4.3. Dramatik matnlar tarjimasi
Hozircha, janrlar ichida eng katta e’tibor qaratilayotgani bu nazm tajimasidir, teatr tashlab qo‘yilgan sohalardan biri bo‘lib qolgan. Dramatik matnlar maxsus muammolariga doir tarjima materiallari juda kam va yakkaxon teatr tarjimonlarini tasdiqlashda ko‘pincha tarjima jarayonida qatnashuvchi metodologiya tushuniladi. Dramatik matnlarga doir savollarni shunchaki yuzaki ko‘rib chiqilganda ham, bu tarjima nasriy matn tarjimasidan ancha farq qiladi. Avvaliga teatr matni boshqacha o‘qilgan. Biroz to‘liqsiz, sababi shu ish bilan shug‘ullanuvchilar uchun tushunarli bo‘lgan va bu tarjimonga markaziy muammoni ko‘rsatib bergan: matnni adabiy matn kabi tarjima qilish kerakmi yoki boshqa bir qiyinroq tizimning vazifasini bajaruvchi element sifatida ko‘rib chqish kerakmi.
Teatr semiotikasidagi ishlar ko‘rsatganidek, lingvistik tizim – bu faqat bitta qo‘shimcha komponent bo‘lib, bu o‘z ichiga ajoyibotlarni olgan, hayratlanarli bir-biriga o‘zaro bog‘liq bo‘lgan tizimlar qatoridir.
Masalan, Enni Ubersfild ko‘rsatib berganidek, matnni ishdan ajratib bo‘lmaydi, sabab teatr ikkovining o‘rtasidagi dialektik munosabatlardan tshkil topadi va bundan ko‘rinib turibdiki, ikkisining o‘rtasida tuzilgan sun’iy farq yanada balandroq mavqega ega bo‘lgan badiiy matnga aylantiradi.
Dialog va ekstralingvistik holat o‘rtasidagi munosabatlar shaxsiy va o‘zaro hisoblanadi. Aksar hollarda vaziyat dialogni uning predmeti bilan ta’minlaydi. O‘z navbatida, dialog vaziyatning progress holatini ta’minlab, tez-tez o‘zgaradi va hatto uni qayta yangilaydi ham.
Robert Korrigan: “Tarjimon doimo ovozni olishi shart, bu esa tilning imo-ishorasini e’tiborga olish demakdir” deydi. Intonatsiya ritmi va pauza kabilar yozma matn og‘zaki bo‘lganda sodir bo‘ladi. Bu holatda, u Piter Bogatiryovning teatral suhbat tushunchasiga yaqindir. Bogatiryov o‘zining to‘liq tajribasidan kelib chiqib, teatrdagi lingvistik tizim vazifasini muhokama qilar ekan, shuni ma’lum qiladiki, teatrda lingvistik ta’riflar – faqatgina suhbat uchun emas, balki boshqa xususiyatlardan tashkil topgan xususiyatlar tuzilishidir. Masalan: aktyor ishoralari bilan kuzatilib, uning libosi, manzara bilan yakunlanadi. Lekin agar teatr tarjimoni o‘yinga yaroqli boshqa bir holatga duch kelsa, qandaydir boshqa bir matnni tarjimondan aniq so‘rashadi. Bundan tashqari, yozma mantnga qo‘shimcha o‘lchov tushunchasi orqali tarjimon matn g‘oyasi va asar, yozma hamda ko‘rik o‘rtasidagi farqni darrov anglab olishi shart.
Ingliz tarjimalari orqali nazar tashlaydigan bo‘lsak, punktning mavjud matnlari alohida tarjima qilingan deyish mumkin (masalan, Jon Masfild talqinidagi Ester va Berenis) yoki butun asarlarni qism sifatida (masalan, R.B.Bosvel, birinchi tarjimon Rasiyaniyan). Bu farq shuni ko‘rsatadiki, ba’zi bir ishlar aql bilan, qolganlari esa aniq tushunchasiz tarjima qilingan.
Teatr tarjimasining qiyinchiligi tanqidlar ko‘payishiga olib keldi. Ingliz tarjimonlari uch satrlarni quyidagicha ko‘rib chiqishdi:
Men Seraminga borishga qaror qildim (Jon Kemkross).
Yo‘q, yo‘q, mening do‘stim biz birga emasmis (Robert Lovel).
Yo‘q, yo‘q men qilolmayman. Men qanday qilib qolishim mumkin (Toni Harrison)26.
Har uchchala variant ham Gippolitning ketishini tarjima qilmoqda, ammo birinchi ikkitasida Gippolit va Seramin o‘rtasidagi munosabat haqida, uchinchisida bu yo‘q. Uslubiy darajada birinchi va uchinchi variantlar odatiy tajribada kelib chiqib, fransuz Aleksandr she’rini oq she’rga tarjima qila turib klassik teatrga mos keladigan til tizimlariga ega bo‘ladi. Lekin teatr terminlariga, faqat ikki va uchinchi variantgina matn jestikulatsiyasini tarjima qilgan, bu esa aktyorning jismoniy jestlarini aniqlab beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |