22. Эфталитлар даврида ижтимоий-иқтисодий ва маданий ҳаёт.
Eftalitlar, ularning etnik tarkibi, davlat tashkil etishlari xususida tarixiy manbalarda turli xil qarashlar mavjud. Rim va Vizantiya tarixchilari Martsellin (IV asr), Prokopiy Kesariyskiy, Feofan Vizantiyskiy (VI asr), arman tarixchilari Lizar Parbskiy (V asr), Favst Po’zande (VI asr) bergan ma'lumotlar shular jumlasidandir. Masalan, Eftalitlar Xitoy manbalarida "i-da", "e-da", armanlarda idal, xeptal, arablarda Haytal, Suriya va lotin manbalarida zptal, abdal deb nomlanadi. Bunday turlicha atamalar har bir til va yozuvning o'ziga xos xususiyatlaridan kelib chiqqan. Rus va Vizantiya tarixchilarining aksariyati Eftalitlarni turkiy qabila-massagetlarning so'nggi bo'g'inidan kelib chiqqan deb fikr bildiradilar. "Avesto"da esa ular tatlar nomi bilan tilga olinadi. F.Vizantiyskiy esa zftallar nomini V asrning 2-yarmi podshohlik qilgan Vaxshunvor zftalon nomi bilan bog'laydi.
Eftalitlar hukmdori Vaxshunvor Zftalon 457 yilda Chag'oniyonlar hozirgi (Surxondaryo erlari), Toxariston va Badaxshonni o'ziga bo'ysundiradi. So'nggi Eftalitlar So'g'dda ham mustahkamlanib oladi. Ular ko'p o'tmay o'z hududiy erlarini kengaytirishda davom etib, Qobul va Panjob vodiysini, Kuchu, Qashqar va Xo'tonni (Sharqiy Turkiston) zabt etadilar. Xullas, ular avvalida Kushonlar sulolasi egallagan hududlarini birin-ketin qo'lga kiritib, o'z siyosiy hokimiyatini yanada mustahkamlaydi.
Eftalitlar bir necha bor o'zlarining g'arbiy-janubidagi qo'shnisi va eng kuchli raqibi - Eron sosoniylari bilan ham urushlar olib boradilar. Xususan, Eron shohi Peroz bilan bo'lgan urushlarda ularning qo'li baland kelib, Eron hukmdori ikki bor asrlikka tushadi. Katta to'lov va majburiyatlar zvaziga qutilgan Peroz o'g'li Kovadni uzoq muddat Eftalitlarga garovga berishga majbur bo'ladi. Perozdan so'ng hokimiyatga kelgan Kovad (488-551) davrida ham Eron Eftalitlarga xiroj to'lashga majbur bo'lgan. VI asr boshlariga kelib Eftalitlar sulolasi shu qadar kuchayib ketdiki, ular 502 yilda Vizantiyaga ham yurish qilib, unga katta talofat etkazadilar. 506 yilda ikki o'rtada to’zilgan sulh shartnomasi bo'yicha Eftalitlar Vizantiyadan katta miqdorda o'lja olib qaytganlar. Kovadning o'g'li Xusrav I Anushervon ham 554 yilga qadar Eftalitlarga har yili xiroj to'lab turgan. Keyinroq Turk xoqonligining Eftalitlarga bergan kuchli zarbasi natijasidagina Eron Eftalitlar ta'siridan qutulishga muvaffaq bo'lgan.
Eftalitlar davrida davlat yakka hukmdor tomonidan boshqarilgan, biroq taxt otadan bolaga qolmay, sulolaning eng loyiq deb topilgan kishisiga berilgan. Mamlakatni markaziy hokimiyat noiblar orqali idora etgan. Davlatni boshqarish qonun-qoidalari bo'lgan. Mamlakat lashkarini asosan otliq askarlar tashkil etgan.
Eftalitlar davrida asta-sekin erga egalik qilish tartibida yangicha munosabatlar shakllanib bordi. Bu davrga kelib sinfiy tabaqalanishning keskin kuchayishi orqasida ayrim mulkdorlarning mavqei ko'tarilib, ular jamoaning oddiy a'zolarini o'z qo'l ostiga kiritib, mulklarini ular hisobiga kiritib borgan. O'zining chek erlaridan ajralib, bu xil dehqonlarni ta'siriga tushib, ularning erlarida ishlashga majbur kishilar kadivarlar, ya'ni ijaradorlar deb atalgan. Shuningdek, erkin jamoa asosida dehqonchilik qiluvchi aholi - kashovarzlar ham mavjud edi. Shu tariqa kadivarlar boy dehqonlar ma'lum to'lov va majburiyatlar asosida ishlab bergan. Shu bilan birgalikda bu davlat ham patriaxal - qulchilik munosabatlarining qoldig'i ham mavjud edi.
Do'stlaringiz bilan baham: |