89. Чор Россиясининг Қўқон хонлигини босиб олиши. Туркистoн Муxтoрияти хукумати кушинига бoшчилик килган Кичик Eргаш курбoши 1918 йил 1921 фeвралда Кукoн шахрида кизил аскарларга карши булган «икки кунлик уруш натижасида маглубиятга учради» 27 фeвралда булган жангларнинг бирида Кичик Eргаш шахид булди, унинг урнига Катта Eргаш курбoши Фаргoна вoдийсида бoлшeвикларнинг мустамлакачилик тартибига карши кураш бoшланди.
Toshkent bosib olingach, Rossiya imperiyasining Turkiston masalasiga daxldor barcha harbiy siyosiy masalalarni hal qiladigan rus qarorgohi xizmatini bajaruvchi makonga aylantirila boshladi. Toshkent O'rta Osiyoni mustamlakaga aylantirish hukmlarni ijro qiluvchi tayanch harbiy-siyosiy ma'muriy shtab xizmatini bajaradigan bo'ldi.
II. 1867 yili 20 yil davomida quyi Sirdaryodan Etti suvga qadar chor qo'shinlari bosib olgan erlar hisobidan poytaxti Toshkent shahri bo'lgan Turkiston general gubernatorligi tashkil etildi. Uning general-gubernatori qilib podsho Aleksandr II ning yaqin kishisi general fon Kaufman tayinlandi. Unga cheklanmagan vakolatlar berildiki, bundan O'rta Osiyoni bosib olish ishini oxiriga qadar etkazish kun tartibiga qo'yilganligini tushunish qiyin emas edi. Chor qo'shinlari o'z bosqinchilik harakatlarini davom ettirib 1868 yili Samarqandni va Buxoroni, karshiligini engib tinchlik haqida shartnoma (23 iyun)ni imzolandi. 1873 yil may-iyun oylarida Xiva chor qo'shinlari tomonidan zabt etildi va shu yil 2 avgust kuni Rossiya va Xiva o'rtasida tinchlik shartnomasi tuzildi.
Yuqorida zikr etilgan shartnomalarga ko'ra Xiva va Buxoro xonliklari Chorizmning vassali deb hisoblanadigan bo'ldi. Amudaryoning o'ng sohilidagi erlar va Buxoro amirligining Zarafshon vohasi erlari Turkiston general-gubernatorligi hududlariga qo'shib olindi. 1876 yili podsho Aleksandr II farmoni bilan Qo'qon xonligi tugatilib Turkiston general-gubernatorligining Farg'ona viloyati tashkil etildi, general Skobolev uning gubernatori etib tayinlandi.
1876 yili hozirgi O'zbekiston jumhuriyati xududi chorizm tomonidan batamom bosib olingan bo'lsa, 1885 yilga kelib O'rta Osiyoning hamma erlari chorizm qo'shinlari tomonidan egallandi. Bu davrda Turkiston general-gubernatorligi qaramog'iga Sirdaryo, Samarqand, Ettisuv, Farg'ona va Kaspiy orti viloyatlari qarar edi.
Shunday qilib, 1864-1885 yillar davomida chorizm olib borgan bosqinchilik urushlari natijasida O'rta Osiyo xalqlari mustamlakachilik bo'yinturig'ini taqishga majbur bo'ldilar.
Yuqorida ko'rib o'tganimizdek 1864-1876 yillardagi harbiy harakatlar tufayli Qo'qon xonligi tugatilib, Buxoro va Xiva xonliklari chorizmning pratektorantiga aylandi. Qo'qon xonligi tugatilgach, uning va ikkala xonlikning 2G’3 qism erlari tamoyili Rossiyaga qo'shib yuborildi.
Endi bosib olingan yangi erlarni qanday idora qilish masalasi kelib chiqdi.
Chorizm bu erlarda o'zining o'rgangan harbiy amaldorlik (chinovniklik) milliy byurokratik, mustamlakachilik, krepostnoylik siyosatini joriy qilishga qaror qildi.
Bunga ko'ra eng quyidan oliyga qadar bo'lgan xokimiyat rus harbiy ofitserlariga berildi. Shuningdek turli yillarda ishlab chiqilgan va tobora ko'proq zulm o'tkazishga qaratilgan (1865-1886) "Turkiston o'lkasini idora qilish haqida qonun" paydo bo'ldi. Mazkur qonunga ko'ra Turkistonni ijtimoiy, iqtisodiy va madaniy qoloqlikda ushlab turish, o'lkaning milliy boyliklaridan imkon boricha Rossiyaga olib chiqib ketish, paxtachilikni ko'paytirish, buning uchun boshqa ekin maydonlarini qisqartirish boshlandi.
Turkistondagi chorizm mustamlakachiligi Ukraina, Belorussiya, Kavkaz, Ural, Sibir erlaridagidan farq qilib, bu boradagi ishlar ichki ishlar vazirligiga emas, balki to'g'ridan to'g'ri harbiy vazirlikka bo'ysundirilgan edi.