19-mavzu. Bilimlar menejmenti
R E J A:
Bilimlarni boshqarish tizimlarining biznesdagi roli qanday ?
Korxonalar doirasida bilimlarni boshqarishda qanday turdagi tizimlardan foydalaniladi va ularning biznesdagi ahamiyati qanday ?
Bilimlar ishi tizimlarining qanday asosiy turlari bor va ularning firmalar uchun ahamiyati qanday ?
Bilimlarni boshqarishda intellektual metodlarni qo’llashning foydasi qanday?
Tayanch so’z va iboralar
3-D bosma, Sun’iy zakovat (AI), Qo‘shimcha voqelik (AR), Teskari mantiqiy Oshkora bilimlar xulosa, Ma’lumotlar bazasi, Korxona xodimlarini boshqarish tizimi, Bilimlar bazasi, Ekspert tizimlar, Intellektual agentlar, Investitsion ishchi stansiyalar, Bilim, Bilimlar tizimining ishi (KWS), Boshqarish tizimini o‘rganish (LMS) va h.q.
19.1. Bilimlar menejmenti tizimlarining biznesdagi roli qanday ?
Bilimlarni boshqarish va hamkorlik tizimlari korporativ va davlat dasturlash investitsiyalarining eng tez o’sayotgan sohalaridandir. O’tgan o’n yil iqtisodiyot, boshqaruv va axborot tizimlari sohalarida bilimlar va bilimlarni boshqarish bo’yicha tadqiqotlarda keskin o’sish bo’lganligini ko’rsatadi. Bilimlarni boshqarish va hamkorlik bir-biri bilan chambarchas bog’liq. Boshqalar bilan baham ko’rilmagan bilim deyarli foydasiz hisoblanadi. Firmada birgalikda foydalanilgandagina bilimlar foydali va amaliy bo’ladi.
Biz allaqachon 2-bobda hamkorlik va ijtimoiy biznes uchun muhim vositalarni tasvirlab berganmiz. Bu bobda bilimlarni boshqarish tizimlariga va bilimlarni tarqatishning muhim bo’lib borayotganligiga e’tibor qaratamiz. Biz boylik va farovonlikning asosiy manbayi bilimlarni va axborotlarni ishlab chiqish va taqsimlash bo’lgan axborot iqtisodiyotida yashamoqdamiz. Taxminan 37 % AQSH ishchi kuchi bilimlar va information tizim ishchilaridan iboratdir. Ular AQSH ishchi kuchining eng katta segmentini tashkil qilishadi. AQSH YaIM ning 45 % bilimlar va axborot tizimlari sektorida yaratiladi. (AQSH tijorat departamenti 2012-yil)
Menejerlar firmaning qiymati uning bilimlarni yaratish va boshqarish qobiliyatiga bog’lik ekanligini anglaganlaridan so’ng bilimlarni boshqarish ko’plab biznes firmalarida muhim mavzuga aylanib qoldi. Ko’plab tadqiqotlar shuni ko’rsatdiki firmaning moliya bozoridagi qiymati uning nomoddiy aktivlari bilan bog’liq bo’lib, bilimlar brend, obro’-e’tibor, noyob biznes jarayonlari bilan birga muhim komponentni tashkil qilar ekan. Ilmtalab investitisiyalarning ta’sirini o’lchash qiyin bo’lsa-da, yaxshi bajarilgan ilmga asoslangan loyihalar investitsiylarning foyda bilan qaytishini ta’minlaydi. (Gu va Lev,2001-yil)