1.Ўзбекистон тарихи фанининг предмети, назарий – методологик асослари, манбалари ва аҳамияти


IX-XII асрларда илмий билимларнинг ривожланиши



Download 1,79 Mb.
bet21/124
Sana29.04.2022
Hajmi1,79 Mb.
#593426
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   124
Bog'liq
тарих янги

30. IX-XII асрларда илмий билимларнинг ривожланиши.
Ilm-fan.
Yurtimizning arablar istilosi zulmidan halos etilishi ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy taraqqiyotga ijobiy ta'sir etdi. Somoniylar, Qoraxoniylar, G’aznaviylar, Saljuqiylar va Xorazmshohlar sulolari hukmronlik qilgan IX-XII asrlarda Movarounnahr sarhadlarida yashagan xalqlar o'rtasida nisbatan osoyishtalik, totuvlik, hamjihatlik vujudga keldi. Buning natijasida o'lkada moddiy ishlab chiqarish, madaniy rivojlanish jarayoni ancha tezlashdi.
IX-XII asrlarda Movarounnahrda ilm-fan yuksaldi. Hozirgi zamon fanining ko'plab tarmoqlari va yo'nalishlariga poydevor yaratildi. Xususan, matematika, algebra, astronomiya, tibbiyot, geologiya, geodeziya, geografiya, falsafa singari dunyoviy fanlarning tamal toshi shu davrda qo'yildi.
Yurtimizdan etishib chiqqan Muhammad Muso al-Xorazmiy, Ahmad al-Farg'oniy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino, Abu Nasr Farobiy, Abu Bakr Muhammad Narshahiy, Abu Abdullo Xorazmiy, Mahmud az-Zamaxshariy, Burhoniddin Marg'iloniy kabi qomusiy olimlar ilm-fanning turli sohalarida ilmiy va ma'naviy meros qoldirdilar.
Buyuk matematik, astronom va geograf olim Muhammad al-Xorazmiy (783-850) ilm-fan tarixida alohida o'rin tutadi. Uning "Hisob al-jabr va al-muqobala", "Hind hisoboti haqida kitob", "Quyosh soati haqida risola", "Astronomik jadvallar" singari asarlari bilan "Algebra" faniga asos soldi. Allomaning "al-Xorazmiy" nomi "algoritm" shaklida fanda abadiy muhrlanib qoldi. Uning "Kitob surat al-arz" nomli geografiyaga oid asari juda katta ahamiyatga ega. U arab tilida ko'plab geografik asarlarning yaratilishiga zamin yaratdi. Uning Sharq geografiyasining otasi deb ham nomlanishi ham shundan. Xorazmiy yaratgan "Zij" Evropada ham, Sharqda ham astronomiya fanining rivojiga zamin yaratdi. Allomaning qalamiga mansub "Kitob at-tarix" ("Tarix kitobi") asari Movarounnahr, Xuroson va Kichik Osiyo xalqlarining VIII-IX asrlarga oid tarixi to'la yoritilgan. U Bag'doddagi Ma'mun akademiyasida ishlagan davrlari uning iste'dodining eng barq urgan payti bo'ldi. U akademiyasining rahbari sifatida ilm ahliga ibrat bo'ldi.
O'rta Osiyolik buyuk allomalar orasida Ahmad al-Farg'oniy (797-865) alohida ko'ega tashlanib turadi. Olimning to'liq ismi Abul Abbos Ahmad ibn Muhammad ibn Kasir al-Farg'oniy bo'lib, aslida Farg'onaning Quva shahrida tavallud topgan. Ilm yo'lida ko'p yurtlarni keegan. Umrining ko'p qismini xorijiy zllarda, xalifalik markazlarida o'tkaegan. U etuk astronom, matematik va geografik olim sifatida shuhrat topdi. U juda ko'p fundamental asarlarning muallifi. Bag'doddagi Baytul Hikma (akademiya)ning nomdor namoyandalaridan biridir. U er shari xaritasini to’zishda, suv sathlarini o'lchashda katta xizmatlar qilgan. U "Astronomiya asoslari haqida kitob", "Al-Farg'oniy jadvallari", "Oy va Er ostida va ustida bo'lish vaqtlarini aniqlash haqida risola", "Etti iqlimni hisoblash haqida", Al-Xorazmiy "Zij"ining nazariy qarashlarini asoslash nomli kitoblari jahon xazinasidan noyob durdonalari sanaladi. Al-Farg'oniyning fandagi ulkan shuhrati Sharqu G`arbda ham birdek ulug'lanib kelinadi. U G`arb olimlari orasida "Alfraganus" nomi bilan mashhur. Bu alloma nomini z'zozlab, 1998 yilda tavalludining 1200 yilligi nishonlandi.
Jahon faniga katta hissa qo'shgan Uyg'onish davrining daholaridan Abu Nasr Forobiy (873-950)dir. U o'zining qomusiy bilimlari, ayniqsa falsafa sohasidagi xizmatlari bilan "Al-Muallim as-soniy" - "Ikkinchi muallim" (Aristoteldan keyin), "Sharq Arastusi" nomi bilan mashhurdir. Forobiy o'z tug'ilgan yurti-Farob-O'trorni o'smirlik chog'idayoq tark etib, o'sha davrning mashhur maskanlari hisoblangan Eron va Arabiston shaharlariga borib, bir umr ilm-fan bilan mashg'ul bo'ldi.


31. IX-XII асрларда ислом дини ва суфийлик.
IX-XII asrlar davri nafaqat dunyoviy fanlarning yuksalib borishi bilan, shu bilan birga islomiy madaniyat va ma'naviyatining shakllanib, chuqur ildiz otib borishi, bu sohada talay yetuk olimu ulomolarining yetishib chiqib, Vatanimiz nomi va sha'nini olam aro ulug'langanligi bilan ham tavsiflanadi.
Gap shundaki arablar istilosi va hukmronligi O'rta Osiyo xalklari uchun avvalda qanchalik haloqatli oqibatlar, mislsiz vayronagarchiliklar olib kelgan bo'lsa-da, biroq shu bilan birga bu yurtga islom dini ham kirib keldi. Yerli aholining asta-sekin islom diniga kirishi, odamzod ahli uchun yakka-yu yagona Ollohni tanishi, unga, uning rasuli (elchisi ) janobu Muhammad Alayxu Vassa­lomga e'tiqod bog'lashi, itoat etishi, muqaddas kitob-«Quroni Karim»ni qabul qilishi, uning ilohiy so'zlari, oyatlariga, tamoyillariga amal qilishi, bular pirovardida islom madaniyatining diyorimizda shakllanishiga asos bo'ldi. O'sha davrda Yevroosiyo, Afrikaning katta hududlariga yoyilgan islom va uning ta'limoti tufayli O'rta Osiyo xalqlari o'zlarining tor, biqiq holatidan chiqib, keng musulmon dunyosi bilan tutashdilar. O'lka aholisi arab fani, madaniyati, ma'naviyati bilan yaqindan tanishish, ulardan bahramand bo'lish imkoniyatlariga ega bo'ldi. Bu hol, shubhasiz, o'lkaning jahonga yuz tutishiga imkoniyat yaratdi. Buning orqasida mahalliy xalq orasidan juda ko'p ilm-fanga ishtiyoqmand yoshlarning arab va ajam mamalakatlariga borib diniy va dunyoviy bilimlarni egallashi, zamonaning har tomonlama yetuk, bilimdon, ma'rifatli olimu-ulamolari bo'lib yetishishlariga keng yo'llar ochildi. Xuddi mana shunday keng ufqlar, imkoniyatlar kashf etilgani bois ham ulug' ajdodlarimiz Abu Nasr Farobiy, Ahmad Al Farg'oniy, Muhammad Muso Al-Xorazmiy, Abu Abdulloh Muhammad ibn-Ismoil al-Buxoriy, Abu Iso at-Termiziy, Mahmud az-Zamah­sha­riy singari allomalar jahon kezib, mashaqqatlar ila ilm o'rganganlar, yetuk komil insonlar bo'lib sharaf topganlar.
Shu bilan birgalikda o'lkaga islomning kirib kelishi va u bilan bog'liq xolda yakka xudolik g'oyasining g'alaba qozonishi, yagona Olloh nomini e'tirof etilishi o'z navbatida mahalliy xalqlar, elatlar birligi, ahilligi va jipsligiga sezilarli ta'sir ko'rsatdi. Shuningdek yuksak insonparvarlik, do'stlik, birodarlik, o'zaro mehr oqibatlik, muruvvatlik, ma'naviy poklik, rostgo'ylik, bir-birini qo'llab-quvvatlash tuyg'ulari bilan sug'orilgan «Quroni Karim» oyatlari, g'oyalari ruhi yurt odamlarining ma'naviy kamolotiga katta ijobiy ta'sir o'tkazdi.
Yurtimizda islomiy madaniyatning qaror topib, ildiz otib borishi baroba­rida uning ulug'vor g'oyalari, asl maqsadlarini keng tashviq, targ'ib qilish, ayniqsa, hadis ilmini asosli tadqiq etish kuchayib bordiki, bu borda zamonamizdan chiqqan bir qator buyuk muhaddis olimlarning xizmati katta bo'ldi. Hazrati payg'ambarimiz Muhammad Alayxu Vassalom nomi va u zoti sharifning muborak so'zlari bilan bog'liq «Quroni Karim» oyatlari mazmuni moxiyatini teran tushinish va anglab yetishga muhim kalit bo'lib xizmat qiladigan hadisshunoslik ilmi IX-asrda jiddiy rivoj topdi. Bugun musulmon olamida eng ishonchli manbalar tan olingan 6 ta ishonchli hadislar to'plami (as-saxih as-sitta) xuddi shu davrda yaratildi. Ular orasida «Hadis ilmida amir al-mo'miniyn» degan sharafli nomga sazovor bo'lgan Imom Ismoil al-Buxoriy (810-870) nomi yorqin ko'zga tashlanib turadi. Yuksak aql zakovat sohibi Al Buxoriy Sharqning yirik ilmiy va ma'rifiy markazlaridan biri-Buxoroi sharifda tug'ilib juda erta yoshligidan diniy bilimlarni chuqur egallaydi. 16 yoshlik davridan boshlab u musulmon dunyosining ko'plab shaharlarini kezib, hadis ilmining siri asrorlarini bilish, ularni to'plash va tadqiq qilish uchun tinimsiz sa'y harakatlarda bo'ladi. Bu xaqda uning o'zi: «Misr, Shom, Mesopatamiyaga ikki martadan, Basriyaga to'rt marta borganman. Xijozda 6 yil yashaganman, Bag'dod va Kufa shaharlariga necha bor borganim hisobini bilmayman», degan ekan.
32. IX-XII асрлар Мовароуннаҳрда адабиёт ва санъатнинг ривожланиши.
Yurtimizning arablar istilosi zulmidan halos etilishi ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy taraqqiyotga ijobiy ta'sir etdi. Somoniylar, Qoraxoniylar, G’aznaviylar, Saljuqiylar va Xorazmshohlar sulolari hukmronlik qilgan IX-XII asrlarda Movarounnahr sarhadlarida yashagan xalqlar o'rtasida nisbatan osoyishtalik, totuvlik, hamjihatlik vujudga keldi. Buning natijasida o'lkada moddiy ishlab chiqarish, madaniy rivojlanish jarayoni ancha tezlashdi.
IX-XII asrlarda Movarounnahrda ilm-fan yuksaldi. Hozirgi zamon fanining ko'plab tarmoqlari va yo'nalishlariga poydevor yaratildi. Xususan, matematika, algebra, astronomiya, tibbiyot, geologiya, geodeziya, geografiya, falsafa singari dunyoviy fanlarning tamal toshi shu davrda qo'yildi.
Yurtimizdan etishib chiqqan Muhammad Muso al-Xorazmiy, Ahmad al-Farg'oniy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino, Abu Nasr Farobiy, Abu Bakr Muhammad Narshahiy, Abu Abdullo Xorazmiy, Mahmud az-Zamaxshariy, Burhoniddin Marg'iloniy kabi qomusiy olimlar ilm-fanning turli sohalarida ilmiy va ma'naviy meros qoldirdilar.
Buyuk matematik, astronom va geograf olim Muhammad al-Xorazmiy (783-850) ilm-fan tarixida alohida o'rin tutadi. Uning "Hisob al-jabr va al-muqobala", "Hind hisoboti haqida kitob", "Quyosh soati haqida risola", "Astronomik jadvallar" singari asarlari bilan "Algebra" faniga asos soldi. Allomaning "al-Xorazmiy" nomi "algoritm" shaklida fanda abadiy muhrlanib qoldi. Uning "Kitob surat al-arz" nomli geografiyaga oid asari juda katta ahamiyatga ega. U arab tilida ko'plab geografik asarlarning yaratilishiga zamin yaratdi. Uning Sharq geografiyasining otasi deb ham nomlanishi ham shundan. Xorazmiy yaratgan "Zij" Evropada ham, Sharqda ham astronomiya fanining rivojiga zamin yaratdi. Allomaning qalamiga mansub "Kitob at-tarix" ("Tarix kitobi") asari Movarounnahr, Xuroson va Kichik Osiyo xalqlarining VIII-IX asrlarga oid tarixi to'la yoritilgan. U Bag'doddagi Ma'mun akademiyasida ishlagan davrlari uning iste'dodining eng barq urgan payti bo'ldi. U akademiyasining rahbari sifatida ilm ahliga ibrat bo'ldi.
IX-XII asrlarda Movarounnahrda moddiy madaniyat o'ziga xos uslub va shakllarda to'xtovsiz rivoj topib bordi. Xalq ichidan chiqqan mahalliy ustalar, me'morlar, naqqoshlar, kulollar, zargarlar, misgarlar tomonidan ajoyib me'morchilik obidalari bunyod etildi. Bular jumlasiga Buxoroda qad rostlagan mashhur Ismoil Somoniy maqbarasi (X asr), Samarqand yaqinidagi tim qishlog'idagi Arab ota maqbarasi (977-978 y.), XI asrda Marvda barpo etilgan Sulton Sanjar maqbarasi, O'eganddagi Qoraxoniylar maqbarasi, G’azna yaqinidagi marmar koshinlardan tiklangan G’aznaviylarning mahobatli yozgi saroyi (1112 y.), Buxorodagi Minorai Kalon maqbarasi (1127 y.) singari noyob ma'moriy inshootlarni aytish mumkin. O'sha davrda xalqaro karvon yo'li o'tadigan cho'lli, sahroli hududlarda mahalliy hukmdorlar farmoyishi sa'yi-harakatlari bilan bunyod etish muhim qulayliklarga ega bo'lgan rabotlar, sardobalar, karvonsaroylar va shu singari maskanlar ajdodlarimiz bunyodkorligini o'zida mujassam etadi.
Somoniylar, g'aznaviylar, saljuqiylar, xorazmshohlar sulolalarining ma'rifatparvar hukmdorlarining ilm-fan va madaniyatiga doimiy rag'bat berishlari ko'plab iste'dodli sohiblarning ijodi o'sib bordi.
33. Тохирийлар ва Сомонийлар даврида Мовароуннаҳр.
VIII asr oxiri-IX asr boshida xalifalikni larzaga keltirgan og’ir siyosiy vaziyat abbosiylarning Movaraunnaxr va Xurosonda olib borayotgan siyosatini o’zgartirishga majbur etdi. Birin-ketin O’rta Osiyoda Toxiriylar, Safforiylar, Somoniylar davlatlari tashkil topdi. Mamlakatda sodir bulgan bunday siyosiy o’zgarishlardan so’ng Movaraunnaxr Xurosondan ajralib o’z mustasilligini tiklab olish imkoniga ega bo’ldi. Movaraunnaxrni birlashtirib mustaxkam feodal davlat tuzgan davlat arbobi Ismoil Somoniy, 900-yilda Xurosonni xam safforiylardan tortib olib ulkan davlat tuzdi. Xalifa Somoniylar davlatini tan olishga va unga xukmronlik yorlisini yuborishga majbur bo’ldi. IX asr oxirlarida Movaraunnaxr xalslari Arab xalifaligidan abadiy xalos bo’ladi. Arab xalifaligidan mustasil bo’lgan yirik feodal davlat Somoniylar davlati tashkil topadi. Somoniylar mamlakatini boshsarishda davlat ma'muriyatini tashkil etadilar. O’nta devonlar (devoni vazir, devoni mustavfi, devoni amir al mulk, devoni soxib ash-shurat, devoni mumallikayi xos, devoni muxtasib, devoni avsof, devoni sazo az-ziya) boshsaruvida idora etilgan. Somoniylar xokimiyati yirik zamindorlarning manfaatini ximoya siluvchi feodal davlat edi. (“mulki sultoniy”, “mulk yerlari”) X asr oxirida istisodiy va siyosiy sudratiga katta putur yetkazdi va bu Koraxoniylar davlatidan maslubiyatga uchrashiga olib keldi. XI asr boshlarida Somoniylar davlati ikki davlatga: Koraxoniylar va o’aznaviylar davlatlariga bo’linib ketdi.
VIII asr oxiri va XI asr boshida arab xalifaligi og’ir siyosiy vaziyatni o’z boshidan kechirdi. Xalifalik hududida mahalliy xalqlarning hukmron ma’murlar zulmiga qarshi qo’zg’olonlar avj oldi, ayniqsa uning boshqaruv markazida ichki nizolar tinimsiz davom etmoqda edi. Bu vaziyat o’z navbatida joylarda, xususan O’rta Osiyoda ham mustaqil davlatlarning tashkil topishi uchun shart-sharoitlar yaratmoqda edi. Dastlabki bunday davlatlar arablar istilo qilib ulgurmagan O’rta Osiyoning shimoliy va shimoliy-sharqiy hududlarida shakllandi. Ulardan birinchisi qarluqlar davlati bo’lsa, ikkinchisi O’g’uzlar davlati edi.
Oloy daryosining g’arbida, Irtish daryosining o’rta oqimida istiqomat qilgan qarluqlar qadimdan turkiy elatlar bo’lib, VI-VII asrlarda Turk xoqonligi tarkibida bo’lganlar. VII asr o’rtalarida Yettisuv o’lkasiga kelib joylashgan. qarluqlarning katta guruhi Talos va Chu daryolari adoqlaridan Issiqko’lgacha bo’lgan hududlarda yashaganlar. Ular VIII asr oxirlarida davlat bo’lib birlashdilar. Uning markazi Chu daryosi shimolida joylashgan Siyob shahri bo’lgan. Bu davlat hududiga yana Jo’l, Navkat, Karmankot, Yor, To’n, Barsxon, Panjikent, Beklig’ kabi shaharlar kirgan. Xalqning asosiy mashg’uloti chorvachilik va ovchilik bo’lgan. Daryo vodiylarida esa dehqonchilik bilan shug’ullanganlar. Ular dastlab moniy va nasroniy dinlarini, so’ngra X asr o’rtalarida islomni qabul qilganlar, hattoki, shaharlarda jome masjidlari qurganlar. qarluqlar doimo janubda yag’molar, g’arbda Sirdaryo etaklarida yashovchi o’g’uzlar tazyiqidan aziyat chekkanlar. X asrda qoraxoniylar davlati shakllanganidan keyin qarluqlar uning tarkibiga singishib ketgan. Ular asosan Shosh, Farg’ona va Zarafshon vohalarigi kelib joylashib, mahalliy aholi bilan qorishib ketdilar.
O’g’uzlar esa VII asrga qadar qarluqlar singari Turk xoqonligi tarkibida bo’lgan. Ular tarixda to’quz o’g’uz nomi bilan tilga olinadi. Turk xoqonligi yemirilgach, o’g’uzlarning katta bir qismi g’o’z yoki o’g’uz nomi bilan Sirdaryo havzasi va Orol dengizi atroflarida o’rnashib, IX asr oxiri X asr boshida Turklarning yana bir birlashmasi sifatida – O’g’uzlar davlatiga asos soldilar. Uning chegaralari shimolda Irtish daryosidan to Ural tog’ tizmalarining janubi-sharqiy yonbag’rigacha, janubda Kaspiy dengizining shimoli-g’arbiga qadar cho’zilgan edi. O’g’uzlar asosan chorvachilik, o’troq dehqonchilik bilan shug’ullangan. Shosh va Xorazm yerlariga doimo hujum uyushtirib turgan, shahar va ovullarni talaganlar.
Somoniylar davlatida markaziy va viloyatlar boshqaruvi tizimi yuzaga keldi. Markaziy boshqaruv dargoh (saroy) va devon (mahkama) orqali amalga oshirildi.
34. Сомонийлар давлатининг ташкил топиши, ривожланиши ва инқирози.
IX asrning boshlarida Movarounnahrda somoniylar sulolasi paydo bo'ldi. Somoniylar sulolasiga asos solgan Somon yirik er egasi bo'lgan. Manbalarning birida u Balx yaqinidan, ikkinchisida esa Samarqand atrofidan yoki Termizdan bo'lgan qayd etilgan. Somonxudot Somon qishlog'i oqsoqoli bo'lgan. Xalifa Ma'mun mahalliy hukmdorlardan Somonxudot avlodlari - uning nabiralariga Movarounnahr hududlarni boshqarish huquqini topshiradi. Asad ibn Somon o'g'illaridan Nuh Samarqandga, Ahmad Farg'onaga, Yahyo Shosh va Usturshonaga, Ilyos Chag'aniyon va Hirotga hokimlik qildilar.
IX asrning o'rtalariga kelib Ahmad va uning katta o'g'li Nasr Somoniylar Movarounnahrning ko'pchilik hududlarini birlashtirishga muvaffaq bo'ladilar. Nasr Somoniy davrida (856-888 y.) Movarounnahr mavqei yanada kuchaydi. Xurosonda Tohiriylar sulolasi ag'darilgach (873 y.), uning tarkibiga kirgan Buxoro erlari Somoniylar tasarrufiga olinadi. 874 yilda Nasr ukasi Ismoilni Buxoroga noib etib tayinlaydi va Somoniylar hukmronligi deyarli Movarounnahrning barcha hududlariga yoyiladi. Ammo, ko'p o'tmay o'z hokimiyatini kuchaytira borgach, u o'zining vassalligni tan olmaydi va xazinaga to'laydigan daromadini kamaytiradi. Buning natijasida aka-ukalar o'rtasida uzoq muddatli o'zaro kurash boshlanadi. Oqibatda 888 yillarda ular o'rtasida katta urush bo'lib, unda Ismoil g'olib chiqadi va hokimiyatni o'z qo'liga oladi. Akasi Nasr vafotidan so'ng (892 y.) Ismoil Somoniy Movarounnahrning yagona hukmdoriga aylanadi. Shu tariqa o'zbek davlatchiligi qayta tiklanadi va yuksalib boradi. Mamlakat aholisining ko'pchiligi turkiy qavmlardan iborat bo'lgan. Davlat ishlarini yuritishda qo'shinlar va lashkarboshilarning mavqei yuqori bo'lgan.
Ismoilning 893 yildagi sharqdagi turkiy qabilalarga qarshi muvaffaqiyatli yurishi, Tarozni egallab, katta o'lja, asirlar bilan qaytishi ham Somoniylar qudrati yuksakligidan dalolat beradi. Ismoil Somoniy qudratining o'sib borishidan cho'chigan va uni zaiflashtirishni ko'zlagan Bag'dod xalifasi Mu'tazid (892-902 y.) Xurosondagi Safforiylar hukmdori Amr ibn Laysga Xuroson bilan birga Movarounnahr ustidan ham hukm yuritish huquqini beradi va uni Ismoilga qarshi qo'yadi. Bu esa 900 yilda ular o'rtasida katta urushga sabab bo'ladi. Urush natijasi Ismoil Somoniy foydasiga hal bo'lib, Xuroson erlari somoniylar qo'l ostiga o'tadi. Xalifalikning esa bu erdagi ta'siri pasayadi. Ismoil Somoniy uzoq yillik davlatchilik tajribasiga tayanib, markaziy davlat boshqaruv tizimini va unga muvofiq keladigan mahalliy idora organlarini vujudga keltiradi. Bu tizim uning o'g'li Nasr II davrida (914-943 y.) ham takomillashib boradi. Bunga ko'ra davlat boshqaruvi oliy dargoh va devonlar (vazirliklarga) bo'linadi. Eng asosiy siyosiy-ma'muriy va xo'jalik boshqaruvi vazir devoni tasarrufida bo'lgan. Boshqa devonlar esa unga bo'yso’ngan. Mamlakat hayotida muhim rol o'ynagan devonlar quyidagilar: Mustafiy devoni - davlat xazinachisi; devoni Amir al-mulk - davlatning muhim xujjatlari bilan, boshqa xorijiy zllar bilan, davlatlararo diplomatik munosabatlar o'rnatish ishlari bilan shug'ullangan; Sohib ash-shu'rat devoni - harbiy ish, qo'shinning oziq-ovqati va hokazo sohalarni o'z tasarrufiga olgan. Sohib al-barid devoni - pochta-aloqa xizmati sohasi vazifalari bilan shug'ullangan. U ayni chog'da davlat sirlari, mas'ul lavozimdagi xodimlarning ish faoliyati bilan ham mashg'ul bo'lgan (ya'ni hozirgi paytdagi milliyxavfsizlik xizmati). Bu devon boshlig'i faqat markaziy hokimiyatga bo'yso’ngan. Davlatning muhtasib devoni esa bozordagi savdo-sotiq, toshu-tarozi o'lchovlari nazorati bilan shug'ullangan. Mushrif devoni - davlat ishlari nazorati, xazinaning daromad va xarajatlarini tekshirib borish bilan band bo'lgan.
Somoniylar markaziy hokimiyat boshqaruvini qanchalik takomillashib bormasin, mamlakatning hamma hududlarida ham o'z hukmronligini birdek o'tkaza olmaganlar. Masalan, Xorazm, Chag'oniyon, Xuttalon viloyatlarining ichki mustaqilligi buni isbot etadi.
35. Сомонийлар даврида маданий ҳаёт.
Samoniylar davrida madaniy xayot ancha yuksaldi.
Somoniylar davlatida markaziy va viloyatlar boshqaruvi tizimi yuzaga keldi. Markaziy boshqaruv dargoh (saroy) va devon (mahkama) orqali amalga oshirildi. Boshqaruvda amir (hukmdor)ning shaxsiy lashkari bo’lmish turk g’ulomlarining roli katta bo’lgan. Eng obro’li, iqtidorli g’ulomlar xiyolboshi (otliq askarlar boshlig’i), so’ng hojib lavozimini egallaganlar. Amirning hamma hukm va farmoyishlarini ijro etuvchi sohibi xaros yoki amiri xaros oliy siyosiy hokimiyatni boshqargan. Somoniylar saroyida ham devonboshilar, mirzaboshilar, miroxo’rlar va boshqa mansablar mavjud bo’lgan. Devonlarning eng kattasi vazir devoni hisoblanib, unga boshqalari bo’ysungan.
Ma’lumotlarda qayd qilinishicha, Xorazmshohlar davlatining aholisi va uning tarkibidagi turli qatlamlari orasida sayyidlar, imomlar va olimlar, qozilar va hakimlar, tasavvuf vakillari, qishloq, kasaba, urug’-qabila boshliqlari, oqsoqollar, amaldorlar va sipohiylar, islom dini uchun kurashuvchi g’oziylar bo’lganki, hukmdorlar ularni asosiy tayanch sifatida foydalanganlar. Mamlakat mehnatkashlarining qatlami va martabalar o’rtasidagi farqlar somoniylar davlatidagi singari edi. Markaziy Osiyoda IX-XII asrlarda tashkil topgan markazlashgan davlatlar davrida Samaeqand, Buxoro, Urganch, Marv, Termez va ko’plab shaxarlar ma’muriy va madaniy markazlarga aylandi. Bu shaxarlarda ko’rkam madrasalar, machitlar,m maqbaralar va karvonsaroylar qurildi. Ularga X asrda barpo etilgn Ismoyil Samoniy maqbarasi, Samarqand yaqinidagi Arab ota maqbarasi, XI asrda Marvda barpo etilgan Sulton Sanjar va boshqa o’nlab memoriy unshoatlarni aytish mumkin. Bu davrda Markaziy Osiyoda kulolchilikda ijobiy siljishlar ro’y berdi. Ayniqsa badiy kulolchilik tez taraqqiy etdi.


36. Исмоил Сомоний давлати ва унинг давлат бошқарувидаги ислоҳотлари.
IX asrning boshlarida Movarounnahrda somoniylar sulolasi paydo bo'ldi. Somoniylar sulolasiga asos solgan Somon yirik er egasi bo'lgan. Manbalarning birida u Balx yaqinidan, ikkinchisida esa Samarqand atrofidan yoki Termizdan bo'lgan qayd etilgan. Somonxudot Somon qishlog'i oqsoqoli bo'lgan. Xalifa Ma'mun mahalliy hukmdorlardan Somonxudot avlodlari - uning nabiralariga Movarounnahr hududlarni boshqarish huquqini topshiradi. Asad ibn Somon o'g'illaridan Nuh Samarqandga, Ahmad Farg'onaga, Yahyo Shosh va Usturshonaga, Ilyos Chag'aniyon va Hirotga hokimlik qildilar.
IX asrning o'rtalariga kelib Ahmad va uning katta o'g'li Nasr Somoniylar Movarounnahrning ko'pchilik hududlarini birlashtirishga muvaffaq bo'ladilar. Nasr Somoniy davrida (856-888 y.) Movarounnahr mavqei yanada kuchaydi. Xurosonda Tohiriylar sulolasi ag'darilgach (873 y.), uning tarkibiga kirgan Buxoro erlari Somoniylar tasarrufiga olinadi. 874 yilda Nasr ukasi Ismoilni Buxoroga noib etib tayinlaydi va Somoniylar hukmronligi deyarli Movarounnahrning barcha hududlariga yoyiladi. Ammo, ko'p o'tmay o'z hokimiyatini kuchaytira borgach, u o'zining vassalligni tan olmaydi va xazinaga to'laydigan daromadini kamaytiradi. Buning natijasida aka-ukalar o'rtasida uzoq muddatli o'zaro kurash boshlanadi. Oqibatda 888 yillarda ular o'rtasida katta urush bo'lib, unda Ismoil g'olib chiqadi va hokimiyatni o'z qo'liga oladi. Akasi Nasr vafotidan so'ng (892 y.) Ismoil Somoniy Movarounnahrning yagona hukmdoriga aylanadi. Shu tariqa o'zbek davlatchiligi qayta tiklanadi va yuksalib boradi. Mamlakat aholisining ko'pchiligi turkiy qavmlardan iborat bo'lgan. Davlat ishlarini yuritishda qo'shinlar va lashkarboshilarning mavqei yuqori bo'lgan.
Ismoilning 893 yildagi sharqdagi turkiy qabilalarga qarshi muvaffaqiyatli yurishi, Tarozni egallab, katta o'lja, asirlar bilan qaytishi ham Somoniylar qudrati yuksakligidan dalolat beradi. Ismoil Somoniy qudratining o'sib borishidan cho'chigan va uni zaiflashtirishni ko'zlagan Bag'dod xalifasi Mu'tazid (892-902 y.) Xurosondagi Safforiylar hukmdori Amr ibn Laysga Xuroson bilan birga Movarounnahr ustidan ham hukm yuritish huquqini beradi va uni Ismoilga qarshi qo'yadi. Bu esa 900 yilda ular o'rtasida katta urushga sabab bo'ladi. Urush natijasi Ismoil Somoniy foydasiga hal bo'lib, Xuroson erlari somoniylar qo'l ostiga o'tadi. Xalifalikning esa bu erdagi ta'siri pasayadi. Ismoil Somoniy uzoq yillik davlatchilik tajribasiga tayanib, markaziy davlat boshqaruv tizimini va unga muvofiq keladigan mahalliy idora organlarini vujudga keltiradi. Bu tizim uning o'g'li Nasr II davrida (914-943 y.) ham takomillashib boradi.
VIII asr oxiri-IX asr boshida xalifalikni larzaga keltirgan og’ir siyosiy vaziyat abbosiylarning Movaraunnaxr va Xurosonda olib borayotgan siyosatini o’zgartirishga majbur etdi. Birin-ketin O’rta Osiyoda Toxiriylar, Safforiylar, Somoniylar davlatlari tashkil topdi. Mamlakatda sodir bulgan bunday siyosiy o’zgarishlardan so’ng Movaraunnaxr Xurosondan ajralib o’z mustasilligini tiklab olish imkoniga ega bo’ldi. Movaraunnaxrni birlashtirib mustaxkam feodal davlat tuzgan davlat arbobi Ismoil Somoniy, 900-yilda Xurosonni xam safforiylardan tortib olib ulkan davlat tuzdi. Xalifa Somoniylar davlatini tan olishga va unga xukmronlik yorlisini yuborishga majbur bo’ldi. IX asr oxirlarida Movaraunnaxr xalslari Arab xalifaligidan abadiy xalos bo’ladi. Arab xalifaligidan mustasil bo’lgan yirik feodal davlat Somoniylar davlati tashkil topadi. Somoniylar mamlakatini boshsarishda davlat ma'muriyatini tashkil etadilar. O’nta devonlar (devoni vazir, devoni mustavfi, devoni amir al mulk, devoni soxib ash-shurat, devoni mumallikayi xos, devoni muxtasib, devoni avsof, devoni sazo az-ziya) boshsaruvida idora etilgan.

Download 1,79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   124




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish