1992-yil 19-fevral kuni O‘zbekiston va aqsh o‘rtasida diplomatik aloqalar o‘rnatilgan kun sifatida tarix sahifalariga bitilgan


Ravshan Fozilov, O‘zLiDeP Mirobod tumani Kengashi raisi. Janubiy Koreyaning “SJ ICM” kompaniyasining O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari



Download 85 Kb.
bet2/3
Sana19.05.2023
Hajmi85 Kb.
#941125
1   2   3
Bog'liq
Документ Microsoft Word (2)

Ravshan Fozilov, O‘zLiDeP Mirobod tumani Kengashi raisi. Janubiy Koreyaning “SJ ICM” kompaniyasining O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari:
Shavkat Mirziyoyev va Donald Tramp O‘zbekiston-Amerika hamkorligini rivojlantirishning bugungi holati va istiqbollarini muhokama etdi, xalqaro va mintaqaviy ahamiyatga ega dolzarb masalalar bo‘yicha fikr almashdi, muzokaralar yakunida davlat rahbarlarining «O‘zbekiston va Amerika Qo‘shma Shtatlari: strategik sheriklik yangi davrining boshlanishi» deb nomlangan Qo‘shma bayonoti qabul qilindi. Mazkur hujjat nomining o‘zi mamlakatlarimiz o‘rtasidagi hamkorlikda salmoqli o‘zgarishlar, turli sohalarda o‘zaro manfaatli aloqalarni mustahkamlashga intilish, istiqbolli loyihalarga alohida e’tibordan dalolat beradi.
Afg‘onistonga qo‘shni sifatida uning tinch rivojlanishidan manfaatdor bo‘lgan holda O‘zbekiston hamkorlikni mustahkamlash borasidagi tashabbuslari muhim ahamiyatga ega ekanligi, Afg‘onistonda barqarorlikni ta’minlash, mintaqaviy xavfsizlik muammolarini hal etish tarafdoridir. 
Alohida qayd etish lozimki, mamlakatlar rahbarlari ekstremizm va xalqaro terrorizmni qoraladi, mintaqaviy xavfsizlikni ta’minlashda ikki tomonlama o‘zaro hamkorlikni hamda mudofaa sohasida aloqalarni mustahkamlash bo‘yicha kelishuvlarni amalga oshirishga sodiq ekanliklarini bildirdi.
Biz, mamlakat fuqarolari uchun bog‘dorchilikni rivojlantirish, shoshilinch tibbiy yordam tizimini takomillashtirish, sanoat korxonalari energiya samaradorligini oshirish, isitish tarmoqlarini modernizatsiyalash, moliyaviy konsultativ xizmatlar ko‘rsatish sohalari va boshqa yo‘nalishlar bo‘yicha bitimlar imzolanishi bizda katta qiziqish uyg‘otadi. Ko‘rinib turganidek, o‘zaro hamkorlik amaliy aloqalarni yanada kengaytirish bo‘yicha aniq takliflarni amalga oshirish sari ilgarilamoqda.
Jumladan, tashrif davomida O‘zbekiston va AQSh kompaniyalari o‘rtasida 20 dan ziyod eng yirik shartnomalar imzolandi, ularni to‘liq amalga oshirish natijasida 4,8 mlrd.dollardan ortiq mablag‘larni tashkil etadi, shuningdek, istiqbolda amerika kompaniyalari bilan ko‘p milliardlik shartnomalar uchun imkoniyatlarni ochib beradi. Bularning barchasi shundan dalolat beradiki, erishilgan natijalar xalqimizning uzoq muddatli manfaatlariga xizmat qiladi. Bo‘lib o‘tgan tashrif mohiyatiga ko‘ra – bu ikki tomonlama munosabatlarda tarixiy voqea bo‘lib, mamlakatlarimiz hamkorligini sifat jihatdan yangi darajaga olib chiqadi.
Bugungi kunda O‘zbekiston-AQSh muloqoti xalqaro huquqning umume’tirof etilgan tamoyillari va normalari, ikki davlatning suvereniteti, mustaqilligi va hududiy yaxlitligini hurmat qilish, bir-birlarining manfaatlari hamda demokratik qadriyatlarga sodiqligini hisobga olgan holda amalga oshirilmoqda. Mamlakatlar o‘rtasidagi sermazmun siyosiy muloqotlar muvaffaqiyatli hamkorlikka xizmat qilmoqda.
2018 yil 15-17 may kunlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning AQShga birinchi rasmiy tashrifi bo‘lib o‘tdi va uning yakunlari bo‘yicha O‘zbekiston va AQSh o‘rtasidagi strategik sheriklikning yangi davri boshlangani haqida qo‘shma bayonot qabul qilindi.
Joriy yil 2-3 fevral kunlari AQSh Davlat kotibi Maykl Pompeo O‘zbekistonga tashrif buyurdi va Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan qabul qilindi. Tashrif doirasida u Toshkentda bo‘lib o‘tgan «Markaziy Osiyo – AQSh» (C5 + 1) vazirlar uchrashuvida ham qatnashdi.
Toshkent va Vashingtonda muntazam ravishda bo‘lib o‘tayotgan siyosiy maslahatlashuvlar chog‘ida O‘zbekiston-Amerika munosabatlariga oid dolzarb masalalar muhokama qilinmoqda.
AQSh Kongressi bilan hamkorlik O‘zbekiston-Amerika munosabatlarining muhim tarkibiy qismi hisoblanadi. 2018 yil avgust oyida AQSh Kongressi Vakillar palatasida O‘zbekiston bo‘yicha Kokus shakllantirildi.
O‘zbekiston Respublikasi va Amerika Qo‘shma Shtatlari o‘rtasidagi savdo munosabatlarini yanada rivojlantirish bo‘yicha katta imkoniyat mavjud. O‘zaro tovar ayirboshlash hajmi oxirgi paytda 61,2 foizga o‘sdi va bu ko‘rsatkich 2019 yil yakunlari bo‘yicha 580 million dollardan oshgan. AQShning General Motors, Hyatt, Hilton, General Electric, John Deere, Boeing, Honeywell, Exxon Mobil, Coca-Cola va boshqa kompaniyalari O‘zbekiston bilan faol hamkorlik qilib kelayotgani fikrimizni tasdiqlaydi.
1993 yilda tashkil etilgan Amerika-O‘zbekiston savdo palatasi ikki mamlakat ishbilarmon doiralari o‘rtasida samarali muloqotni amalga oshirishda muhim rol o‘ynamoqda. Ushbu tashkilot muntazam ravishda biznes forumlar va kooperatsion birjalarni o‘tkazib, potensial sheriklar bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqani mustahkalashga xizmat qilmoqda.
2019 yil iyun oyida Toshkentda birinchi marta AQSh savdo vaziri V.Rossning tashabbusi bilan 13 ta yirik Amerika kompaniyasi ishtirokida savdo vakolatxonasi tashkil etildi.
Davlatlarimiz o‘rtasidagi madaniy va gumanitar hamkorlik ham izchil sur’atlarda rivojlanmoqda. Bu boradagi munosabatlarni tartibga soluvchi asosiy hujjat— 2010 yilda qabul qiligan ilmiy-texnikaviy hamkorlik to‘g‘risidagi hukumatlararo bitimdir. Shuningdek, Toshkent va Sietl, Buxoro va Santa-Fe birodarlashgan shaharlar hisoblanadi.
Ta’lim sohasida O‘zbekistondagi qator oliy ta’lim muassasalari J.Xopkins universiteti, Vashington, Indiana, Kaliforniya va Ogayo shtatlaridagi oliy o‘qsv yurtlar bilan aloqalar o‘rnatgan.
Ta’kidlash joizki, 2019 yil sentyabr oyida Toshkentda Webster universitetining filiali ochildi. Bu MDH mamlakatlaridagi Amerika universitetining birinchi to‘laqonli filiali bo‘ldi.


So‘nggi yillarda O‘zbekiston-AQSh munosabatlari tobora chuqurlashib, o‘zaro manfaatli hamkorlik aloqalari rivojlanib bormoqda. Buni shu oyning o‘zida ikki davlat rasmiylari tashriflarining soni keskin oshgani va erishilayotgan kelishuvlar misolida ko‘rishimiz mumkin.




Xususan, 15–17 iyun kunlari Oliy Majlis Senati raisi – Odam savdosi va majburiy mehnatga qarshi kurashish milliy komissiyasi raisi Tanzila Norboyeva boshchiligidagi O‘zbekiston delegatsiyasi Qo‘shma Shtatlariga tashrif buyurib ko‘plab uchrashuvlar o‘tkazdi.
Dastlab Senat raisi AQSh davlat kotibining fuqarolar xavfsizligi, demokratiya va inson huquqlari masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Uzra Zeya bilan uchrashdi. Suhbatda tomonlar mamlakatda majburiy mehnatga barham berish, odam savdosining oldini olish va unga chek qo‘yish, ayollar va gender tenglik, OAV faoliyati masalalarini muhokama qilgan.
Shuningdek, AQSh rasmiysi Davlat departamentining odam savdosi to‘g‘risidagi ma’ruzasida O‘zbekistonning o‘rni “nazorat ostidagi ro‘yxat”dan ikkinchi darajaga (TIER-2) ko‘tarilgani bilan qutlab, ushbu harakatlar davom ettirilishiga umid bildirdi.
Tanzila Norboyeva, shuningdek, AQSh Kongressidagi O‘zbekiston bo‘yicha kokus rahbarlari – kongressmenlar demokrat Visente Gonsales va respublikachi Trent Kelli bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Foto: Senat matbuot xizmati
Kongressmenlar AQSh Kongressining O‘zbekiston mustaqilligi va suverenitetini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan maxsus rezolyutsiyasi hammualliflari bo‘lishga chaqirishni davom ettirishini ta’kidladi.
Hozirgi vaqtda bizda 21 ta ovoz bor va ushbu hujjat AQSh Kongressi tomonidan ma’qullanishi uchun bizni yana to‘rt nafar kongressmen qo‘llab-quvvatlashi kerak. Rezolyutsiya mamlakatlarimiz o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatilganining 30 yilligi munosabati bilan qabul qilinishi uchun bor kuch va imkoniyatlarimizni ishga solishga tayyormiz”, degan Trent Kelli.
Amerikalik qonun chiqaruvchi AQSh Kongressi O‘zbekistonga nisbatan “Jyekson-Venik” tuzatishini qo‘llashni tugatish haqidagi qonun loyihasini qabul qilishga sodiq ekaniga ham ishontirdi. Bu juda muhim, chunki bu ikki mamlakat o‘rtasida savdo sohasida kamsitmaydigan normal munosabatlar o‘rnatilishiga yordam beradi.
Tashrif chog‘ida o‘zbek delegatsiyasi Kongress kutubxonasiga “O‘zbekiston madaniy merosi dunyo to‘plamlarida” loyihasidan kitoblar to‘plamini topshirdi.
Foto: Senat matbuot xizmati

  • Avvalroq, Kun.uz'ga intervyu bergan Senat raisining birinchi o‘rinbosari Sodiq Safoyev ham AQSh parlamentidagi O‘zbekiston bo‘yicha kokusning ahamiyati haqida so‘zlagan edi.

Safar davomida O‘zbekiston rasmiylari bilan uchrashgan AQSh Moda industriyasi uyushmasi (USFIA) prezidenti Juliya Xyuzga ko‘ra, an’anaviy bozorlardan yetkazib berish zanjirlari o‘zgargan sharoitda O‘zbekiston to‘qimachilik mahsulotlarini yetkazib beruvchi yetakchi mamlakatga aylanish salohiyatiga ega.
Tanzila Norboyeva Oq uyning Gender siyosati kengashidagi katta maslahatchisi Reychel Fogelshteyn va Davlat departamentining Xotin-qizlarning global ishlari bo‘yicha idorasi direktori Katrina Fatovat bilan ham muzokaralar o‘tkazdi. Davlat departamenti vakili O‘zbekistonda “C5+1” ayollar biznes-forumini AQSh va Markaziy Osiyo mamlakatlari yetakchi va ishbilarmon ayollari ishtirokida o‘tkazish tashabbusini qo‘llab-quvvatladi.
AQSh ancha vaqtdan buyon O‘zbekistonning JSTga a’zo bo‘lishini qat’iy qo‘llab-quvvatlashini bildirib kelmoqda. Jumladan, 18 iyul kuni Vashingtonda Tanzila Norboyeva va AQSh savdo vakili o‘rinbosari (USTR) Kristofer Uilson o‘rtasidagi uchrashuvda ham bu ta’kidlangan.
“Uilsonning so‘zlariga ko‘ra, Qo‘shma Shtatlar O‘zbekistonning JSTga a’zo bo‘lishga qaratilgan sa’y-harakatlarini qo‘llab-quvvatlashga sodiq. Shu munosabat bilan u Amerika tomoni O‘zbekistonning JSTga qo‘shilishi bo‘yicha ishchi guruhning 5-majlisida ishtirok etishga tayyorligini bildirdi. Ushbu jarayonning murakkabligini tan olgan holda K.Uilson bu masalada Amerika tomoni doimiy qo‘llab-quvvatlashini ta’kidladi”, deyiladi rasmiy relizda.
Bundan tashqari, savdo vakili o‘rinbosari USTR Markaziy Osiyo mamlakatlari va AQSh o‘rtasidagi savdo va investitsiyalar bo‘yicha Doiraviy bitim (TIFA) doirasida umumiy ustuvor yo‘nalishlarni qo‘llab-quvvatlashda O‘zbekiston bilan hamkorlikni yanada kengaytirishdan manfaatdor ekanini ta’kidlagan.
Foto: Senat matbuot xizmati
AQSh Mehnat vazirligida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda tomonlar 2 million dollarlik “O‘zbekiston paxta sanoatida shaffoflik va hisobdorlikni oshirish” loyihasining amalga oshirilishini muhokama qilgan.
AQSh bilan siyosiy munosabatlardan tashqari boshqa yo‘nalishlarda ham munosabatlar ancha faollashgan.
Foto: AKT vazirligi matbuot xizmati
Masalan, ayni kunlarda AQShda bo‘lib turgan AKT vaziri Sherzod Shermatov O‘zbekistonda IT sohasini rivojlantirish va hamkorlik masalalarida Apple, VISA, Plug and Play, Coursera kabi yirik kompaniyalar vakillari bilan muzokaralar o‘tkazmoqda. Shuningdek, vazir USAID, Jahon banki vakillari hamda Silikon vodiysidagi vatandoshlar bilan ham uchrashgan.
Foto: Kun.uz
Bundan tashqari, yaqinda O‘zbekistonga AQSh Markaziy qo‘mondonligi qo‘mondoni general Maykl Kurilla tashrif buyurib, prezident Shavkat Mirziyoyev, Xavfsizlik kengashi va Mudofaa vazirligi mulozimlari bilan uchrashuvlar o‘tkazdi.

Xabar qilinishicha, uchrashuv davomida ikki tomonlama aloqalar siyosiy, iqtisodiy va boshqa sohalardagi hamkorlik masalalari muhokama qilingan.


2005 yil Andijon voqealaridan so‘ng sovuqlashgan AQSh O‘zbekiston munosabatlari so‘nggi paytlar yana iliqlashgani Afg‘oniston urushi va O‘zbekistonning muhim tranzit yo‘li bo‘lib qolayotgani bilan izohlanadi.
Siyosiy tahlilchi Kamoliddin Rabbimov mazkur holatni Amerika-O‘zbekiston munosabatlarida ikkinchi ijobiy palla boshlangani sifatida ta‘riflaydi.
"Birinchi Amerika-O‘zbekiston aloqalari ehtiroslarga boy edi... Amerika Qo‘shma Shtatlari O‘zbekistonga juda katta investitsiya, qo‘llab-quvvatlov beradi, degan holat mavjud edi. Bugungi munosabatlar mana shu ehtiroslardan mutlaqo holi. O‘zbekiston jiddiy investitsiya kutayotgani yo‘q. Va bu geosiyosiy yaqinlashuvni Rossiyaga qaratilgan yoki boshqalarga qarshi qaratilgan deyishimiz qiyin. Ayni paytda Amerika tomoni ham O‘zbekistondan inson huquqlari va demokratiya sohasida jiddiy islohotlar kutmaydi. Chunki, rasmiy O‘zbekiston bunday islohotlarni qila olmasligini yaxshi biladi", deydi sharhlovchi.
---------------------------------------------------------------------------------------------

Download 85 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish