11.Byudjet mablag’laridan foydalanishda g’aznachilik orqali moliyaviy nazoratni ta’minlash yo’llari ’gaznachilik tizimi davlat siyosatining ustuvor yo’nalishlariga mos holda davlat xarajatlarini samarali boshqarishga yo’naltirilgan tashkiliy-huquqiy munosabatlarning yig’indisidan iborat. Bu munosabatlar davlat byudjetining daromad va xarajatlari bo’yicha amaliyotlarni qamrab olganligi sababli, O’zbekiston sharoitda davlat moliyasini boshqarishning markazidan o’rin egallaydi. O’zbekiston Respublikasining milliy G’aznachiligi tizimi Davlat byudjetining G’azna ijrosi jarayonida byudjet mablag’larini maqsadli va samarali sarflanishini ta’minlash hamda nazoratni kuchaytirish maqsadida tashkil etilgan. Moliyaviy nazoratni tashkil etishda uning turlarini to’g’ri belgilash muhim hisoblanadi. Shu jihatdan moliyaviy nazoratni 3 turga bo’lish maqsadga muvofiq hisoblanadi: byudjet moliyaviy nazorati, moliyaviy-xo’jalik(tadbirkorlik, tijorat) nazorati , mustaqil audit
Byudjet kodeksiga asosan G’aznachilik bo’linmalari davlat moliyaviy nazoratini: o byudjet tashkilotlari va byudjet mablag’lari oluvchilarning tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) etkazib beruvchilar bilan Davlat byudjeti va davlat maqsadli jamg’armalari byudjetlari mablag’lari hisobiga tuzilgan shartnomalarini xarajatlar smetalarida ko’rsatilgan summalar doirasida hamda belgilangan maqsadlarga muvofiq tuzilganligi ustidan nazorat qilish asosida majburiy ro’yxatdan o’tkazish; o xarajatlar smetalarida va ro’yxatdan o’tkazilgan shartnomalarda nazarda tutilgan summalar doirasida byudjet tashkilotlari va byudjet mablag’lari oluvchilar nomidan hamda ularning topshirig’i bo’yicha tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) etkazib beruvchilarning hisobvaraqlariga to’lovlarni bevosita amalga oshirish orqali to’lov intizomiga rioya etilishini ta’minlash yo’li bilan amalga oshiradi. Dastlabki moliyaviy nazorat moddiy va moliyaviy resurslarni samarasiz ishlatilishining oldini olishga hizmat qilib, bu nazoratni amalga oshirish jarayonida qo’shimcha mablag’larni jalb qilish imkoniyatlari, ko’zda tutilgan xarajatlarning asoslanmaganligini aniqlash mumkin. Nazoratning bu shaklida xo’jalik operatsiyalarining moliyaviy yoki byudjet yilining boshlanishidan oldinroq qonunlar va me’yoriy xujjatlar talablarini buzilishini oldi olinadi
Moliyaviy nazoratning usullari tekshirish .tadqiq etish .moliyaviy holat tahlili. monitoring, kameral nazorat boshqaruv nazorati (nadzor). Taftis
Davlat moliyaviy nazoratida g’aznachilik faoliyati nazorati vazifalari mavjud: qisqa fursatlarda davlat moliyaviy resurslarining real hajmini va uning istiqbol ko’rsatkichlarini aniqlash; davlat moliyasining holati to’g’risidagi tezkor axborotlarni yig’ish, qayta ishlash va tahlil qilish; davlat byudjetining ham daromadlari, ham xarajatlari qismi kassali ijrosining har kungi detallashtirilgan monitoringini o’tkazish; tasdiqlangan byudjet mablag’lari doirasida byudjet tashkilotlarining tovarlar va xizmatlar etkazib beruvchilar oldida majburiyatlar qabul qilish bosqichida (shartno moliya organlari tomonidan byudjet xarajatlarini o’z vaqtida va manzilli moliyalashtirish bilan byudjet mablag’larini bosh taqsimlovchilar tomonidan suiste’mol qilish va noto’g’ri ishlatishning oldini olish maqsadida joriy nazorat qilish; byudjet tashkilotlari majburiyatlarini olgandan keyin pul mablag’larini g’aznachilik hisobraqamidan to’g’ridan-to’g’ri ta’minotchilarning hisobraqamiga o’tkazish natijasida pul oqimlari harakati bo’yicha jarayonlarni qisqartirish; g’aznachilikning bir pog’onasidan ikkinchi pog’onasiga pul mablag’larini o’tkazishni soddalashtirish natijasida byudjet mablag’larini tezkor ishlatish.