Kasalliklari



Download 102,6 Kb.
Pdf ko'rish
Sana11.11.2019
Hajmi102,6 Kb.
#25647
Bog'liq
2165(1)


O‘ZBEKISTON  RESPUBLIKASI  OLIY  VA  O‘RTA  MAXSUS

TA’LIM  VAZIRLIGI

Sh.  K.  MAHMUDOVA

KASB


KASALLIKLARI

O‘zbekiston  Respublikasi  oliy  va  o‘rta  maxsus  ta’lim

vazirligi  tomonidan  tibbiyot  oliy    o‘quv  yurtlari  uchun

darslik  sifatida  tavsiya  etilgan

Toshkent


«Yangi asr avlodi»

2011


 UMUMIY BO‘LIM

I BOB. KASB KASALLIKLARI FANI VA UNING

VAZIFALARI

Hozirgi  sharoitda  Respublikamizda  mavjud  bo‘lgan  turli  muassasa,

korxona,  tashkilotlarda  faoliyat  olib  borayotgan  ishlovchi  aholining

sog‘lig‘ini  muhofaza  qilish  muhim  vazifalardan  biri  hisoblanib,  uning

yechimi ekologik, ijtimoiy-iqtisodiy, tibbiy biologik va boshqa vazifalarni

hal qilish bilan  bog‘liqdir.  Bu masalalarni yechishda  kasb kasalliklarini

o‘z vaqtida aniqlash va ularning oldini olish katta  ahamiyatga ega.

 Kasbiy patologiya – mustaqil klinik fan bo‘lib, o‘zining atamalariga,

patogenezining taxmin va nazariyalariga, tashxislash, davolash va ularning

oldini olish usullariga  egadir.

Butunjahon  mehnatni  muhofaza  qilish  tashkilotinining  ta’rifi

bo‘yicha, kasb kasalligi – mehnat faoliyati bilan bog‘liq bo‘lgan  zararli

omillar ta’sirida kelib chiqadigan va rivojlangan kasallikdir.

Kasbiy  kasallik  –  kasbiy  zararli  omil    sababli  rivojlanadigan,  kasb

kasalliklari  ro‘yxatiga  kiritilgan,  ya’ni  ishlab  chiqarish  sharoitlarida

rivojlanishi mumkin bo‘lgan va ilmiy  isbotlangan  kasallikdir.

N.F.Izmerov tadqiqotiga ko‘ra, ishlovchining sog‘lig‘iga xavf soluvchi,

kasalliklarning rivojlanish ehtimolini oshiruvchi, ularning avj olishini va

noxush tugallanishiga atrof-muhitning har xil  kimyoviy,  fizik, biologik,

genetik,  ekologik,  iqlimiy,  ijtimoiy  (ovqatlanish,  ichimlik  suvi  bilan

ta’minlanish, turmush va dam olish sharoitlari, stress va boshqa holatlar)

va boshqa omillari sabab bo‘lishi mumkin.

Kasbiy  zararli  omillar  ishlab  chiqarish  jarayoni  uning  texnologiyasi

va  asbob-uskunalari  bilan  (kimyoviy  toksik  moddalar,  ishlab  chiqarish

changi,  nurlanish  manbalari,  shovqin  va  vibratsiya,  past  va  yuqori

atmosfera  bosimi,  past  va  yuqori  harorat,  infraqizil,  ultratovush,

elektromagnit,  lazer  nurlanishlar  va  boshqalar)  va  shuningdek,  mehnat

jarayoni,  uni  tashkil  qilish,  og‘irligi  va  davomiyligi  bilan  (asab  tizimi,

ko‘rish a’zosi, eshitish a’zosi, ovoz boylamlarining zo‘riqishi, tez-tez bir

xilda  bajariladigan  harakatlar,  ma’lum  bir  guruhdagi  mushaklarning

zo‘riqishi,  tananing  majburiy  holati va  boshqalar) bog‘liqdir.

5


6

Ilmiy-texnikaviy progress, ishlab chiqarish jarayonlariga mexanizatsiya

va avtomatizatsiyani joriy qilish, asbob-uskunalarni modernizatsiyalash,

sanitar-texnik  qurilmalarni  ratsionallashtirish  mamlakatimizning

ko‘pchilik  korxonalarida  kasbiy  zararli  omillarning  yo‘qolishiga  yoki

keskin  o‘zgarishiga  sabab  bo‘ldi.  Respublikamizda  qabul  qilingan

amaldagi qonunlarga ko‘ra, kasbiy zararli omillar ta’sirining ruxsat etilgan

darajalari  aniqlangan,  bu  o‘tkir  hamda  surunkali  kasb  kasalliklari

rivojlanishining oldini oladi. Lekin har doim ham kasbiy zararli omillarni

yo‘qotish  mumkin  emas,  chunki  fan  va  texnika  bu  sohadagi  radikal

yechimlarni to‘laligicha hal qila olmaydi.

Sanoatda  va  qishloq  xo‘jaligida  yangi  kimyoviy  moddalarning

qo‘llanilishi  yangi  kasbiy  zararli  omillarning  yangi  profilaktik  chora-

tadbirlarini  o‘rganishni  taqozo  etadi.

Zararli  omillarning  ta’sirini  sanitar-gigiyenik  chora-tadbirlar

yordamida  himoyalash    natijasida  kasalliklar  kelib  chiqishining  oldini

olish  mumkin.  Texnologik  progress,  ishlab  chiqarish  jarayonlarini

mexanizatsiyalash  va  avtomatizatsiyalash,  asbob-uskunalarni

modernizatsiyalash  zararli  omillarni  yo‘qotish  yoki  ularni  xavfsiz

darajagacha pasaytirishi mumkin.

Shuni  ham  ta’kidlab  o‘tish  kerakki,  sanoatga  va  qishloq  xo‘jaligiga

energiyaning zamonaviy turlarini, kimyoviy moddalarni, sintetik mahsulotlarni

joriy qilish,  mehnatni intensifikatsiyalash  va informatsion  zo‘riqishlarning

oshishi kasb kasalliklarining yangi shakllari rivojlanishiga sharoit yaratadi.

Profilaktik chora-tadbirlarni ishlab chiqarish faoliyati jarayonida inson

sezishi mumkin bo‘lgan ta’sirlarni, ijtimoiy va ekologik omillarni hisobga

olgan  holda butunligicha  o‘rganib chiqish  zarur.

Kasbiy omillar kasb kasalliklarining  rivojlanishiga sabab bo‘lishdan

tashqari  mehnat  faoliyati  bilan  etiologik  bog‘liq  bo‘lmagan  yurak-qon

tomir va  asab tizimining, nafas  olish a’zolari va  me’da-ichak yo‘lining,

qon  hosil  qilish  a’zolari,  tayanch  harakat  apparati,  teri  va  boshqa

kasalliklarning kechishiga ham ta’sir ko‘rsatadi.

Kasbiy  patologiya  boshqa  klinik  fanlardan  farqli  o‘laroq,  ijtimoiy

ahamiyatga  ega,  chunki  zararli  kasbiy  omillar  ta’sirida  ishlovchining

sog‘lig‘ida  o‘zgarishlar  aniqlansa,  uning  sog‘ligiga    yetkazilgan  zararni

qoplash uchun moddiy kompensatsiya ajratilishi zarur.

Kasbiy  patologiyaning  sanab  o‘tilgan  asosiy  nizomlari  uni  klinik

tibbiyotning  murakkab  sohalaridan  biri  ekanligini  ko‘rsatadi  va  kasb



403

MUNDARIJA

MUQADDIMA ................................................................................... 3

UMUMIY  BO‘LIM

I bob. Kasb kasalliklari fani va uning vazifalari ................................... 5

II bob. Kasb kasalliklari fani rivojlanishining qisqacha tarixi .............. 7

III  bob. Kasb kasalliklarining  tasnifi, diagnostikasi  va davolashning

umumiy tamoyillari ........................................................................ 11

IV  bob. Kasb kasalliklarida tibbiy deontologiya asoslari .................. 18

V  bob. Kasb kasalliklarida vrachlik – mehnat

ekspertizasi ..................................................................................... 21

Kasbiy o‘tkir zaharlanishlarda vrachlik mehnat

ekspertizasining  umumiy tamoyillari ............................................. 22

Surunkali kasb kasalliklarining mehnat ekspertizasi

umumiy tamoyillari ........................................................................ 23

Kasb kasalliklarida bemor mehnat layoqatini qay darajada

yo‘qotganligining  asosiy  ko‘rsatkichlari ........................................ 27

VI  bob. Kasb kasalliklarining asosiy profilaktik tamoyillari ............. 30

XUSUSIY  BO‘LIM

VII  bob.  Ishlab  chiqarish  changi ..................................................... 35

Ishlab  chiqarish  changining  tasnifi ................................................... 36

Ishlab chiqarish changining fizik-kimyoviy xususiyatlari va uning

gigiyenik  ahamiyati ........................................................................ 37

VIII bob. Pnevmokoniozlar. Pnevmokoniozlar haqida qisqacha tarixiy

ma’lumot ........................................................................................ 41

Silikoz  va  boshqa pnevmokoniozlar  etiologiyasi,  patogenezi,  tasnifi,

klinikasi, davolash, vrachlik mehnat ekspertizasi va profilaktikasi 41



404

Silikoz ................................................................................................. 52

Silikatozlar .......................................................................................... 67

Asbestoz .............................................................................................. 67

Sementoz ............................................................................................. 69

Karbokoniozlar ................................................................................... 70

Antrokoz va  antrosilikoz .................................................................... 71

Aralash  chang  ta’siri  sababli  paydo  bo‘ladigan

pnevmokoniozlar ............................................................................ 72

Elektropayvandchilar  pnevmokoniozi................................................. 72

Silikoz  va  boshqa  pnevmokoniozlarni  davolash  va oldini  olish

chora  tadbirlari ............................................................................. 78

Bemorlarning mehnatga layoqatini  ekspertiza qilish .......................... 82

IX  bob. Changli bronxit .................................................................... 84

X bob. Kasbiy allergik kasalliklar....................................................... 94

Kasbiy bronxial astma ........................................................................ 96

Ekzogen allergik   alveolitlar ............................................................. 108

XI bob. Terining kasbiy kasalliklari .................................................. 113

Terining kasbiy allergik kasalliklarining klinik shakllari .................. 114

XII  bob. Fizik omillar ta’sirida kelib chiqadigan kasb kasalliklari .. 118

Mahalliy vibratsiya (tebranish) ta’sirida

rivojlangan vibratsiya kasalligi ..................................................... 122

Mahalliy vibratsiya ta’sirida yuzaga kelgan vibratsiya

kasalligining  tasnifi ...................................................................... 125

Tekshirish usullari ............................................................................. 129

Umumiy vibratsiya ta’sirida rivojlangan

vibratsiya kasalligi ....................................................................... 133

XIII bob. Shovqinning odam organizmiga ta’siri ............................. 139

Eshitish analizatoriga shovqinning ta’siri ......................................... 140

XIV bob. Infratovushning odam organizmiga ta’siri ........................ 148

XV bob. Lazer nurlarining odam organizmiga ta’siri ........................ 150

XVI bob. Elektromagnit  radio   to‘lqinlarining   odam

organizmiga  ta’siri ....................................................................... 155

XVII  bob. Ishlab  chiqarish  sharoitlarida  odam organizmiga

past  va  yuqori  haroratning  ta’siri ............................................ 161

Organizmga past haroratning ta’siri .................................................. 164

XVIII  bob. Ishlab chiqarishning zararli va xavfli  kimyoviy

omillari ......................................................................................... 166



405

Kimyoviy moddalarning zaharliligi  va xavfliligi,  zaharlilikning

asosiy mezonlari ........................................................................... 168

Kimyoviy moddalarning  zaharliligi  va  xavfliligini aniqlovchi

omillar .......................................................................................... 170

Zararli va xavfli kimyoviy omillarning ishlovchi xodimlarga

ta’sirining  oldini olish  chora-tadbirlari ........................................ 171

XIX bob. Qo‘rg‘oshin   va  uning   noorganik  birikmalaridan

zaharlanish ................................................................................... 172

Qo‘rg‘oshindan  zaharlanishning  differensial  diagnostikasi .............. 181

XX  bob. Simob va uning noorganik birikmalaridan  zaharlanish ... 185

XXI  bob. Marganesdan  surunkali  zaharlanish .............................. 192

XXII  bob. Uglerod  sulfiddan   zaharlanish .................................... 198

XXIII bob. Uglerod oksididan zaharlanish ...................................... 203

XXIV bob. Organik  erituvchilardan  zaharlanish ............................ 207

Aromatik  uglevodorodlardan ( benzol  va uning  gomologlari)

zaharlanish ................................................................................... 210

XXV bob. Nafas olish organlarining toksik - kimyoviy moddalar

ta’siridan zararlanishi ................................................................... 223

Zararlanishning o‘tkir shakllari ........................................................ 224

Nafas olish a’zolarining toksik kimyoviy moddalar ta’siridan

surunkali zararlanishi .................................................................. 233

Surunkali  toksik  bronxit .................................................................. 233

XXVI   bob. Qishloq  xo‘jaligida  qo‘llaniladigan pestitsidlardan

(o‘tkir va surunkali)  zaharlanish ................................................. 235

Fosfororganik  pestitsidlardan  o‘tkir zaharlanish ............................ 239

Zaharlanishda  tibbiy  yordam  ko‘rsatish ........................................ 246

Xlororganik  birikmalar   (XOB)  dan o‘tkir  zaharlanish ................... 247

Pestitsidlardan surunkali  zaharlanish ............................................... 250

Surunkali  zaharlanishga  tashxis  qo‘yish ........................................ 253

XXVII  bob. Jismoniy zo‘riqish ta’sirida kelib chiqadigan  kasbiy

kasalliklar ..................................................................................... 256

Yelka  bo‘g‘imi  periartriti ................................................................ 257

Yelka  suyagi   epikondiliti ................................................................. 260

Bilak    tendovaginiti .......................................................................... 262

Koordinator  nevroz .......................................................................... 264

Kasbiy    bel-dumg‘aza  radikulopatiyasi  (KBDR) ............................. 268

Periferik  asab tizimining kasb kasalliklari ........................................ 271



406

Ovoz  apparatining  kasb  kasalliklari............................................... 273

Ko‘rish  organi  kasalliklari .............................................................. 277

XXVIII  bob. Kasbiy onkologik kasalliklar ...................................... 281

Ilovalar .............................................................................................. 291

Foydalanilgan  adabiyotlar ................................................................ 401



Download 102,6 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish