9. O’zbekiston Respublikasi Byudjet kodeksining qabul qilinishi, mazmuni va ahamiyat
O’zbekiston Respublikasining Byudjet kodeksi O’zbekiston
Respublikasining 2013 yil 26 dekabrdagi “O’zbekiston Respublikasining
Byudjet kodeksini tasdiqlash to’g’risida” O’RQ-360-son Qonuniga asosan,
2014 yil 1 yanvardan amaliyotga joriy etildi. Shuni alohida ta’kidlash zarurki, byudjet qonunchiligini yanada rivojlantirish va takomillashtirish asosida byudjet faoliyatini rivojlantirish davlat moliyasini boshqarish tizimini isloh qilishning asosiy yo’nalishlaridan biri hisoblanadi. Ma’lumki, 2000 yil 14 dekabrda “Byudjet tizimi to’g’risida”gi O’zbekiston Respublikasi Qonunining qabul qilinganidan beri o’tgan davr mobaynida byudjet amaliyotida bir qator o’zgarishlar sodir bo’ldi, ular: davlat byudjeti g’azna ijrosining joriy etilishi; bir qator davlat maqsadli jamg’armalari va boshqa nobyudjet fondlarining tuzilishi va amal qilishi; byudjet tashkilotlarining byudjetdan tashqari qo’shimcha mablag’larni jalb qilish manbalarining kengayishi va ular ustidan nazoratni yaxshilash zarurligi; byudjet tasnifi, byudjet hisobi va hisoboti tizimining takomillashuvi; 114 yangi tahrirdagi O’zbekiston Respublikasi Soliq Kodeksining qabul qilinishi va amalga kiritilishi va boshqa holatlar bilan bog’liq bo’lib, byudjet qonunchiligini yanada takomillashtirish zarurligini taqozo etdi. Natijada amaldagi “Byudjet tizimi to’g’risida”gi hamda “Davlat byudjetining g’azna ijrosi to’g’risida”gi O’zbekiston Respublikasi Qonunlarida belgilangan normalar mukammal tarzda qayta ishlangan holda Byudjet Kodeksida o’z aksini topdi. Ushbu Kodeks O’zbekiston Respublikasining byudjet tizimi byudjetlarini shakllantirish, tuzish, ko’rib chiqish, qabul qilish, tasdiqlash, ijro etish, davlat tomonidan mablag’ jalb qilish va byudjet to’g’risidagi qonun hujjatlari ijrosini nazorat qilish sohasidagi munosabatlarni tartibga soladi. Byudjet Kodeksi byudjet jarayonini xalqaro amaliyot tajribalaridan kelib chiqqan holda tartibga solish, byudjet amaliyotida mavjud bo’lgan ziddiyatlarni bartaraf etish, eskirgan tartib-qoidalarni bekor qilish, byudjet jarayonini tashkil etishdagi me’yorlar, nizomlar va byudjet jarayoni ishtirokchilarining vakolatlarini tizimlashtirish maqsadida ishlab chiqildi. Byudjet Kodeksining g’aznachilik faoliyati bilan bog’liq alohida qismi davlat byudjeti g’azna ijrosini tashkil etish, yuridik va moliyaviy majburiyatlarni ro’yxatga olish, byudjetdan mablag’ oluvchilar xarajatlari to’lovini amalga oshirish, davlat xaridlarini tashkil qilish, Byudjet tizimidagi islohotlar doirasida 2014 yildan boshlab O’zbekiston Respublikasida amalga kiritilgan Byudjet Kodeksi davlat moliyasini boshqarishning huquqiy asoslarini yanada mustahkamlash, byudjet siyosatining ustuvorliklarini belgilab olish, byudjet mablag’laridan foydalanish samaradorligini oshirish va davlat xizmatlarini taqdim etish sifatini 115 G’aznachilikning yagona g’azna hisobraqamini yuritish kabi masalalarni tartibga solishga qaratilgan. Xalqaro tajribada, Byudjet kodeksi – ma’lum bir mamlakat byudjet tizimining asoslarini, uning tuzilishi, umumiy printsiplarini, turli darajadagi byudjetlar va ularning vakolatlarini, byudjet jarayoni asoslari va byudjetlararo munosabatlarni, byudjet qonunchiligini buzganlik uchun javobgarlik choralarini belgilovchi qonun hujjati hisoblanadi
Byudjet kodeksini ishlab chiqish va qabul qilishdan asosiy maqsad –
byudjet jarayonini tartibga soluvchi hamda amaldagi qarama-qarshi va eskirgan
me’yorlarni bartaraf qiluvchi yagona qonun hujjatini ishlab chiqish va byudjet
jarayoni ishtirokchilarining vakolatlarini tizimlashtirishdan iboratdir. Byudjet
kodeksi O’zbekiston Respublikasining byudjet tizimi byudjetlarini
shakllantirish, tuzish, ko’rib chiqish, qabul qilish, tasdiqlash, ijro etish, davlat
tomonidan mablag’ jalb qilish va byudjet to’g’risidagi qonun hujjatlari ijrosini
nazorat qilish sohasidagi munosabatlarni tartibga soladi.
Byudjet kodeksining qabul qilinishi davlat moliyasining xalqaro
standartlarga mos keluvchi, yagona unifikatsiyalashgan qonunchilik bazasi
yaratilishiga olib keldi. Unda nazarda tutilgan me’yorlar va qoidalar byudjet
jarayonining barcha bosqich va darajalarida yagona huquqiy normalar
qo’llanilishini va bir xil yondashuvni ta’minlash orqali byudjet jarayonining
hamma ishtirokchilari ishini engillashtirishga qaratilgan. Ushbu kodeks nafaqat
moliya, g’aznachilik yoki nazorat-taftish organlari xodimlari uchun, balki
byudjet jarayonida bevosita ishtirok etuvchi mahalliy vakillik va ijroiya
organlari vakillari uchun ham muhim hujjat bo’lib xizmat qiladi.
O’zbekiston Respublikasining Byudjet kodeksi yuqorida ta’kidlaganimizdek, taraqqiy etgan mamlakatlarning bu boradagi ilg’or tajribasini hisobga
olgan holda ishlab chiqilgan bo’lib, u O’zbekiston Respublikasining asosiy
ikkita – «Byudjet tizimi to’g’risida»gi va «Davlat byudjeti g’azna ijrosi
to’g’risida»gi Qonunlarning deyarli barcha me’yorlarini hamda byudjet
jarayonining alohida masalalarini tartibga soluvchi oltita qonun,
Prezidentimizning farmon va qarorlari, Hukumat qarorlari va idoralararo jami 50
dan ortiq me’yoriy-huquqiy hujjatlarini o’z ichiga qamrab olgan hamda unda
turli qonunosti hujjatlarida nazarda tutilgan me’yor va qoidalar tizimlashtirib,
muvofiqlashtirilgan, byudjet qonunchiligida foydalaniladigan aniq
tushunchalarga ta’riflar berilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |