BILIMLARNI BOSHQARISH TIZIMLARI TURLARI
Bilimlarni boshqarish tizimlarining 3 ta asosiy turi mavjud : korxona miqiyosidagi bilimlarni boshqarish tizimlari, bilimlar ishi tizimlari, aqlli texnikalar. 19.2-jadval bu asosiy turlarning har biri uchun bilimlarni boshqarish tizimlari dasturlarini ko’rsatadi.
Korxona miqiyosidagi bilimlarni boshqarish tizimlari firmaning umumiy maqsadi doirasidagi sa’y –harakatlarni amalga oshirib, yig’ish, saqlash, taqsimlash va raqamli kontent va bilimlarni amalga oshirishni ta’minlaydi. Bu tizimlar axborotlarni izlash,strukturalashgan va strukturalashmagan ma’lumotlarni saqlash va firma doirasida xodimlarni ekspertizadan o’tkazishni o’z ichiga oladi. Ular shuningdek portallar,qidiruv mexanizmlari, hamkorlik va ijtimoiy ish vositalari va boshqaruv tizimlarini o’rganishni tashkil qiluvchi tehnologiyalarni o’z ichiga oladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |