18, .G’aznachilikning yagona axborot tizimi G’aznachilikning axborot tizimi. G’aznachilikka yagona axborot tizimi xizmat qiladi. Hozirgi kunda G’aznachilikning yagona axborot tizimi yaratilgan bo’lib, “Davlat mablag’larini boshqarishning axborot tizimi” (DMBAT) deb ataladi. «O’RMV» AT — tegishli byudjetlarning byudjet jarayonini kompleks avtomatlashtirish, shu jumladan byudjet tizimi byudjetlari va BMJ byudjetlari 99 ijrosi bilan bog’liq operatsiyalarni aks ettirish uchun mo’ljallangan axborot tizimi 2016 yildan faoliyati amalga oshirilmoqda27. G’aznachilik faoliyatini tashkil etishda «UzASBO» DM — byudjet tashkilotlari tomonidan byudjet hisobi va hisobotining yuritilishini kompleks avtomatlashtirish uchun mo’ljallangan dasturiy majmuasi muhim ahamiyatga ega. Byudjet operatsiyalari bo’yicha kodlashtirilgan va tasniflangan ma’lumotlar«UzASBO» DM orqali g’aznachilik organlariga yuborilib O’RMV ATga avtomatik ravishda yuklanadi, bu esa daromadlarni tasniflar, xududiy belgilari, byudjetdan mablag’ oluvchi tashkilotlar bo’yicha aniqlash imkonini beradi. Daromadlar avtomatik ravishda tegishli byudjetlarga belgilangan normativlar asosida o’tkaziladi va boshqariladi
Byudjet ijrosini tashkil qilishda O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining yagona axborot tizimida byudjet tizimi byudjetlari, byudjet tashkilotlari va byudjetdan mablag’ oluvchilar uchun shaxsiy g’azna hisobvaraqlari ochiladi. Respublikamizda davlat moliyasini boshqarishni isloh qilish doirasida davlat byudjeti g‘azna ijrosi mexanizmi joriy etilgan. G‘aznachilikning joriy etilishi byudjet daromadlarining to‘liq va o‘z vaqtida tushishi hamda xarajatlarining maqsadli sarflanishi ustidan nazoratni kuchaytirish va pul oqimlarini samarli boshqarish imkonini bermoqda. 2017- 2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasida “xarajatlarni ijtimoiy yo‘naltirilganini saqlab qolgan holda, davlat byudjetining barcha darajalarida mutanosiblikni ta’minlash, byudjetning daromad qismini mustahkamlashga qaratilgan byudjetlararo munosabatlarni takomillashtirish” 1 bo‘yicha ustuvor vazifalar doirasida iqtisodiy islohotlar davlat moliyasi tizimida ham jadal sur’atlar bilan amalga oshirilmoqda189 . Davlat byudjetining g‘azna ijrosi bu – hisob va axborot texnologiyalari tizimiga asoslangan davlat byudjeti xarajatlariga moliyaviy resurslarni yetarli bo‘lishini ta’minlash hamda davlat byudjetining daromadlari va xarajatlari hisobi olib borilishi borasidagi iqtisodiy munosabatlardir.