Reja: 1 Davlat byudjeti



Download 15,34 Kb.
Sana25.03.2022
Hajmi15,34 Kb.
#508476
Bog'liq
Moliyamustaqil


Davlat byudjeting funksiyalari.

REJA:

1)Davlat byudjeti.



2)Davlat byudjetining Taqsimlash funksiyasi.

3)Davlat byudjetining Nazorat qilish funksiyasi.

4) Xulosa

1)Davlat byudjeti – davlatning muayyan vaqt(odatda 1 yil) uchun


mo`ljallangan pul daromadlari va harajatlar majmui. Davlat budjeti
tarkiban ixtiyoridagi pul fondlarini taqsimlaydi va u davlat byudetining
bosh bo`g`ini hisoblanadi. Davlat byudjeti tarkiban umumdavlat
byudjet va mahalliy byudjetlarga bo`linadi. Byudjetlar nisbati
mamlakatning ichki sharoitiga bog`liq bo`ladi. Davlat jamiyatga
ijtimoiy xizmatlar ko`rsatadi va bularning hammasi harajat talab etadi.
Davlat byudjetini daromadlari Soliqlar, soliqlardan tashqari
yig`imlar,davlat zayomlaridan tushgan pul, davlat mulkini sotishdan
yoki ijaraga berishdan kelgan mablag`lar shakllantiradi.Byudjet
salohiyati deb byudjet daromadining aholi jon boshiga hisoblangan
miqdori mamlakatning byudjet salohiyati deb yuritiladi va bu
byudjet daromadining umumiy hajmiga hamda aholining soniga
bog`liq bo`ladi.Byudjet harajati daromadidan ortib ketsa, byudjet
taqchilligi ya`ni kamomad yuzaga keladi.
Davlat byudjeti moliyaning tarkibiy qismi sifatida, ikki xil funksiyani
bajaradi:
1) Taqsimlash funksiyasi;
2) Nazorat funksiyasi.

2)Davlat byudjetining Taqsimlash funksiyasi orqali uning mohiyati


namoyon boʻladi. Bu narsa davlat byudjeti tomonidan amalga
oshirilayotgan Taqsimlash munosabatlarining mazmunidan yaqqol
koʻrinadi.
Davlat byudjeti orqali amalga oshiriladigan taqsimlash bu jarayonning
ikkinchi (oraliq) bosqichidir. Shuning uchun ham Davlat byudjetining
Taqsimlash funksiyasi oʻziga xos boʻlgan xususiyatga ega boʻlib, u
taqsimlangan yalpi ichki (milliy)mahsulotni qayta taqsimlash uchun
foydalaniladi. Agar taqsimlashning birinchi bosqichida byudjet
mablagʻlari (byudjetga toʻlovlar) milliy daromadda davlatning ulushi
sifatida maydonga chiqsa, uning ikkinchi bosqichida esa ana shu
ulush qismlarga boʻlinadi va koʻp sonli kanallar orqali turli tadbirlarni
moliyalashtirishga va fondlarni shakllantirishga yoʻnaltiriladi.
Aholining byudjetga toʻlovlari ham qayta taqsimlash xarakteriga ega.
Ularning byudjetga turli soliqlar shaklida (koʻrinishida) kelib tushishi
ikkinchi taqsimlash aktidan iboratdir. Ayniqsa, ijtimoiy sohada faoliyat
koʻrsatayotgan xodimlar tomonidan turli koʻrinishdagi soliqlarning
byudjetga toʻlanishi ham bu mablagʻlarning koʻp sonli taqsimlash
bosqichlaridan oʻtishini taqozo etadi. Chunki juda koʻp hollarda bu
mablagʻlar ancha oldinroq byudjet yordamida taqsimlanish
bosqichidan oʻtib, ijtimoiy sohaga ular byudjet assignovaniyalari
shaklida yetib borgan boʻladi. Demak, koʻrinib turibdiki, mamlakatda
yaratilgan yalpi ichki (milliy) mahsulot (milliy daromad)ning alohida
olingan bir qismi taqsimlashning byudjet mexanizmi orqali bir necha
marta taqsimlanishi(qayta taqsimlanishi) mumkin. Bu Davlat byudjeti
taqsimlash funksiyasining birinchi xarakterli xususiyatidir. Amalga
oshiriladigan operatsiyalar koʻlamining kengligi (masshtabligi), pul
oqimlarining kengligi va tashkil topadigan maqsadli fondlarning xilma-
xilligi davlat byudjeti taqsimlash funksiyasining ikkinchi xususiyati
hisoblanadi. Yalpi ichki (milliy) mahsulot (milliy daromad)ning
kattagina qismini taqsimlab, byudjet turli maqsadlarga
moʻljallangan koʻp sonli fondlarni shakllantiradi. Davlat byudjeti bilan
iqtisodiyot va ijtimoiy sohaning barcha boʻlinmalari bevosita yoki
bilvosita bogʻlangandir. Davlat byudjeti taqsimlash funksiyasining
uchinchi xarakterli xususiyati shundan iboratki, bunda taqsimlashning
asosiy obyekti boʻlib jamiyatning sof daromadi (qoʻshilgan qiymat
soligʻi, foyda va boshqalar) maydonga chiqadi. Lekin bu narsa milliy
daromad, yalpi ichki (milliy) mahsulot va milliy boylik boshqa
elementlarining ham qisman taqsimlanishi mumkinligini inkor etmaydi.
Byudjet orqali soliqlar shaklida jismoniy shaxslarning daromadlari
ham qayta taqsimlanadi. Shuningdek, byudjet mexanizmi orqali
xoʻjalik yurituvchi subyektlar oʻrtasida ham mablagʻlar qayta
taqsimlanishi mumkin.
Byudjet kanallari boʻyicha qiymatning jamgʻarish va isteʼmol
fondlari tomon harakati sodir boʻladi. Iqtisodiyotga xarajatlarning
maʼlum bir qismi, markazlashtirilgan investitsiyalarni moliyalashtirish
va ijtimoiy sohani saqlash bilan bogʻliq boʻlgan xarajatlarning asosiy
qismi byudjet mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi. Davlat moddiy
rezervlari oʻsgan qismining barchasi ham toʻliq ravishda byudjetdan
moliyalashtiriladi. Davlat byudjeti ijtimoiy isteʼmol fondlarini
shakllantirishning asosiy manbai boʻlib xizmat qiladi, ijtimoiy soha
xodimlari uchun isteʼmol fondining yaratilishini taʼminlaydi.Byudjet
orqali taqsimlash jarayoni koʻp bosqichli amalga oshiriladi. Agar uning
birinchi bosqichi iqtisodiyot sohalarida (birlamchi taqsimlash) amalga
oshirilsa, byudjet orqali yalpi ichki (milliy) mahsulotning ikkilamchi
taqsimlanishi (qayta taqsimlanishi) sodir boʻladi.
Uning uchinchi bosqichi (byudjetdan moliyalashtirish) iqtisodiyot
sohalarini va ijtimoiy sohaning boʻlinmalarini qamrab oladi. Biroq
taqsimlanayotgan yalpi ichki (milliy) mahsulotning ayrim elementlari
byudjet orqali koʻp martalab ham oʻtishi (taqsimlanishi) mumkin.
Masalan, ijtimoiy soha tashkilotlarining ijtimoiy sugʻurta fondiga
toʻlovlari byudjetli taqsimlashning mahsulidir. Chunki bu soha
tashkilotlarida ish haqi fondi byudjetdan moliyalashtirish asosida
vujudga keladi. Lekin taqsimlashning ikkinchi bosqichidan oʻtib, ular
yana byudjetga ijtimoiy sugʻurtaga ajratmalar shaklida kelib tushadi.
Shunday qilib, Davlat byudjetining taqsimlash funksiyasi
taqsimlashning koʻp martaligi bilan xarakterlanadi, u ijtimoiy
munosabatlarning barcha sohalarida namoyon boʻladi, jamiyat
tomonidan iqtisodiyot, sogʻliqni saqlash, maorif, madaniyat, fan, sanʼat,
mudofaa va aholining turmush tarzini yaxshilashda undan
foydalaniladi. Faqat Davlat byudjetidagina yalpi ichki (milliy)
mahsulotni taqsimlashning ana shunday xilma-xil shakllari va
metodlari taqdim etilgan.

3) Davlat byudjetining nazorat funksiyasi ham oʻziga xos boʻlgan


xususiyatlarga ega. Byudjetning milliy iqtisodiyot bilan uzviy bogʻliqligi
takror ishlab chiqarishning barcha boʻlinmalarida ahvolning qandayligi
toʻgʻrisida maʼlumotlar bilan doimiy taʼminlab turadi.
Mablagʻlarning byudjetga kelib tushishi, byudjet assignova-
niyalarining yoʻnalishi va ulardan foydalanish ishlab chiqarish,
taqsimlash, almashuv va isteʼmoldagi muvaffaqiyat va kamchiliklarni
ifoda etadi.
Ular milliy iqtisodiyotda nomutanosibliklar (disproporsiyalar)ning
vujudga kelayotganligi, rivojlanish surʼatlaridagi buzilishlar, milliy
iqtisodiyotda sodir boʻlayotgan taqsimlash jarayonlarining toʻgʻriligi va
oʻz vaqtidaligi, ishlab chiqarishning samaradorligi va hokazolar
toʻgʻrisida goʻyo signal berib turadi. Milliy iqtisodiyot istalgan bir
sohasi yoki korxonaning moliyaviy ahvoli, albatta, Davlat byudjeti bilan
boʻladigan oʻzaro munosabatlarda soliqlarda, toʻlovlarda, byudjetdan
moliyalashtirish hajmlarida, byudjet assignovaniyalarini oʻzlashtirishda
va hokazolarda oʻz taʼsirini koʻrsatadi. Demak, byudjet orqali rejadan
farqlanish (ogʻish), tarmoqlararo moliyaviy aloqalar va davriy qisman
disproporsiyalar, fondlarning hajmi, mablagʻlarni oʻzlashtirish
surʼatlari va boshqalardagi oʻzgarishlar yaqqol koʻrinib turadi.
Bularning barchasi Davlat byudjetining nazorat funksiyasiga
umumiylik, universallik xarakterini beradi (birinchi xususiyat). Bu esa,
oʻz navbatida, milliy iqtisodiyotni operativ boshqarishda davlat
byudjetining nazorat funksiyasidan keng foydalanish uchun sharoit
yaratadi.
Davlat byudjetining nazorat funksiyasiga tegishli boʻlgan ikkinchi
xarakterli xususiyat moliyaviy munosabatlarning alohida sohasi
sifatida davlat byudjetining yuqori darajada markazlashtirilganligidan
kelib chiqadi. Markazlashtirilganlik har doim yuqori organlar oldida
quyi organlarning hisobot berib turishini, maʼlum ketma-ketlikda
boʻysunishning tizimliligini anglatadi. Bu esa, oʻz navbatida, yuqoridan
quyigacha davlat moliyaviy nazoratini tashkil etishga shart-sharoit
yaratib beradi. Qattiq majburiylik, imperativlik Davlat byudjetining
nazorat funksiyasiga tegishli boʻlgan uchinchi xususiyatdir. Byudjet
davlatniki boʻlganligi uchun uning nazorat funksiyasi milliy
iqtisodiyotni boshqarishning instrumentlaridan biri boʻlib hisoblanadi.
Nazorat funksiyasining byudjetga obyektiv ravishda xosligi, uning
iqtisodiy kategoriya sifatidagi xususiyati davlat huquqiy asosiga ega
ekanlikni taqozo etadi. Shuning uchun ham byudjet nazorati eng
taʼsirchan va samarali sanaladi. Davlat bunday nazoratni amalga
oshirish natijasida subyektlarning moliyaviy faoliyatiga operativ
ravishda aralashuvi, kerakli hollarda esa, u yoki bu jazolarni qoʻllashi
mumkin.
Byudjetga obyektiv ravishda xos boʻlgan nazorat funksiyasi davlat
tomonidan faoliyatning barcha sohalarida keng qoʻllaniladi. Byudjetni
rejalashtirish jarayonlarida va byudjetni ijro etishda subyektlar
faoliyatining barcha tomonlari tekshirilishi yoki nazorat qilinishi
mumkin. Bunday nazorat, odatda, quyidagi maqsadlarni koʻzda tutadi:

1) Davlat byudjetining daromadlarini oshirish uchun pul


mablagʻlarini mobilizatsiya (jalb) qilish;
2) mablagʻlarni sarf etishda ularning qonuniyligini taʼminlash;
3) moliyaviy (byudjet) mexanizm (i) orqali ishlab chiqarishning
samaradorligini oshirish.
Davlat byudjetining funksiyalari uning iqtisodiy mazmun-mohiyatini
ifoda etib, byudjetni rejalashtirish jarayoni va uni ijro etishda oʻzini
namoyon etadi. Byudjetning taqsimlash va nazorat funksiyalari oʻz
harakatlari davomida miqdoriy va sifat jihatlariga egadir.
Taqsimlash funksiyasining miqdoriy tomoni u yoki bu fondning
oʻlchamiga (hajmiga) tegishli hisoblanadi. Bunda turli fondlarning
nisbatlari, ular oʻrtasidagi proporsiyalar, ularning miqdoriy
parametrlarini toʻgʻri aniqlash nazarda tutilayapti. Bu yerda har ikki
funksiyaning harakati bir xilda muhimdir. Agar byudetning taqsimlash
funksiyasi u yoki bu fondni oshirish yoki kamaytirish yoʻli bilan uni
koʻzlangan darajaga yetkazishga sharoit yaratar ekan, uning nazorat
funksiyasi esa ana shunday taqsimlashning natijasini, uning ijobiy va
salbiy tomonlarini koʻrishga (aniqlashga) imkon beradi.
Taqsimlashning sifat tomoni byudjetning subyektlar faoliyatiga har
tomonlama faol taʼsir koʻrsatib, chuqur aloqalarni oʻzida ifodalaydi.
Byudjetdan moliyalashtirishdan toʻgʻri foydalangan holda fondlarning
shakllantirilishi byudjet mablagʻlarining iqtisod qilib, samarali
foydalanishiga, iqtisod rejimiga rioya qilinishiga, subyektning barcha
boʻlinmalarida samaradorlikni oshirishga oʻz taʼsirini koʻrsatadi. Bunga
byudjetning taqsimlash funksiyasi faqat miqdoriy omillarga
boʻysundirilganda emas, balki u sifat koʻrsatkichlariga ham
bogʻlangandagina erishilishi mumkin. Bunda byudjetning nazorat
funksiyasi ham oʻzining nimaga moʻljallanganligini biroz oʻzgartiradi u
faqat fondlarning miqdoriy jihatdan nomuvofiqligi toʻgʻrisida emas,
balki ana shu nomuvofiqliklar sifat koʻrsatkichlariga ham taʼsir koʻr-
satganligi toʻgʻrisida signal beradi. Davlat byudjetining ikki
funksiyasidan foydalanish natijasida byudjet mexanizmi vujudga
keladi. Byudjet mexanizmi deyilganda, odatda, faqat moliyaviy
resurslarni davlatning qoʻlida akkumulyatsiya qilish va ularni byudjet
kanallari boʻyicha taqsimlashning amaldagi tizimi nazarda tutilmasdan,
balki takror ishlab chiqarishning barcha bosqichlariga bu jarayonning
faol taʼsiri ham tushuniladi. Bu mexanizmning detallari juda koʻp:
soliqlar va byudjetga toʻlovlar, byudjetdan moliyalashtirishning turli
shakllari, mablagʻlarni byudjetlar ichida taqsimlash
va boshqalar ana shular jumlasidandir. Byudjet mexanizmi
ishlashining samaradorligi unga tegishli boʻlgan detallarning oʻzaro
taʼsirchanligi va ularning bir-biriga bogʻliqligi bilan belgilanadi.

4) Davlat byudjetini funsiyalari davlat byudjetini kerakli sohalarga


taqsimlab, nazorat qilish imkonini beradi Davlat byudjetini
funksiyalarisiz Davlat byudjeti mablagʻlari nazoratdan chiqib ketadi.
Taqsimlash funksiyasini soliq, zayom, davlat mulkidan tushgan
daromadlar, qogoz pullar emissiyasidan tushgan daromadlarni o’z
ichiga oluvchi budjet daromadlari amalga oshiradi. Bunda byudjet
jamg’armasi xo’jalik sub’ektlari (yuridik va jismoniy shaxslar)
daromadlari hisobiga shakllanadi. Bu daromadlar sof milliy
mahsulotning birlamchi taqsimoti (ishchi va xizmatchilarning ish haqi,
yollanma ishchilarning daromadlari, tadbirkorlik foydasi, renta, foiz)
natijasida yuzaga keladi. Nazorat funksiyasi ham o’ziga xos bo’lgan
xususiyatlarga ega. Byudjetning milliy iqtisodiyot bilan uzviy bog’liqligi
takror ishlab chiqarishning barcha bo’linmalarida ahvolning qandayligi
to’g’risida ma’lumotlar bilan doimiy ta’minlab turadi. Milliy iqtisodiyot
istalgan bir sohasi yoki korxonaning moliyaviy ahvoli, albatta, davlat
byudjeti bilan bo’ladigan o’zaro munosabatlarda – soliqlarda,
to’lovlarda, byudjetdan moliyalashtirish hajmlarida, byudjet
assignovaniyalarini o’zlashtirishda va hokazolarda – o’z ta’sirini ko’rsatadi.
Foydalanilgan internet bo`yicha veb-saytlar

  1. www.google.uz

  2. www.cer.uz

  3. www.yandex.ru

Download 15,34 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish