78.Чоризм истилоси арафасида Урта Осиёда ижтимоий сиёсий ахвол, Англия-Россия ракобати. 19 асрнинг 1-чи ярмида УО худудида хонликлар уртасидаги узаро урушлар булиб турди. Бу эса УОнинг рус чоризми томонидан босиб олишнишини осонлаштирди. Бундам ташкари УОни босиб олиш сабабла-ридан бири Америка шимоли ва жа-пубидаги фукаролар уруши (1861-65) мун-ти билан Америка пахтасининг Евроиага келтирилишининг тухтаб колганлигидир. Пахта танкислигидан эса тукимачилик сохасида иикироз юз берди. Англия Россияиинг асосий ра-киби эди. Инглиз айгокчилари Бухоро ва Хивада Россия га карши сиёсат олиб бордилар. Улар харбий разведка билан шугулландилар. Тарих Россияга узининг Осиёдаги эски ракибини тин-читиб куйиши учун кулай фурсат бахш этган эди ва у бундан дархол фой-ди. Русларнинг УОга силжиб бо-ришининг янги тулкини 1853 йилда Кукон калъаси Ок мачитнинг босиб олиниши билан бошланди. Англия-нинг асосий максади хонликларни унга карши 1 куч килиб бирлашти-ришдан иборат эди. Бу мааксади амалга ошгач УО бозорларини эгал-лаш режаси хам йук эмасди. Бу даврда УОдаги хонликлар феодал тар-коклик шароитида яшаш даври давом этарди. 3 хонлик хам моддий маъ-й ёрдамга гоят мухтож булиб турганлиги холда узаро мун-тлар муаммоларни бартараф килмади. УОдаги хонликлар Чор Россияси томонидан босиб олин-гунга кадар ташки савдо сотик ишла-рини эркин юритар, хонликлар Россия Эрон Афг-н Туркия Хитой ва бошка чет давлатларига карвонлар тинимсиз катнарди. Рус савдогарларига барча шарт шароит яратиб берган эди.
Turkistondagi chorizm mustamlakachiligi Ukraina, Belorussiya, Kavkaz, Ural, Sibir erlaridagidan farq qilib, bu boradagi ishlar ichki ishlar vazirligiga emas, balki to'g'ridan to'g'ri harbiy vazirlikka bo'ysundirilgan edi.
Chorizm Turkiston o'lkasini qoloqlikda saqlash maqsadida o'lkadagi qoloq sud sistemasini saqlab qoldi. Chunki xalqlarning qozi, sud sistemasi shariat, odat qoidalari bo'yicha ish qilar, boylar esa yig'ilishda pora berish, iqvo, sotib olish yo'llari bilan 3 yilga saylanar edi.
Turkiston o'lkasi mustamlakaga aylantirilgach u erda poraxo'rlik davlat siyosati darajasiga ko'tarildi, tarix misli ko'rilmagan pastkashliklar, andishasizliklar, ochko'zliklar, boyib olish uchun xushomadgo'ylik, laganbardorlik, yo’zlamachilik, bo’zuqchilik avj oldi.
Chorizm istilosiga qadar Turkiston o'lkasida dehqonlar hosilning 1G’10 miqdorida, chorvadorlar esa bir yilda 3 so'm 50 tiyin soliq to'lar edilar.
Bu chorizm to'ra-amaldorlarini qoniqtirmas edi. Natijada soliqlar ko'paytirildi, natural majburiyatlar ko'paytirildi.
Chor Rossiyasi o'lka xalqlariga nisbatan kamsituvchilik siyosatini olib bordi. O'lkada oz xarajat sarf qilib ko'p foyda-daromad keltiradigan engil korxonalarni rivojlantirishga asosiy diqqatni qaratdi. Chor ma'murlari O'rta Osiyoni chorizmning asosiy xom ashyo bazasi deb qarar edilar. O'lka aholisi ikki tomonlama ekspluatatsiya qilinar edi.
Turkiston xonliklari uchun bo’lgan ana shunday ogir sharoitda dunyoning bosqinchi davlatlari, hususan Rossiya va Angliya o’lkamizga ko’z olaytira boshladi. Aslida Rossiya Turkistonni bosib olish rejasining amalga oshishiga XVI asr o’rtasida Ivan Grozniy zamonidayok Qozon (1552), Astraxon (1556) va Sibir (1581-1590) xonliklari ko’lga kiritilganidan keyin kirishgandi. Ana shu maqsadda 1558-1559 yillarda Antoni Jenkinsonning Buxoroda bo’lishi, XVII asrda Rossiyadan Buxoro va Xivaga 9 marta elchilarning kelishi jarayonida esa xonliklarning iqtisodiy va harbiy ahvoli o’rganilishi amalga oshirilgandi. Imperator Pyotr I davrida xonliklarning g’arbiy, shimoliy va sharqiy chegaralarida harbiy istehkomlar qurish maqsadida harbiy ekspedisiyalar yuborilishi amalga oshirilgandi. Lekin Rossiyaning bu harakati Angliya manfaatlariga zid edi. Chunki Angliya o’z tasarrufidagi Hindiston va Afg’oniston orkali O’rta Osiyo davlatlari bilan savdo-sotik qilardi. U rus savdogarlarini bu hududlardan siqib chiqarishga intilardi hamda ruslarning chegaralari Afg’onistongacha yetib borishini hohlamasdi. Inglizlar rejasiga ko’ra xonliklar ikkala mustamlakachi davlat o’rtasidagi «betaraf maydon» bo’lishi zarur edi. Undan tashkari Angliya O’rta Osiyo xonliklarining bu davrdagi kuchsizlanayotganligidan foydalanib, Rossiyaning harbiy bosqini boshlanishi mumkinligini ham e’tibordan chetda qoldirmayotgandi.
Rossiya va Angliya o’zaro munosabatlarini yahshilash va raqobatchilikni yumshatish uchun 1856 yilning 19 martida o’zaro bitim tuzdi. Rus general–leytenanti Hrulevning fikricha, bu bitim o’zaro munosabatlarni o’zgartirmadi, chunki u mahalliy savdo va hukumronlik qilish masalalarini o’z ichiga olmagandi. 1858 yil martida Angliya parlamenti Hindistonni o’z mustamlakasiga aylantirish va Turkistonda savdo alokalarini kengaytirish maqsadida mahsus qo’mita ta’sis etdi. Natijada Turkistonda rus-ingliz rakobatchiligi yil sayin kuchayib bordi. Angliya o’z diplomatlari, sayyohlari va ayg’okchilari vositasida Buxoro, Xiva va Qo’qon xonliklarini Rossiyaga qarshi ittifoqqa uyushtirishga harakat qildi. Angliya bunda Turkiya hamkorligidan ham foydalanmokchi bo’ldi. Lekin bu urinishlar natija bermadi.
79. Чоризм ҳукмронлиги даврида маҳаллий халқлар маънавияти ва маданиятининг оёқости қилиниши. Chor Rossiyasi o'lka xalqlariga nisbatan kamsituvchilik siyosatini olib bordi. O'lkada oz xarajat sarf qilib ko'p foyda-daromad keltiradigan engil korxonalarni rivojlantirishga asosiy diqqatni qaratdi. Chor ma'murlari O'rta Osiyoni chorizmning asosiy xom ashyo bazasi deb qarar edilar. O'lka aholisi ikki tomonlama ekspluatatsiya qilinar edi.
Chor ma'murlari ming-minglab rus oilalarini O'rta Osiyoga ko'chirtirib keltirib, viloyatlardagi serunum erlarni dehqonlardan tortib olib kelgindilarga berdilar. Mahalliy aholi qir-adirlarga ketishga majbur bo'ldi. O'lkadagi ishchilar g'oyat qiyin ahvolda hayot kechirganlar. Ish soatlari korxonalarda 12 soatdan 18 soatgacha davom ztar edi. Mahalliy ishchilarning ish xaqlari nihoyatda kam edi.
Aholining 90 foizini tashkil etgan qishloq ahlining ahvoli bundan ham og'ir edi. Dehqonlar ayniqsa soliqlardan azob chekar edilar.
O'zbek qishloqlarida yangi tartiblar o'rnatilishi tufayli dehqonlarning tabaqalanishi jarayonida mahalliy quloqlar sudxo'r savdogarlar paydo bo'ldi. Qishloqdan chiqqan bu yangi burjaziya qo'sh ma'muriyatni amalda o'z qo'liga olib bo'lgan edi.
Rus mustamlakachiligining Turkistondagi asosiy tayanchi ma'muriy va majbur qiluvchi tashkiloti politsiya idorasi bo'lib u juda katta vakolatlariga ega edi.
Politsiya ma'muriyati mustamlakachilik qonun-qoidalarga amal qilishni nazorat qilish, ayniqsa mahalliy xalqning kayfiyatlari va hatti-harakatini ko’zatib borish, istalgan shubhali odamni hibsga olish huquqlaridan keng foydalanardi. Turkiston general-gubernatorining o'zi bosh mirshab vazifasini ham o'tar edi. Xokim mutlaq general-gubernator o'lkadagi istalgan odam, ayniqsa mahalliy aholiga mansub odamning taqdirini ko'ngli tusagancha hal qilib yuborar edi.
Viloyatlardagi harbiy gubernatorlar, tumanboshilar, uchastka pristavlari ham o'zlarining vakolat doirasida katta huquqlardan foydalanganlar.
Turkiston shaharlarida politsmeystr lavozimi joriy etilib, huquq jihatdan tumanboshilar bilan teng edi.
Toshkentda Yangi shahar va Eski shahar politsmeystrlari ish olib borganlar. Ularga politsiya pristavlari bo'yso’ngan. Mahalliy ma'muriyat - vlast boshqaruvchilari va oqsoqollari ham quyi politsiya zobitlari vakolatlariga ega bo'lib, ularga yollangan mirshablar hizmat qilgan.
XIX asrning II yarmida O'rta Osiyoda ho'jalikda hali kapitalizmgacha bo'lgan munosabatlar o'rinda to'lishiga qaramay, Chor Rossiyasining O'rta Osiyoni bosib olish uning Rossiya xalq ho'jaligining ta'sir doirasiga kirishiga olib keldi. Chorizmning bir qator to'siqlariga qaramay, o'lkamizda kapitalistik xalq ho'jaligining turli tarmoqlarini qamrab ola boshladi.
Rossiyadan kapitalning oqib kelishi XX asr boshlarida Turkistonda kapitalistik taraqqiyot suratlarini jadallashtirib yubordi. Bu jarayon 2 davrni o'z ichiga olib, uning birinchi davrida Chorizm o'lkamiega (1865-90 y. oxiri) to'qimachilik, neft mahsulotlari, metall buyumlar, attorlik mollari, spirt ichimliklari va boshqa iste'mol buyumlari olib kelar, Turkistondan esa quruq meva, xom ipak, teri, yung va paxta olib ketardi. Rus sarmoyadorlarining ulgurji savdo firmalari olib kelgan mollarni mahalliy savdogarlarga ko'tarasiga sotar va tushgan daromadga o'lkamizdan mol sotib olardi. O'rta Osiyoning Rossiya bilan iqtisodiy aloqalarida Nijniy Novgorod yarmarkasi ahamiyatga ega bo'lgan.
Bu davrda O'rta Osiyo shaharlarining aholisi ko'paydi, ma'muriy jihatdan ahamiyati oshdi. Yagona ichki bozor endi endi shakllanib kelayotgan bo'lib, o'lkamizda asosan bozor savdosi xukmronlik qilar, asosiy bo'lgan do'kon savdosi esa shaharlarda bo'lib, soni kam edi.
80. Бухоро амирлигининг Чор Россияси вассалигa айлантирилиши. Rossiya davlatining hukmron doiralarida esa bu paytga kelib Qo'qon, Xiva xonliklari va Buxoro amirligiga nisbatan istilochilik ruhi ustun kelib, Aleksandr II (1855-1881) hukumatining tashqi siyosatida jangari generallar mavqei kuchaydi. General-ad'yutant graf D. Milyutinning harbiy vazir lavozimiga, graf N. Ignatyevning esa Bosh shtab Osiyo bo'limi rahbarligiga tayinlanishi Rossiyaning O'rta Osiyodagi siyosatida keskin o'zgarishlar bo'lishidan darak berardi. Rossiya matbuotida esa Hindistondek boy o'lkani mustamlakaga aylantirgan Angliyadan o'rnak olib, Osiyoda faol harakatga chorlovchi maqolalar paydo bo'la boshlaydi.
Rus askarlari Kamolon darvozasidan kirishi bilanok Abramov 250 askar bilan devor yonidan o'ng tomonga ketgan.
Turkiston viloyatining harbiy gubernatori qilib tayinlangan general Chernyayev 1866 yil yanvar oyida Buxoro amirligini buysundirish uchun unga qarshi e'lon qilinmagan urush boshladi. Uning qo'mondonligi ostida qo'shinlar Jizzax tomon otlandilar. Bu xabarni eshitgan amir Muzaffar o'zi taxtga qayta o'tqizgan va ta'sirida deb hisoblangan Qo'qon honi Xudoyorxonga ruslarning yo'lini to'sishni buyurdi. Xudoyorxon esa Rossiya bilan to'qnashishdan qo'rqib, amir Muzaffarning farmonini bajarmadi.
Rus istilochilari Buxoro xonligiga qarshi urush harakatlarini ikki harbiy mavsumda-1866 va 1868 yillarda o'tkazadi. 1866 yilda olib borilgan istilochilik bosqinlari oqibatida xonlikning O'ratepa, Jizzax va Yangiqo'rg'on singari hududlari Rossiya tarkibiga kiritiladi. Ikkinchi harbiy mavsumda-1868 yil qirg'inbarotida esa Samarqandning olinishi, amir qo'shinlarining Zirabuloqda o'zil-kesil tormor etilishi sodir bo'ladi. O'rta Osiyoning qadimiy poytaxtlaridan biri, Sohibqiron Amir Temur dovrug'ini jahonga yoygan Samarqandning bosib olinishi, nafakat xonlikda, shu bilan bir qatorda, dunyo afkor ommasi ko'z o'ngida, shimoldan kelgan oq ayiqning yovuz maqsadlari chegara bilmasligini namoyon etgan edi. Amir Muzaffar talafotlar oldida qattiq esankirashga tushadi, u o'z tasarrufidagi hududning qariyb teng yarmidan mahrum bo'lgan edi.
Turkiston Xalq Komissarlari Sovetining raisi F. Kolesov "Turkiston muhtoriyatini" tor-mor keltirish yo'lida Qo'qonda erishgan g'alabasiga mahliyo bo'lib, Buxoro amirligi ustidan tez va osonlik bilan g'alaba qozonishga umid bog'lagan edi. U qizil gvardiya otryadlari 200 - 300 kishidan iborat yosh buxoroliklarning kichik otryadi ishtrokida 1918 yilning 18 martida suveren Buxoro amirligiga bostirib bordi. Biroq amir Said Olimxonning sarbozlaridan engilib, 25 martda Qiziltepa degan joyda sulh to’zishga majbur bo'ldi. Natijada, Turkiston bolshviklari rahbariyatining qizil askarlar nayzalar yordamida Buxoro amirligini tugatishga qaratilgan bosqinchilik urushi ya'ni, "Kolesov voqeasi" deb nomlangan ushbu qurolli harakat barbod bo'ldi.
Bolshviklarning Moskva va Toshkentda ishlab chiqilgan rejaga asosan 1920 yilning 29 avgustida Chorjo'yda amirga qarshi qo'zg'olon ko'tarilib, inqilobiy qo'mita tashkil qilindi. O'sha kuniyoq oldindan kelishilgandek, bu qo'mita sovet hukumatiga yordam so'rab murojaat qildi.
"Qo'zg'olon ko'targanlar" ga yordam berish bahonasida qizil armiyaning yirik harbiy kuchlari yordamida 1920 yil 2 sentabrda Buxoro amirligi tugatildi.