35. IV- xarajatlar guruhlari bo’yicha yuridik majburiyatlarni ro’yxatga olishning xususiyatlarini sanab bering. IV guruh xarajatlari bo‘yicha yuridik majburiyatlar buyurtmachilar tomonidan tovarlar (ishlar, xizmatlar) yetkazib beruvchilar (pudratchilar) bilan tuzgan shartnomalari va qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan holatlar (yig‘imlar, badallar, soliqlar va boshqa to‘lovlar bo‘yicha yuridik majburiyatlar) asosida g‘aznachilik bo‘linmalarida ro‘yxatdan o‘tkazilishi yoki hisobga olinishi shart.Bunda buyurtmachilarning tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) yetkazib berish to‘g‘risida tuziladigan shartnomalarida 15 foiz miqdorida oldindan to‘lovni amalga oshirish nazarda tutiladi, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan hollar va elektron davlat xaridlar orqali tuzilgan shartnomalar bundan mustasno.74. IV guruh xarajatlari bo‘yicha shartnomalar amal qilish muddati tegishli moliya yilining 31-dekabridan kechikmagan muddatga tuzilishi lozim, manzilli ro‘yxatlar asosida muddati bir necha yilni tashkil qilishi mumkin bo‘lgan kapital ta’mirlash xarajatlari bo‘yicha shartnomalar hamda qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan amal qilish muddati bir necha yilni tashkil etishi mumkin bo‘lgan hollar bundan mustasno.75. Shartnomalar aniq va ravshan siyoh yoki sharikli ruchka yoki yozuv mashinasida yozilgan holda to‘ldirilishi lozim. Bunda tuzatishlar, o‘chirib yozishlar yoki to‘g‘rilashlarga yo‘l qo‘yilmaydi.76. Agar shartnomada ikkinchi tomonning xabarnomasiga ko‘ra shartnoma qo‘shimcha kelishuvsiz bekor qilinishi mumkinligi nazarda tutilgan bo‘lsa, ushbu shartnoma bo‘yicha yuridik majburiyatni bekor qilish buyurtmachilarning ikki asl nusxada Yuridik majburiyatlarni ro‘yxatdan o‘tkazishga (hisobga olishga) buyurtmasi va tovarlar (ishlar, xizmatlar) yetkazib beruvchilarning (pudratchilarning) mazkur shartnoma shartlariga muvofiq shartnomani bekor qilinishiga qarshiligi yo‘qligi to‘g‘risidagi yozma xabarnomasi asosida amalga oshiriladi.
Bunda mazkur yuridik majburiyatni bekor qilishni ro‘yxatdan o‘tkazish yoki hisobga olishda g‘aznachilik bo‘linmalarining mas’ul xodimlari mazkur Qoidalarning 98 — 100-bandlariga muvofiq ish yuritadi.77. Buyurtmachilarning tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) yetkazib beruvchilar (pudratchilar) bilan shartnomalarida tomonlarning yuridik manzillari va rekvizitlari mazkur Qoidalarning 10-ilovasiga muvofiq rasmiylashtiriladi.78. Buyurtmachilar tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) sotib olishda tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) yetkazib beruvchilardan (pudratchilardan) tegishli litsenziyaning yoki ruxsatnoma tusidagi hujjatning nusxasini (tovarlarni yetkazish, ishlarni bajarish va xizmatlar ko‘rsatish qonunchilik hujjatlariga muvofiq litsenziyalashni yoki ruxsatnoma tusidagi hujjat olishni talab qilsa) so‘rab oladi. Ushbu hujjatlar nusxasi g‘aznachilik bo‘linmalariga ro‘yxatdan o‘tkazish yoki hisobga olish uchun taqdim etiladigan shartnomalar bilan birga taqdim qilinadi.Bunda shartnomalarni ro‘yxatdan o‘tkazish va hisobga olish uchun barcha hujjatlarni g‘aznachilik bo‘linmalariga “UzASBO” DM orqali faqat elektron shaklda taqdim etadigan buyurtmachilar yetkazib beruvchilarning (pudratchilarning) tegishli litsenziyaning yoki ruxsatnoma tusidagi hujjatning nusxasini o‘zlarida saqlaydilar va ushbu hujjatlar g‘aznachilik bo‘linmalariga taqdim etilmaydi.79. Buyurtmachilar tomonidan qabul qilinadigan yuridik majburiyatlar hajmi, mos ravishda, budjetdan ajratiladigan mablag‘lar, vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralarning budjetdan tashqari jamg‘armalari mablag‘lari va BMJ mablag‘lari hajmi bilan chegaralanadi.