7. Илк давлатлар пайдо бўлишининг асосий омиллари. Қадимги Хоразм, Бақтрия, Сўғдиёна. Ilk temir davri (miloddan avvalgi VII- VI asrlar). Bu davrda Markaziy Osiyo tsivilizatsiyasining moddiy va ma'naviy bazasida katta Xorazm va Baqtriya davlatlari tashkil topib rivojlanadi. Bu davlatlar qabilalari konfederatsiyasi (birlashmalari) asosida tashkil topgan bo'lib harbiy demokratiya asosida boshqarilgan. Qadimiy davlat to’zilmalari davlatchilikning shakllanishi va rivojlanishga katta ijobiy ta'sir ko'rsatdi.
Davlatchilik to'g'risida qadimgi Yunoniston va Rimda ham bir qator ta'limotlar mavjud bo'lgan. Masalan, Suqrot davlatchilikning muhim shartlaridan biri jamiyatga o'tkir aqlli, bilimdon kishilar rahbarlik qilishi kerak, - deydi. Platonning fikricha zamonaviy davlatning asosiy printsiplari adolatlikka asoslanishi kerak. Aristotel esa, komil davlat to’zilishi va uning shakllari to'g'risida fikrlar bildirar ekan, unda davlat qonuniy o'rnatilgan hokimiyatga bo'ysunishi kerak,- deydi va qonunlar ustuvorligi ta'minlangan davlatni orzu qiladi. Qadimgi Rim mutafakkirlaridan biri Tsitseron o'zining davlat to'g'risida, qonunlar to'g'risida va boshqa asarlarida davlatchilikning vujudga kelishi va uning shakllari to'g'risida o'z ta'limotini rivojlantirgan. Sharqda ham g'arb mutafakkirlari ta'limoti bilan bellasha oladigan faylasuf va allomalarimizning asarlari muhim ahamiyat kasb etadi. Shulardan biri 160 dan ortiq nodir asarlar muallifi, xalq orasida ikkinchi muallim nomini olgan Abu Nasr Forobiy o'zining davlat to'g'risidagi qarashlari bilan mashhurdir. Uning "Fozil odamlar shahri" nomli asaridagi davlat va shaxs haqida, davlatchilik haqida bildirgan ijtimoiy, siyosiy qarashlari katta ahamiyatga ega. Jamiyat hayotida sodirbo’lgan ijtimoiy-iqtisodiy o’zgarishlar miloddan avvalgi 3-ming yillikning oxiri va 2-ming yillikning boshlariga kelib, O’rta Osiyo hududlarida dastlabki shaharlarning paydo bulishiga olib keldi. Shahar madaniyatining shakllanishi ham xudi jamiyat taraqqiyotidabo’lgani kabi o’zluksiz taraqqiyot yo’li bilan rivojlangan. Mil.avv.2-ming yillikka oid O’rta Osiyodagi Jarquton, Sopolli, Dashli, Gonur, Namozgou, Oltintepa, Ulug'tepa kabilarda ilk shaharsozlik madaniyatining shakllanishi va rivojlanishi uchun quyidagi omillar muuim ahamiyatga ega buldi:
· aholining o’troq dehqonchilikka o’tishi va keng voualar bo’ylab yoyilishi;
· hunarmandchilikning rivojlanishi va ayrim sohalarga ixtisoslashishi;
· qadimgi savdo yo’llarining rivojlanishi natijasida iqtisodiy va madaniy aloqalar hamda savdo-sotiqning taraqqiy etishi;
· tabiiy-geografik hamda uarbiy-strategik shart-sharoitlar.
Shahar madaniyati dastavval O’zbekistonning janubida, Surxondaryo hududida shakllandi, so’ngra esa shimolga Sug'd (Qashqadaryo, Samarqand, Buxoro), Xorazm, Shosh va Farg'ona hududlariga tarqaldi. Surxondaryo vodiysida qadim deqonlarning manzilgohi-Sopollitepa qazib o'rganilgan. Bu miloddan avvalgi 2-ming yilliklar davrini o'z ichiga oladi. Bu erdan topilgan idishlar qo'lda ishlangan. Yahyo G’ulomov boshchiligida arxeologlar bu erdan sug'orma dehqonchilik xo'jaligining keng yoyilganligini, kulolchilik rivoj topganligini, ot, tuya kabi hayvonlarni uyda boqqanliklarini aniqlaganlar. Aholi yanada takomillashib borgan. Natijada chorvachilik dehqonchilikdan ajratib chiqqan. Mil. avv. IX-VIII asrlar yodgorligi bo'lmish Yakka Porson Xorazm dehqonlarining manzilgohidir. Bu erdan yarim erto'la shaklidagi uylar, mehnat qurollari, sopol buyumlari va taqinchoqlar topilgan.