5Davlat budjeti g’azna ijrosining tashkiliy elementlari va o’ziga xos xususiyatlari G’aznachilik tizimi faoliyat ko’rsatishi uchun uning beshta tashkiliy elementi mavjud bo’lishi va o’zaro bog’liqlikda amal qilishi zarur. Ular: 1. G’aznachilikning yagona hisobraqami; 2. G’aznachilikning bosh kitobi; 3. G’aznachilik organlari; 4. G’aznachilikning axborot tizimi; 5. G’aznachilikda davlat byudjeti mablag’larini boshqarish G’aznachilikning yagona hisobraqami. Byudjet tizimi byudjetlari ijrosini ta’minlashda soliqli va soliqsiz davlat tushumlarini to’plash, saqlash va davlat xarajatlarini amalga oshirish uchun G’aznachilik tomonidan G’aznachilikning yagona hisobraqami ochiladi.
G’aznachilikning bosh kitobi. G’aznachilikning bosh kitobi – byudjet ijrosi g’aznachilik usulining asosiy elementlaridan biridir. G’aznachilikning Bosh kitobi bilan hukumat resurslarining hisob-kitobi yuritiladi va moliya tizimining axborot tizimi faoliyat ko’rsatadi. G’aznachilikning Bosh kitobi byudjet operatsiyalari buxgalteriya hisobini yuritishning kompyuterlashtirilgan tizimidir. G’aznachilikning Bosh kitobida davlat muassasalari bilan bo’ladigan barcha moliyaviy operatsiyalar o’z ifodasini topadi.
G’aznachilik organlari. G’aznachilik yuridik shaxs maqomiga ega bo’lgan, Moliya Vazirligiga bo’ysunadigan davlat organi hisoblanadi. G’aznachilikning Qorag’alpog’iston Respublikasi G’aznachilik Boshqarmasi, Toshkent shahar va viloyatlar Boshqarmasi, shahar va tumanlarda G’aznachilik bo’limlari kabi hududiy organlari faoliyat qiladi. G’aznachilikka O’zbekiston Respublikasi Moliya vaziri o’rinbosari, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tayinlangan Davlat G’aznachisi rahbarlik qiladi. G’aznachilikning hududiy organlari huquqiy shaxs maqomiga ega emas.
G’aznachilikning axborot tizimi. G’aznachilikka yagona axborot tizimi xizmat qiladi. Hozirgi kunda G’aznachilikning yagona axborot tizimi yaratilgan bo’lib, “Davlat mablag’larini boshqarishning axborot tizimi” (DMBAT) deb ataladi. «O’RMV» AT — tegishli byudjetlarning byudjet jarayonini kompleks avtomatlashtirish, shu jumladan byudjet tizimi byudjetlari va BMJ byudjetlari 99 ijrosi bilan bog’liq operatsiyalarni aks ettirish uchun mo’ljallangan axborot tizimi 2016 yildan faoliyati amalga oshirilmoqda27. G’aznachilik faoliyatini tashkil etishda «UzASBO» DM — byudjet tashkilotlari tomonidan byudjet hisobi va hisobotining yuritilishini kompleks avtomatlashtirish uchun mo’ljallangan dasturiy majmuasi muhim ahamiyatga ega.
G’aznachilikda davlat byudjeti mablag’larini boshqarish shundan iboratki, G’aznachilik yagona g’azna hisobraqamidan va G’aznachilikning boshqa bank hisobraqamlaridagi davlat byudjeti mablag’larini, davlat byudjetining xarajatlarini belgilangan muddatlarda amalga oshirish uchun yo’naltirish, shuningdek, davlat byudjetining vaqtincha bo’sh turgan mablag’larini bank depozitlari va boshqa aktivlarga vaqtincha joylashtirish hamda ular hisobidan respublika byudjetiga, Qorag’alpog’iston Respublikasi byudjetiga, mahalliy byudjetlarga, shuningdek, davlat maqsadli jamg’armalariga byudjet ssudalari berish yo’li bilan boshqarib boradi. G’aznachilik tomonidan dotatsiyalar va ssudalarni o’tkazish yagona g’azna hisobraqamidan yoki G’aznachilikning boshqa bank hisobraqamlaridan davlat byudjetida mablag’lar ajratish nazarda tutilgan yuridik va jismoniy shaxslarning bank hisobraqamlariga o’tkaziladi.