4Respublika G’aznachilik yagona hisobraqamining yuritilishi G’aznachilikning yagona hisobraqami. Byudjet tizimi byudjetlari ijrosini ta’minlashda soliqli va soliqsiz davlat tushumlarini to’plash, saqlash va davlat xarajatlarini amalga oshirish uchun G’aznachilik tomonidan G’aznachilikning yagona hisobraqami ochiladi. Yagona g’azna hisobraqami G’aznachilik tomonidan boshqariladigan maxsus bank hisobraqami bo’lib, bu hisobraqamda Davlat byudjeti mablag’lari hamda byudjet tashkilotlarining byudjetdan tashqari mablag’lari kiritiladi. Yagona g’azna hisobraqamidan davlat byudjetida mablag’lari nazarda tutilgan yuridik va jismoniy shaxslarning xarajatlari to’lanadi, shuningdek, davlat maqsadli jamg’armalarining xarajatlari amalga oshirilad. G’aznachilik alohida operatsiyalarni, shuningdek, davlatning maqsadli fondlarining mablag’lari bilan operatsiyalarni amalga oshirish uchun g’aznachilikning yagona hisobraqami doirasida subschyotlarini ochish huquqiga ega. Bu subschyotlardagi qoldiqlar g’aznachilikning yagona hisobraqami qoldig’ining ajralmas qismi hisoblanadi. Barcha moliyaviy resurslar G’aznachilikning yagona hisobraqamida yig’iladi, bu mablag’larning miqdori Markaziy Bankda joylashgan barcha tushumlar va to’lovlar yig’iladigan shu hisobraqam bilan nazorat qilinadi. Davlat G’aznasi quyidagi huquqlarga ega: byudjet mablag’lari taqsimlovchilarining taqdim qilgan kirim orderlarini, shartnomalarda belgilangan qarz talabnomalarini ijro qilish uchun qabul qiladi, shuningdek, qarz majburiyatlari bo’yicha naqd pullarni va davlat tashkilotlarining huquqi bo’lgan boshqa shakldagi tushumlarni oladi; buyruqqa asosan, kreditorlarning talabi bo’yicha taqdim qilingan hujjatlar asosida xarajatlar to’lovini amalga oshiradi, shuningdek, sud qarorlarini ijro qiladi; davlat muassasalarini yoki ularning ishonchli vakillariga qarashli pul mablag’larini va moddiy boyliklarni saqlashni va qo’riqlashni ta’minlaydi; naqd pullar bilan amalga oshiriladigan operatsiyalarni bajaradi; amalga oshirilgan moliyaviy operatsiyalarni tasdiqlaydigan buxgalteriya hisob-kitobi bo’yicha yuritiladigan xujjatlarni saqlaydi; buxgalteriyada ularga yuklatilgan buxgalteriya hisob-kitobini olib boradi
G’aznachilikning yagona hisobraqami O’zbekiston RespublikasiningMarkaziy Bankida ochiladi. O’zbekiston Respublikasi Markaziy Bankininghududiy boshqarmalarida g’aznachilikning yagona hisobraqami subschyotlariochiladi. Respublika mintaqalarida davlat xarajatlarini o’z vaqtidamoliyalashtirishni ta’minlash maqsadida G’aznachilikning topshirig’i bilanMarkaziy Bank tomonidan butun ish kuni mobaynida subschyotlarga vasubschyotlardan pul mablag’larini o’tkazish tashkil etiladi. Mablag’ o’tkazish vadavlatning pul mablag’larini xarajat qilish uchun faqat Moliya Vazirligi ruxsatibilan bank schyotlarini ochish mumkin. Bu huquq Davlat G’aznachisiga MoliyaVazirligining buyrug’i bilan yuklatilgan.