1variant O’zbekiston Respublikasi byudjet tizimi tuzilishi modellari


O’zbekiston Respublikasida budjet tizimini isloh qilishning dolzarb muammolari



Download 54,52 Kb.
bet26/27
Sana21.07.2022
Hajmi54,52 Kb.
#833887
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   27
Bog'liq
2 5312148214642646073

23.O’zbekiston Respublikasida budjet tizimini isloh qilishning dolzarb muammolari


24.G’aznachilik xududiy bo’linmalari faoliyati va uni takomillashtirish
34.I- va II- xarajatlar guruhlari bo’yicha yuridik majburiyatlarni ro’yxatga olishning tartibi qanday I va II guruh xarajatlari bo‘yicha yuridik majburiyatlar g‘aznachilik bo‘linmalari tomonidan shartnomalar va mazkur Qoidalarning 7-ilovasiga muvofiq shakldagi I va II guruh xarajatlari bo‘yicha yuridik va moliyaviy majburiyatlarni ro‘yxatdan o‘tkazishga (hisobga olishga) buyurtmalar (bundan buyon matnda YuMMR buyurtmalari deb yuritiladi) asosida ro‘yxatdan o‘tkaziladi yoki hisobga olinadi.Bunda “UzASBO” DMga ulangan buyurtmachilar YuMMR buyurtmasini “UzASBO” DMda shakllantiradi va elektron raqamli imzo bilan tasdiqlagan holda g‘aznachilik bo‘linmalariga elektron hujjat shaklida yuboradi. “UzASBO” DM orqali elektron hujjat shaklida elektron raqamli imzo bilan tasdiqlangan holda g‘aznachilik bo‘linmalariga yuborilgan YuMMR buyurtmalari qog‘oz shaklida rasmiylashtirilmaydi. YuMMR buyurtmalarining elektron shaklda rasmiylashtirilishi va ulardagi ma’lumotlarning to‘g‘riligi uchun buyurtmachilar javobgar hisoblanadi.44. Ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish shartnomasini ro‘yxatdan o‘tkazish yoki hisobga olish uchun buyurtmachilar g‘aznachilik bo‘linmalariga mazkur shartnomaning ikkita asli va bitta nusxasini, shuningdek mazkur Qoidalarning 8-ilovasiga muvofiq shaklda ikki asl nusxada To‘lovlar jadvali taqdim etadi.Bunda “UzASBO” DMga ulangan buyurtmachilar ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish shartnomasi ma’lumotlarini “UzASBO” DMga kiritadi va elektron hujjat shaklida elektron raqamli imzo bilan tasdiqlagan holda g‘aznachilik bo‘linmalariga yuboradi. “UzASBO” DM orqali elektron hujjat shaklida elektron raqamli imzo bilan tasdiqlangan holda g‘aznachilik bo‘linmalariga yuborilgan ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish shartnomasining qog‘oz shaklidagi asl nusxasi g‘aznachilik bo‘linmalariga taqdim etilmaydi va buyurtmachilarda saqlanadi. Ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish shartnomasining qog‘oz va elektron shaklda rasmiylashtirilishi, ulardagi ma’lumotlarning to‘g‘riligi, o‘zaro muvofiqligi va aslining saqlanishi uchun buyurtmachilar javobgar hisoblanadi45. Buyurtmachilarning “UzASBO” DM orqali elektron hujjat shaklida g‘aznachilik bo‘linmalariga yuborilgan YuMMR buyurtmalari va ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish shartnomasi g‘aznachilik bo‘linmalari tomonidan xarajatlar smetasida ko‘rsatilgan summalar va maqsadlarga muvofiq ravishda tuzilishi ustidan nazorat o‘rnatish asosida bir ish kuni ichida mas’ul xodimning elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlangan holda “O‘RMV” ATda elektron tarzda ro‘yxatdan o‘tkaziladi yoki hisobga olinadi, kamchiliklar aniqlanganida esa tegishli kamchiliklari ko‘rsatilgan holda elektron tarzda buyurtmachilarga qaytariladi.46. “UzASBO” DMga ulanmagan buyurtmachilar YuMMR buyurtmalarini qog‘oz shaklida ikki asl nusxada, unda ko‘rsatilgan summalarni to‘lashga to‘lov hujjatlari ilova qilingan holda g‘aznachilik bo‘linmalariga taqdim qiladi.Bunda mazkur YuMMR buyurtmalarini ro‘yxatdan o‘tkazish yoki hisobga olishda g‘aznachilik bo‘linmalarining mas’ul xodimlari mazkur Qoidalarning 47 — 51-bandlariga muvofiq ish yuritadi.47. G‘aznachilik bo‘linmalarining mas’ul xodimlari YuMMR buyurtmalarini qabul qilganlaridan so‘ng YuMMR buyurtmalariga qabul qilib olgan sanasini ko‘rsatgan holda o‘z imzolarini qo‘yadi.48. G‘aznachilik bo‘linmalarining mas’ul xodimlari bir ish kuni mobaynida YuMMR buyurtmalarida ko‘rsatilgan summalarni xarajatlarni qoplashga tegishli manbalarning (budjetdan ajratiladigan mablag‘lar, vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralarning budjetdan tashqari jamg‘armalari mablag‘lari va BMJ mablag‘lari) mavjudligiga, shuningdek ularga ilova qilingan to‘lov hujjatlaridagi summalarni YuMMR buyurtmalarida ko‘rsatilgan summalarga muvofiqligi yuzasidan tekshiradi.Kamchiliklar bo‘lmaganida g‘aznachilik bo‘linmalarining mas’ul xodimlari tomonidan YuMMR buyurtmalari:budjetdan ajratiladigan mablag‘lar va BMJ mablag‘lari bo‘yicha — YuMMR buyurtmalarining ikki asliga ro‘yxatdan o‘tkazish raqami va sanasini ko‘rsatgan holda “Ro‘yxatdan o‘tkazildi” shtampini va shaxsiy imzosini qo‘yish yo‘li bilan ro‘yxatdan o‘tkaziladi;vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralarning budjetdan tashqari jamg‘armalari mablag‘lari bo‘yicha — YuMMR buyurtmalarining ikki asliga hisobga olish raqami va sanasini ko‘rsatgan holda “Buyurtma bo‘yicha to‘lovlar shaxsiy g‘azna hisobvarag‘i qoldig‘i doirasida amalga oshiriladi” yozuvi bilan “Hisobga olindi” shtampini va shaxsiy imzosini qo‘yish yo‘li bilan hisobga olinadi.49. YuMMR buyurtmalarida kamchiliklar aniqlanganida, g‘aznachilik bo‘linmalarining mas’ul xodimlari YuMMR buyurtmasida kamchiliklarini ko‘rsatgan holda uni buyurtmachining mas’ul xodimiga qaytaradi.50. Kamchiliklari ko‘rsatib qaytarilgan YuMMR buyurtmalari to‘g‘risidagi ma’lumot hisobi g‘aznachilik bo‘linmalari tomonidan “O‘RMV” ATda elektron shaklda amalga oshiriladi.51. YuMMR buyurtmasi g‘aznachilik bo‘linmalari tomonidan ro‘yxatdan o‘tkazilganidan yoki hisobga olinganidan so‘ng buyurtmachilarning mas’ul xodimlari YuMMR buyurtmasining ikki asliga qabul qilib olgan sanasini ko‘rsatgan holda o‘z imzosini qo‘yadi va YuMMR buyurtmasining bir asli buyurtmachilarning mas’ul xodimlariga qaytariladi. YuMMR buyurtmasining ikkinchi asli g‘aznachilik bo‘linmalarida saqlash uchun qoladi.



Download 54,52 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish