1 –yer osti suvi; 2 – ariqlardagi suv; 3 –tabiiy yog‘ingarchilik;
Deformatsiya - qoplama zarralarining holatini birmuncha o‘zgarishi, ko‘chishi bilan bog‘liq. Qoplamani deformatsiyasi yonida sodir bo‘ladigan o‘zgarishlar o‘lcham va shaklini, qoplamani og‘irligi o‘zgarmasdan va yaxlitligini yo‘qotilishi. Egiluvchan va qoldiq (plastiklik) deformatsiyalarga bo‘linadi.
Egiluvchan deformatsiyalar ta’sir qilgan yuk (o‘tishidan) olingandan so‘ng o‘sha vaqtda yo‘qoladi. Qoldiq deformatsiya esa ta’sir qilgan yuk olingandan so‘ng qaytmaydi va bu xolat takrorlanishi ta’sirni yig‘ilishga olib keladi.
Buzilish – o‘lchamlari o‘zgarishi, shakli va og‘irligi qoplamani yaxlitligini yoqotilishi.
Agar yo‘l qoplamasi hamma qoidalari va normalarga asosan qurilgan bo‘lsa, bu yo‘lda buzilishlar bo‘lmaydi (qoplama emirilishidan tashqari), lekin zamonaviy transportdan tushayotgan yuk ta’sirida va tabiiy-iqlim faktorlari ta’sirida deformatsiyalar xosil bo‘ladi, ruxsat etilgan xolatdan oshmaydi.
Yo‘l qoplamasining deformatsiyasi uchta holatda unga tushadigan turli darajadagi yuklarga bog‘liq.
Birinchi holatda agarda yuk yuqori darajada katta bo‘lsa, yo‘l to‘shamasi va yo‘l poyi yaxshi mustahkamlangan bo‘lsa yo‘l qoplamasi buzilmaydi, faqat egilish bo‘ladi, yuk o‘tishi bilan oldingi holatiga qaytadi.
Ikkinchi holatda yuklarning oshishi yoki vaqt o‘tishi bilan yo‘l to‘shamasi va poyida mustahkamlikning pasayib borishi evaziga mayda plastik deformatsiyalarni paydo bo‘lishi.
Uchunchi holatda yo‘l to‘shamasining mustahkamligi ob-havo va TV dan keladigan ta’sir hisobiga pasayishi evaziga mustahkamlikning me’yor talablariga javob bermasligi evaziga yo‘l to‘shamasida va qoplamasida deformatsiyalar va buzilishlar yuzaga keladi.
Yo‘l to‘shamasining mustahkamligi katta og‘irlikdagi yuklar evaziga egilish darajasiga bog‘liq.
Juda katta yuk yoki yo‘l poyi gruntining mustahkamligi pasayishi hisobiga deformatsiyalanish asta-sekin yig‘ilib boradi. Bu deformatsiyalarni o‘z vaqtida oldini olmaganligi, zarur choralar ko‘rilmaganligi sababli yo‘l to‘shamasida buzilishlar yuzaga keladi.
TV g‘ildiragini bosimi ta’sirida yo‘l to‘shamasining qismida egilishlar yuzaga keladi.
Bahor yoki kuz oylarida gruntning namligini ortishi natijasida mustahkamligi kamayadi. Bu davrda og‘ir yuklarni harakatlanishi hisobiga yo‘l to‘shamalarida sinishlar, buzilishlar kuzatiladi. Bunday holatlarda buzilish va deformatsiyalarning oldini olish uchun 2-3 haftaga yo‘ldan og‘ir yuklarni harakatini taqiqlab qo‘yadi.