zg'olon Toshkent shahrining o'zida yo’z bergan bo'lsada, unign aks sadosi butun Turkiston o'lkasi bo'ylab tarqaldi.
XIX asr oxirlarida Rossiyaning mustamlakachilik siyosatiga qarshi o'lka xalqlarining milliy ozodlik xarakatining yorqin namunasi 1898 yil may oyida Andijonda bo'lib o'tgan Dukchi Zshon qo'zg'olonidir. Bu qo'zg'olon rahbari Muhammad Ali Zshon o'z davrining obo'rli diniy va dunyoviy ilmlardan bohabar davr siyosatini to'g'ri tushungan shaxs edi. U o'z muridlari bilan va hamfikrlari bilan bosqinchilarning xalqqa qarshi olib borayotgan zulmkor siyosatini qoralar va bunga qarshi har qanday harakatni ma'qullar edi. Mingtepa qishlog'ida turib, Farg'ona shaharlari va qirg'iz erlaridagi mustamlakachilardan norozi axolini birlashtirish va bu zulmni ag'darib tashlashga harakat boshladi. Dushmanning kuchi bemisl va dahshatli bo'lishga qaramay Vatanni xalqni ozod va erkin ko'rish oliy maqsadni o'ziga singdirgan Muhammad Ali hech ikkinlanmay ishga kirishdi, jumladan qo'zg'olonga da'vat qiluvchi turli chaqiriqlar bilan chiqdi.
91. 1898 йилги Андижон қўзғолони 1898 yilda Andijon yakinidagi Mingtepada dukchi esxon qo’zg’aloni bo’lib o’tdi. Unga shu kishlokda yashovchi Ali Esxon boshchilik qildi. U otasining ishini davom ettirib duk yasardi, shuning uchun uni Dukchi Esxon ham deyishadi.
Мардикорлар ва хунармандлар исёнчиларнинг асосий кисмини ташкил килиб, махаллий ахолининг бадавлат табакасига каратилган эди. Кузголон шавкатсиз бостирилди ва 1898 й. Фаргона водийсидаги, Андижонда, "Дукчи Эшон кузголони" ёки "Мадамин Эшон кузголони" номи билан аталган кузголон булиб утди. Бунга сабаб ва бахоналар куп булиб, улар орасида 1886 йил тасдикланган "Туркистон улкасини бошланиши тугрисидаги низом" туфайли кучайган мустамлака зулми асосий сабаб эди. Кузголонга Маданим Эшон рахбарлик килган, лекин у рус кушинларини бир каршдаёк халкни уз холига ташлб кочиб кетди. Кузголон уз характерига кура халк озодлиги кузголони эди. Исёнчиларни аксарияти махаллий оддий халк эди. Улар яхши куролланмаган ва уюшмаган эдилар.
90-yillarda Turkistonda ro'y bergan eng yirik xalq harakati 1898 yilgi Andijon qo'zg'olonidir. U Andijonda boshlangan bo'lsa-da, O'sh va Namanganni ham qamrab oldi. Binobarin, uni Farg'ona qo'zg'oloni deb atalsa to'g'riroq bo'ladi. Ushbu davrdagi barcha qo'zg'olonlar kabi bo' harakat ham bostirildi. Mahalliy xalqdan qattiq o'ch olindi, jazolandi.
Qo'zg'olonning sababi chorizmning paxtachilikni rivojlantirishdagi vahshiyona siyosati edi. Sharqiy Farg'ona eng yirik paxtakor viloyat hisoblanar, zotan, Turkistondagi jami paxtazorlarning uchdan bir qismi Farg'onaga to'g'ri kelardi. Xalq ommasining mustamlakachilar va boylar tomonidan ezilishi, sudxo'rlikning avj olishi va hokazolar qarzdorlar, chorakorlar, batraklarni ko'paytirib yubordi. Bu esa, tabiiy ravishda ommaning ko'tarilishini, qo'zg'olonni keltirib chiqardi.