1variant O’zbekiston Respublikasi byudjet tizimi tuzilishi modellari


Byudjetdan mablag’ oluvchilarning xarajatlar smetalarini va ularga o’zgartirishlarni g’aznachilik bo’linmalariga taqdim etish tartibi



Download 54,52 Kb.
bet25/27
Sana21.07.2022
Hajmi54,52 Kb.
#833887
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   27
Bog'liq
2 5312148214642646073

22.Byudjetdan mablag’ oluvchilarning xarajatlar smetalarini va ularga o’zgartirishlarni g’aznachilik bo’linmalariga taqdim etish tartibi
Byudjetdan mablag’ oluvchilarning xarajatlari to’lovi moliya yili uchun ajratilgan byudjet mablag’lari doirasida tasdiqlangan (aniqlangan) xarajatlar smetalari, shuningdek 2850-son Qoidalarga muvofiq ro’yxatga olingan, byudjetdan mablag’ oluvchilarning mahsulot etkazib beruvchilar bilan tuzgan shartnomalari asosida: respublika byudjetidan moliyalashtiriladigan tashkilotlar bo’yicha — O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi G’aznachiligi yoki uning hududiy bo’linmalari tomonidan Qoidalarda belgilangan tartibda; Qoraqalpog’iston Respublikasi byudjeti yoki mahalliy byudjetlardan moliyalashtiriladigan tashkilotlar bo’yicha — O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi G’aznachiligining hududiy g’aznachilik bo’linmalari tomonidan amalga oshiriladi.\ Byudjetdan mablag’ oluvchilarning xarajatlarini amalga oshirish ruxsatnomalari G’aznachilik organlari tomonidan bajariladigan vazifalarning murakkabligi va ko’p qirraligi shundaki, g’aznachilik faoliyatini joriy qilishda zamonaviy avtomatlashtirilgan axborot texnologiyalaridan foydalanadi. Bu esa byudjet ijrosi jarayonida nafaqat bank tizimini bog’laydi. Balki, bu jarayonlarda turli darajadagi moliya organlari, byudjet tashkilotlari, tarmoq idoralari, davlat maqsadli jamg’armalari, 358 byudjetdan tashqari fondlar, bank, bojxona, soliq organlarining o’zaro aloqasi o’rnatiladi. G’aznachilikning axborot tizimi har bir byudjet tashkiloti bo’yicha uning xarajatlari va tushumlari to’g’risida doim tezkor ma’lumot olishga imkon beradi. G’aznachilik byudjetning ijrosi jarayonini yaxshilaydi, yuqori boshqaruv organlarini byudjet ijrosi haqida yanada kengroq axborotlar bilan ta’minlaydi. G’aznachilikda byudjet tashkilotlari kelgusida to’lov xabarnomalarini banklarga to’g’ridan-to’g’ri berish o’rniga g’azna bo’limlariga nazorat uchun jo’natiladi, g’azna nazorati faqat muvofiqlashtiruvchi nazorat bo’ladi, g’azna mazkur to’lovni amalga oshirish uchun haqiqatda to’lov xabarnomasi to’g’ri asoslanganligini smetalar, kassa limitlari bilan tekshiradi. Byudjet tasnifi bo’yicha kassa hisoboti g’azna tomonidan amalga oshiriladi. Banklar solishtirish uchun operatsiyalar bo’yicha har kuni hisobot berib boradi. Shartnomaviy majburiyatlar va solishtirish natijalarini g’azna jurnallarida ro’yxatdan o’tkazilib boriladi. Byudjetdan mablag’ oluvchilarga ular uchun G’aznachilikda yoki uning hududiy bo’linmalarida ochilgan shaxsiy hisob raqamlaridan ko’chirmalar, ularning xarajatlarini qoplashga byudjet mablag’lari o’tkazilganligini tasdiqlaydigan to’lov hujjatlari va boshqa hujjatlarni taqdim etadi va manbalar bo’yicha tegishli byudjetlar daromadlari tushumi hisobini yuritadi. Moliya organlarining topshirig’i bo’yicha yuqori byudjetlarda nazarda tutilgan rejali dotatsiyalar, subventsiyalar, byudjet ssudalari summasini va boshqa to’lovlarni quyi byudjetlarning g’aznachilik hisob raqamlariga o’tkazadi. Byudjet tashkilotlari va buyurtmachilarning shartnomalari xarajatlar smetasida ko’rsatilgan summalar doirasida va maqsadga muvofiq tuzilishi ustidan qattiq nazorat qilish asosida shartnomalarni ro’yxatdan o’tkazadi. Byudjet tashkilotlarini, mudofaa va xavfsizlik tuzilmalarini moliyalashtirishga yo’naltiriladigan byudjet mablag’laridan foydalanishni maqbullashtirish yuzasidan monitoring olib boradi, bunda ular tomonidan tuzilayotgan shartnomalarning sifati ta’minlanishini, ularning maqsadga 359 muvofiqligi va narx-navo echimi qoidalariga ko’ra, vositachilik xizmatlaridan voz kechishni nazarda tutadi. Schyot-fakturalar va tovarlar etkazib berilishi (ishlar bajarilishi, xizmatlar ko’rsatilishi) holatini tasdiqlaydigan yoki byudjetdan mablag’ oluvchilarga soliqlar, yig’imlar hamda byudjetga va byudjetdan tashqari davlat maqsadli jamg’armalariga majburiy to’lovlar uchun byudjet mablag’larini o’tkazish majburiyatini yuklaydigan boshqa hujjatlar asosida byudjet mablag’i oluvchilarning moliyaviy majburiyatlari hisobini yuritadi

Download 54,52 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish