3.6. Viktoriya humkronligi davri
Vaqt va joydagi yo‘qotilgan asliyatni yetkazish zaruratiga Viktoriya hukmronligi davri tarjimonlari qiziqar edilar.
Shleyrmaxer-Karliyl-Old Rafayelitning tarjima konsepsiyasidan kelib chiqadigan tushuncha bir qiziqarli paradoks emas. Bir tomondan, asliyatga nisbatan xushomad bilan chegaradosh hurmat bor, lekin bu hurmat yozuvchi qadrining individual ishonchiga asoslanadi. Boshqacha aytganda, tarjimon intellektual, madaniy o‘quvchilarga u o‘zi axloqiy yoki estetik asoslar bo‘yicha boy tajribani bo‘lishgisi keladi. Bundan tashqari, original matn kolleksiyaga qo‘shiladigan did borasida yon bosiladigan va zamonaviy vaqt umidlarisiz go‘zallik, mulk sifatida qabul qilinadi. Boshqa tomondan, ozchilikning o‘qishi uchun mo‘ljallangan ongli arxaik tarjimalarni ishlab chiqarish bilan tarjimonlar bilvosita ideal universal savodxonligini rad etadi. Binobarin, intelektli o‘quvchi tarqoq o‘qishda ozchilikni tashkil etdi.
Matto Arnold20 (1822-68) Homer tarjimasi to‘g‘risida ilk ma’ruzasida o‘quvchiga professional bo‘lmagan olimlarga ishonch bildirishni maslahat beradi, chunki faqatgina ular tarjimani asliyat kabi ta’sirli yoki ta’sirli chiqmaganini ayta olishadi va tarjimonga quyidagi takliflarni beradi:
Tarjimonga emas, uning g‘oyalariga ishoning, qadimiy yunonlar uni shunday o‘ylashlari uchun u o‘zini parchalanib yo‘qotadi. Ingliz o‘quvchilari bu haqda o‘ylashlariga ishonishmasin, u so‘qirlarni o‘z boshqaruvi uchun qabul qiladi. U o‘zi ishlari she’riyatni baholashni va yunonlarni biladiganlarga qanday ta’sir ko‘rsatishini so‘rasin.
Genri Vadzvorz Longfellov21 (1807-1881) tarjimonning roli haqidagi yana bir savolga Arnoldning qiyosi bo‘yicha tarjimonning xususiyatlarini cheklab qo‘ygan yana bir o‘lchov birligini qo‘ydi. Uning Dantening Divina Commedia tarjimasini muhokama qila turib, uning oq she’rini tarjima qilishdagi qarorini himoya qiladi, Longfellovning aytishicha:
“Mening kitobimning yagona xizmati shundaki, u aynan Dante aytganidek, tarjimon agar ingliz bo‘lganida, o‘zida tasavvur qilib ko‘rgan bo‘lardi. Boshqa so‘zlar orqali u ritmga mos yaratgan bo‘lsa, men uni ham xuddi shunday, she’riyatdagidek qilishga harakat qildim. Hayotning o‘zi to‘siq. Tarjimonnning ishi muallif nimani nazarda tutganini tushuntirish, ya’ni sharhlovchi emas, balki nima deyayotganini yetkazishdir. Muallif nima va qanday gapirayotgani bu tarjimonning muammosidir.
Longfellovning tarjima haqidagi g‘aroyib fikrlari haddan ziyod so‘zma-so‘z kelritirilgan. Uningcha, qofiya guldevor ustidagi gul chegarasini kesishdek hayot yoki poema haqiqatidan mutloq farq qiladi. Tarjimon aniq vazifasi belgilab berilgan sharhlovchi ham, yozuvchi ham emas, texnik vazifasiga e’tibor qaratishi kerak.
Laqma burgutdan ko‘ra jonli chumchuq yaxshi, deya mashhur tanbeh bergan inson Fitzgerald edi.
Do'stlaringiz bilan baham: |