Bilimlarni amalga oshirilishi
Qanday turdagi bilimlarni boshqarish tizimi bo’lishidan qat’iy nazar agar undan muammolarni hal qilishda amaliy foydalanilmasa firma uchun hech qanday foyda keltirmaydi. Investitsiyalarning qaytib kelishini ta’minlash uchun tashkiliy bilimlar qaror qabul qilish menejmentining tizimli qismiga aylanishi kerak ( 12-bobda tasvirlangan) Pirovardida firmaning ish jarayoniga yangi bilimlar va dasturiy tizimlar kirib keladi. Ular xaridorlar va ta’minotchilar orasidagi biznes aloqalari va jarayonlarining eng muhim jihatlarini boshqaruvchi korxona dasturlarini ham o’z ichiga oladi. Boshqaruv yangi bilimlarga asoslanib firma uchun yangi biznes amaliyotlari, yangi mahsulotlar va xizmatlar va yangi bozorlar yaratishni ta’minlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |