1. Bilimlar ombori; Bilimlar omborini boshqarish tizimlari; Sun’iy intellekt tushunchasi



Download 26,54 Kb.
Sana28.04.2022
Hajmi26,54 Kb.
#587675
Bog'liq
Mahsulot praduksiya


Mavzu:Mahsulot praduksiya ekspert tizimlar taraqqiyot va tadbiqlari
REJA:
1.Bilimlar ombori;
2. Bilimlar omborini boshqarish tizimlari; 3. Sun’iy intellekt tushunchasi;
4. Ekspert tizimlari.


Tayanch iboralar:Bilimlar ombori, sektorlar, bilimlar omborini yaratish bosqichlari, ekspert tizimlari, sun’iy intellekt, bilimlar ombori, xususiyat, ma’lumotlar ombori, foydalanish texnologiyasi, ekspert, foydalanuvchining interfeysi, interpretator, tizimni yaratish moduli, ekspert tizimi qobig‘I, afzalliklar, ekspert tizimini yaratish bosqichlari. Bilimlar ombori Biror sohada oldindan belgilangan shart­sharoitlarga javob bera oladigan ma'lumotlar omborini yaratish va undan foydalanish muhim ahamiyat kasb etadi. Bilimlar omborini shakllantirish turli uslublar orqali amalga oshirilishi mumkin. Bunda muammolarning aksariyati bilimlar omborining umumiy tuzilishi va uni tashkil etuvchi elementlarning o'zaro bog'lanish usuliga taalluqli bo'ladi. Umumiy hofda bilimlar omborini yaratish dasturlar tizimini yaratishga o'xshash bo'ladi. Bilimlar ombori­ bu ayrim predmet sohalari murakkab vazifalar yechimini topish uchun tahlil va xulosalarni yuzaga keltiruvchi model, qoida, omillar (ma’lumotlar) majmuidir. Bilimlar ombori jamiyatning ajralmas qismi bo'lib, uning o'tmishi, bugungi kuni va kelajagi haqidagi bilimlarni o'zida mujassamlashtiradi. Bilimlar omborida jamlanadigan ma'lumotlar matn, belgi, raqam, jadval, grafik, rasm va boshqa ko'rinishlarda bo'lishi mumkin. BILIM OMBORINING ASOSIY XUSUSIYATLARI O’RGANIS H VA MASHQ QILISH YUQORI MALAKA LI MA’LUMOTL AR OMBORI INSTITUTS IYAVIY BILIMLAR BASHORA IMKONIYA TLSH TI Ma’lumotlar bilimlar omborining berilgan qismlariga joylashtiriladi va bu qismlar sektorlar deb ataladi. С D В A Har bir sektorda ma'lum qoidalarga ko'ra ishlatiladigan bilim (ma'lumot)lar bo'laklari joylashadi. Har bir sektordagi ma'lumotlardan yakka holda foydalanish, ya'ni sektorlarni boshqarishni avtonom holda olib borish mumkin. Sektorlarni quyidagicha taqsim lash mumkin: A­ matnli axborotlar, В ­grafikli axborotlar, С ­jadvallar, D ­ diagrammalar. Faraz qilaylik, biologiya yoki zoologiyadan bilimlar omborini tuzish lozim. Xo'sh, ishni nimadan boshlash kerak? Albatta, dastlab biologiyaning asosiy tushunchalarini o'z ichiga oladigan ma'ruzalar matni tayyorlanadi va u kompyuter xotirasiga kiritiladi. Ikkinchi navbatda inson a'zolari yoki hayvon tiirlariga oid rasmlar majmui hosil qilinadi va ular xotirada biror fayl sifatida saqlanadi. Keyingi bosqichlarda jadvalli va diagrammali axborotlarning qismlari yaratilib, xotiraga joylashtiriladi. Bu ma'lumotlar majmui dastlab alohida sektorlarga joylashtiriladi, so'ngra ularning bir­biri bilan o'zaro bog'lanishini ta'minlovchi ishchi dastur tuziladi (yoki tayyor dasturdan foydalaniladi). Ishchi dasturning asosiy vazifasi foydalanuvchining bergan savoliga xotiradagi ma'lumotlar asosida javob topishdan iborat. Bu dasturning ishlashini quyidagi misol orqali tushuntirish mumkin: 1.Dastlab mavzu tanlanadi, masalan, «Inson tanasida qon aylanish tizimi». 2.Tanlangan qilinadi tugmachalari tanasida qon aylanish mavzuda (uni foydalanuvchini kompyuter qiziqtiradigan orqali tizimining vazifasi savol kiritish mumkin). nimadan aniq «Inson hosil Masalan, iborat?» 3.Belgilangan buyruq kiritiladi. 4.So'ralgan axborot natijasi ekranda hosil qilinadi yoki bosmaga chiqariladi. 5.«Qon aylanish tizimi»ni tushuntiruvchi rasmni ekranda hosil qilish so'raladi. Bilimlar omboridan foydalanish tartibi turlicha bo'lishi mumkin va uni belgilash foydalanuvchining xohishiga bog'liq. Qoidalar ketma­ketligi esa iyerarxik tuzilishda bo'ladi. Bilimlar ombori qoidalar tarmog'i sifatida tasvirlanadi. Tarmoqning har bir holatdagi o'tish yo'li muloqot jarayonidagi foydalanuvchining javobiga bog'liq bo'ladi. Muloqot quyidagi tarzda olib boriladi: ­dastur foydalanuvchiga tizimga qanday savollar berish mumkinligi haqida yo'nalish beradi. Yuqoridagi bilimlar ombori uchun yo'nalishga quyidagi misollarni keltirish mumkin: «O'pkaning tuzilishi», «O'pka kasalligi turlari», «Burun kasalliklari»,... ­boshlang'ich ning keyingi bosqichlari tanlanadi. yo'nalishlardan birini tanlagan holda muloqot­ ­Tizim foydalanuvchi tomonidan berilgan so'rovlarning rost yoki yolg'onligini tekshirib ko'radi. Agar so'rov jarayonida shart bajaril­sa, foydalanuvchiga muloqotning keyingi bosqichiga o'tish uchun imkon beruvchi yozuv ekranda hosil qilinadi. Bu jarayon foydalanuvchining talabini qondiruvchi javob hosil bo'lgunga qadar davom ettiriladi. ­Berilgan sohadagi bilimlar omboridan foydalanish har bir foydalanuvchidan ma'lum darajadagi ko'nikma va malakalarni talab qiladi. Bunday ko'nikmalarga turli shakldagi aqliy faoliyat turlari: tahlil, sintez, umumlashtirish, abstraktlashtirish, qiyoslash, modellashtirish, strukturalash, o'xshashlik darajalarini o'rnatish va boshq­alar kiradi. Bilimlar omborini yaratishda quyidagi bosqichlar amalga oshiriladi: 1­bosqich. Predmet sohasini aniqlash. Bu bosqichda muayyan bilim sohasi tanlanadi. 2­bosqich. Bilimlar to'plamini yaratish. Berilgan mavzu bo'yicha materiallarga darslik, ma'lumotnoma, ilmiy maqolalar, jurnal, gazeta, yaratuvchining oldindan to'plagan xususiy bilimlari va boshqalar kiradi. Yaratiladigan bilimlar omborining sifati va hajmi yaratuvchining birlamchi bilim manbalaridan oladigan axborotlari sifatiga bog'liq bo'ladi. 3­bosqich. Bilimlarni tizimga tushirish. Bu bosqichda asosiy tushunchalar va ularning xossalari, atamalarning mazmuni (tub mohiyati) aniqlanadi, tushunchalar mazmuni bo'yicha turlarga ajratiladi, ular o'rtasida mantiqiy bog'lanish o'rnatiladi. Axborotlarning tuzilishi tartibini to'g'ri belgilash undan foydalanish samarasini oshiradi.Materialni bilimlar omborida ifodalash uchun tizimli tahlildan foydalaniladi. Materialni tizimga solish jarayonida, avvalo, ko'rilayotgan mavzuning iyerarxik modeli tuziladi, so'ngra elementlar orasidagi bog'lanishlar aniqlanadi. To'plangan materialning modelini yaratishda tahlil, turlarga ajratish, guruhlash, qiyoslashtirish, tartiblash, tizimlashtirish, formatlash, modellashtirish kabi usullardan foydalaniladi. 4­bosqich. Materialni shaklan tasvirlash. Tanlangan mavzu tushunchalari orasidagi o'zaro bog'lanish va asosiy yo'riqlarini aks ettiradigan materialning shakliy ko'rinishi grafik, jadval, matn, mantiqiy sxema, gipermatn kabi sxemalashtirilgan vositalar yordamida berilishi mumkin. Bilimlar omborini boshqarish tizimlari Hozirgi zamon mutaxassisi kerakli axborotni topish, ajratib olish , tahlil qilish, tashkillashtirish, saqlash hamda kerakli ko’rinishda tasvirlashni bilishi kerak. Bu esa undan tahlil va sintez qilish, umumlashtirish, abstraksiyalash, modellashtirish, o‘xshashliklarni topish va shunga o ‘xshash boshqa aqliy faoliyat ko‘nikmalarini egallashini talab qiladi. Shuni ham aytib o‘tish kerakki, biror hodisa, voqea yoki soha haqida absolyut bilim beradigan axborot tizimini yaratish juda mushkul ish hisoblanadi. Bilimlar omborini boshqarish usullari bilimlar omborini yaratish bilan bevosita bog’langan bo’ladi. Bilimlar omborini boshqarish uchun maxsus dasturlar tuziladi. Bunday dasturlarning vazifasiga quyidagilar kiradi: • bilimlar omboridagi ma’lumotlarga kirish; • bilimlar omboridagi axborotlarni modifikatsiyalash (yangilash); • kompyuter o‘chirilganda yoki dasturlar ishi to‘xtab qolganda boshqarishning tezda qayta tiklanishi; • bilimlar omboridan bir vaqtda bir necha kom pyuterning foydalanishi va foydalanuvchilarning bir­biriga xalaqit bermasligi; • bilimlar omboridagi ma’lumotlardan foydalanishning cheklanganligi va ularni tashqi ta’sirlardan himoyalanishi. Bilimlar ombori maxsus tashkil etilgan firmalar, guruhlar yoki yakka dasturchilar tomonidan yaratiladi. Foydalanuvchilar esa bu dasturlarni magnit yoki lazer disklariga yozib oladilar va ulardan foydalanadilar. Sun’iy intellekt tushunchasi «Sun’iy intellekt» tushunchasi dastlab AQSHda paydo bo'ldi va sekin­asta boshqa davlatlarda ham keng qo‘llanila boshlandi. 1956­yili AQSHda kompyuter va dasturlash sohasidagi 10 nafar amerikalik yetakchi mutaxassisning birinchi uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. O‘sha paytda mutaxassis­lardan ko‘pchiligi yaqin o‘n yil ichida sun’iy aql yaratilishi mumkinligini taxmin qilardi. Chorak asrdan keyin, ya’ni 1981­yili sun'iy intellekt bo‘yicha Kanadada bo‘lib o‘tgan Xalqaro konferensiyada birinchi uchrashuvning o‘nta qatnashchisidan beshtasi qilingan bashoratlar o‘ta optimistik bo‘lganligini,muammolar esa anchagina murakkab ekanligini tan olishdi.Shunday bo‘lsada, bu yo‘nalishda ko‘pgina ilmiy va amaliy natijalarga erishilgani qayd etildi. Hozirgi kunda sun’iy intellektni yaratish bo‘yicha ilmiy ishlar ko‘pgina davlatlarda olib borilyapti. Intellekt — insonning tafakkur yuritish qobiliyati. Sun'iy intellekt — inson intellektining ba’zi vazifalarini o‘zida mujassamlashtirgan avtomatik va avtomatlashtirilgan tizimlar xususiyati. Sun’iy intellekt shaxsning nisbatan barqaror bo‘lgan, masalan, axborotni qabul qilish va undan ma’lum masalalarni hal qilishda foydalana olishi kabi aqliy qobiliyatini ifodalaydi. Kompyuterda hal etilayotgan masalalar, hatto ayrimlari anchagina murakkab bo‘lsa­da, intellektual hisoblanmaydi. Bu o‘rinda maktabda bajariladigan arifmetik amallar intellektual emasmi, degan savol tug‘iladi. Bu ifodada masalaga tegishli qandaydir noaniq element mavjud . Bu masalani yechishning aniq algoritmi noma’lumligi yoki mavjud emasligidadir. Qandaydir standart materiallar masalani yechish metodini bilmaydigan o‘quvchi uchun javobni izlash, aniq aqliy mehnatni talab qiladigan intellektual amal hisoblanadi. Uslubni bilgan o ‘quvchi, ushbu turdagi masalani avtomatik ravishda yechadi. Shunday qilib, masala qanday murakkab bo‘lmasin, agar uni yechishning aniq uslubi (algoritmi) topilgan va mos dasturi ishlab chiqilgan bo‘lsa, u ishni intellektual yoki haqiqatdan ijodiy hal qilingan deb hisoblasa bo‘ladi. Kompyuter uchu n esa, odatda, bu ishning faqat mexanik amallarini bajarish qismi qoladi. Lekin bu barcha masalalarda ham emas. Shunday vaziyatlar bo’ladiki, masalani yechish algoritmi umuman topilmagan bo’lib, anchagina vaqt sarflaganda ham uni kompyuterda yechib bo'lmaydi. Bunday masalalar kam emas. Bular qatoriga obrazlarni topish, shaxmat o‘ynash dasturlarini yaratish, tarjimalarni avtomatlashtirish kabilarni kiritish mumkin. Inson shunday masalalarga duch kelganda, u qandaydir yagona yechimni yoki samarali uslubni topishga intilmaydi, balki masalani yechish jarayonida turli uslub va yo‘l, axborot manbalaridan foydalanishga harakat qiladi. U mantiq qonunlarini, matematik munosabatlar, murakkab masalani maydaroq masalalarga ajratish yo’llaridan yoki avval uchragan masalalarga o'xshash mulohaza qilishdan foydalanadi. Bir so‘z bilan aytganda, bu o‘rinda inson fikrlashining moslashuvchanligi va ko‘p tomonlamaligi namoyon bo’ladi. Sun’iy intellekt sohasidagi ishlar, asosan, kompyuterni hozircha kam egallagan uslub va usullardan samaraliroq foydalanishga «o‘rgatish»dan iborat. Hozirgi kunda bu sohada anchagina ishlar qilingan, ya’ni intellektual vazifalarni hal qiladigan dasturlar yaratilgan. Mutaxassislar yaratilgan dasturlarni aniqroq, bexato ishlaydigan qilib yaxshilash va ularni takomillashtirish ustida qizg’in ish olib borishmoqda. Kompyuterda muammoni yechishning optimal varianti tanlanadi. Chunki optimal variant tanlanmasa va masala to‘g‘ridan to‘g‘ri yechiladigan bo’lsa, unga juda ko’p vaqt sarflashga to‘g‘ri keladi. Masalan, uyingizdan litseyga borishning bir necha varianti bo’lishi mumkin. Birinchi bor litseyga borayotganingizda eng yaqin yo’lni topish uchun , albatta, yordamga muxtoj bo’lasiz. Bunday masalalarda umumiy o‘xshashlik bor — ularni tasodifiy izlash uslubi yordamida yechiladi. Yechishning variantlari esa ekspotensial ravishda ortib boradi. Demak, ko‘p sondagi yechimlar ichidan eng qulayini topish asosiy muammo bo’lib qoladi va bu masalaning yechimi optimal variantni tanlashni taqozo etadi. Kompyuterlarning paydo bo’lishi va dasturlar yordamida masalalarni yechish—bilishning yangi turlari kelib chiqishiga sabab bo’ldi. Intellektual tizimni bunday turlardan biri sifatida ko‘rsatish mumkin. Intellektual tizimning asosiy prinsipi shundaki, biror masalani yechishda insonning mantiqiy fikrlash usulidan foydalaniladi. Murakkab masalalarning yechimini izlashda inson ma’lum qonuniyatlarni bilishga asoslanadi. U matematik teoremalar yoki amaliyotdan olingan qoidalardan foydalanadi, murakkab masalalarni sodda masalalarga ajratadi va boshqa usullami tatbiq etadi. Umuman, intellektual tizimning asosiy vazifasiga to‘plangan bilimlar omborini tatbiq etish va undan foydalangan holda murakkab masalalarni yechishning optimal yo’llarini izlash hamda yechimini topish kiradi. Ekspert tizimlari kompyuterda echiladigan masalalarning murakkablashuvi Zamonaviy jamiyatda tobora o‘sib borayotgan axborot oqimi, axborot texnologiyalarining turli­tumanligi, ushbu texnologiyalardan foydalanuvchining oldiga bir qator vazifalarni qo‘ydi. Kerakli variantlarni tanlash va qaror qabul qilish ishlarini insondan EHMga o‘tkazish masalasi yuzaga keladi. Bu vazifani echish yo‘llardan biri – bu ekspert tizimlarini yaratish va foydalanish sanaladi. Ekspert o‘zidan kelib chiqib sharoitni tahlil etadi va nisbatan foydali axborotni aniqlab oladi, chorasiz yo‘llardan voz kechgan holda qaror qabul qilishning eng maqbul yo‘llarini vujudga keltiradi. Ekspert tizimida ma’lum bir predmet sohasini ifodalaydi bilimlar bazasidan foydalaniladi. Ekspert tizimi – bu ayrim mavzu sohalarida bilimlarni to‘plash va qo‘llash, uyushtirish usullari hamda vositalari majmuidir. Ekspert tizimi mutaxassislarning yuqori sifatli tajribasiga suyangan holda qarorni tanlash chog‘ida muqobil variantlar ko‘pligi uchun yanada yuqori samaraga erishadi. Strategiyani tuzish paytida yangi omillarni baholab, ularning ta’sirini tahlil etadi. Ekspert tizimlari sun’iy intellektdan foydalanishga asoslangan. Ekspert tizimlarini axborot tizimlari sinfi sifatida ko‘rib chiqish mumkin. U foydalanuvchining roziligidan qat’iy nazar ma’lumotlarni tahlil va tahrir eta oluvchi, qarorni tahlil etib qabul qiladigan, tahliliy­tasnifiy vazifalarni bajara oladigan ma’lumotlar va bilimlar bazasiga ega. Jumladan, ekspert tizimlari keladigan axborotlarni guruxlarga bo‘lib tashlay oladi, xulosa chiqaradi, identifikatsiyalaydi, tashxis qo‘yadi, bashoratlashga o‘rgatadi, sharhlab beradi va hokazo. Ekspert tizimining boshqa axborot tizimlaridan afzalliklari quyidagicha:  yaqin davrlargacha EHMda echish qiyin yoki umuman echib bo‘lmaydigan deb sanaluvchi murakkab masalalarning yangi sinfini echish, optimallashtirish va (yoki) bahosini olish imkoniyati;  dasturchi bo‘lmagan foydalanuvchiga(eng oxiridagi foydalanuvchilar) o‘z tilida suhbat yuritish va kompyuterdan samarali foydalanish uchun axborotni vizualizatsiyalash usullarini qo‘llash imkoniyatini ta’minlash;  yanada ishonchli va malakali xulosa chiqarish yoki qaror qabul qilish uchun ekspert tizimini mustaqil o‘rganish, bilimlardan foydalanish qoidalari, ma’lumotlar, bilimlarning to‘planishi;  foydalanuvchi axborot yo‘qligi tufayli yoki axborotning haddan ziyod rang­barangligi, yoki xatto kompyuter yordamida ham odatdagi qarorni qabul qilishning cho‘zilib ketilishi tufayli echa olmaydigan savollar yoki muammolarni hal etish;  takomillashgan asboblar va ushbu tizimdagi foydalanuvchi mutaxassisning shaxsiy tajribasidan foydalanish hisobiga yakka tartibdagi ixtisoslashgan ekspert tizimlarini yaratish imkoniyati;  ekspert tizimining asosi qaror qabul qilish jarayonini shakllantirish maqsadida tuzilgan bilimlar majmui (bilimlar bazasi) sanaladi. Axborot ta’minotining alohida yaxlit strukturasi ko‘rinishida yaqqol ko‘zga tashlangan va tashkil etilgan predmet sohasi xaqidagi bilim boshqa bilim turlaridan, masalan, umumiy bilimdan ajralib turadi. Bilimlar bazasi asosiy ekspert tizimi sanaladi. Bilimlar fikrlash va vazifalarni hal etish usuliga imkon beruvchi aniq ko‘rinishda ifodalanadi va qaror qabul qilishni soddalashtirishga ko‘maklashadi. Ekspert tizimining asosligini ta’minlovchi bilimlar bazasi tashkilotning bo‘linmalaridagi mutaxassislar bilimini, tajrabasini o‘zida mujassamlashtiradi va institutsional bilimlarni (ixtisoslashganlar majmuini, yangilanayotgan strategiyalar, qarorlar uslublari) ifodalaydi. Bilim va qoidalarni turli aspektlarda ko‘rib chiqish mumkin: chuqur va yuzaki; sifat va miqdoriy; taxminiy(noaniq) va aniq;     muayyan va umumiy;  Foydalanuvchilar bilim bazasini samarali boshqaruv qarorlarini olish uchun qo‘llashlari mumkin. tavsifiy va ko‘rsatma (yo‘l­yo‘riq) beruvchi. Ma’lumotlar bazalaridan foydalanish texnologiyasi FOYDALANUVCHI EKSPERT BLOKI TUSHUNTIRISH BILIMLARNI O’ZLASHTIRISH BLOKI BLOKI BLOKI MANTIQIY XULOSA BLOKI BILIMLAR BAZASI Ekspert – bu muayyan predmet sohasida samarali yechim topa oluvchi muta­xassis. Bilimlarni o‘zlashtirish bloki ma’lumotlar bazasining to‘planishini, bilim va ma’lumotlar modifikatsiyasi bosqichini aks ettiradi. Bilimlar bazasining fikrlash darajasidagi yuqori sifatli tajribadan foydalanish imkoniyatini aks ettiradi. Mantiqiy xulosalar bloki qoidalarni faktlar bilan qiyoslagan holda xulosalar mantiqini yuzaga keltiradi. Unchalik ishonchli bo‘lmagan ma’lumotlar bilan ishlash chog‘ida noaniq mantiq, zaif ishonch yuzaga keladi. Tushuntirish (izohlash) bloki foydalanuvchining texnologiyada bilimlar bazasidan foydalanish ketma­ketligini aks ettiradi va «nima uchun?» degan savolga javob beruvchi xulosaga keladi. Hozirgi vaqtda bilimlar bazasining joriy etilishi kasbiy bilimlarning to‘planish sur’ati bilan belgilanadi. Kasbiy faoliyatning shakllantiruvchi, ya’ni EHM bazasida avtomatlashtiradigan qismi ­ bu inson tomonidan to‘plangan bilimlarning uncha katta bo‘lmagan qismidir. To‘plangan bilimlarning kattagina qatlamini yakka tartibda yig‘iladigan bilimlar tashkil etadi. Bilimlarni strukturalashtirish yoki rasmiylashtirish bilimlarni taqdim etishning turli usullariga asoslangan. Zamonaviy axborot tizimlarida eng ko‘p faktlar va qoidalar usulidan foydalaniladi. Ular ayrim predmet sohalaridagi jarayonlarni bayon etishning tabiiy usulini bayon etadi. tavsiya, Qoidalar odatda ko‘rsatma, strategiyalarni taqdim etishning formal(rasmiyatchilik) usulini ta’minlaydi. Ular agar predmet bilimlari biror sohadagi masalani echish bo‘yicha to‘plangan amaliy tasavvurlardan paydo bo‘lgandagina to‘g‘ri keladi. Qoidalar ko‘pincha «Agar bu...» xilidagi tasdiq ko‘rinishda ifodalanadi. Bilimlar bazasida predmet sohasini bayon etish ma’lumotlarni tashkil etish va taqdim etish, vazifalarni shakllantirish, qayta shakllantirish va echish usullarini ishlab chiqishni nazarda tutadi. Predmet sohasi tushunchasi(obyektlari) ramzlar yordamida tasavvur qilinadi. Masalan, bu ramz bank tizimi uchun mijoz, jamg‘arma vositasi, operatsiya, vazifa va shu kabilar bo‘lishi mumkin. Tushunchalarni manipulyasiya qilish uchun munosabatlar aniqlanadi, turli strategiyalar (mantiqiy yoki tajriba natijasida olingan) qo‘llaniladi. Bilimlarni taqdim etish, ularni tarkiblashtirish tushunchalarni, murakkab, oddiy bo‘lmagan vazifalarni nazarda tutadi. Shuning uchun qoidalar ham bilimlar bazasida murakkab yoki ko‘p miqdorda va hajmda bo‘ladi. Ekspert tizimlari shunday ishlab chiqiladiki, bunda yechim tanlash mantiqini asoslash va o‘rgatish hisobga olinadi. Ko‘pgina ekspert tizimlarida tushuntirish (izohlash) mexanizmi bo‘ladi. Mazkur mexanizm qanday qilib tizim ushbu qarorga kelganini tushuntirish uchun zarur bo‘lgan bilimlardan foydalanadi. Bunda ekspert tizimini qo‘llash, undan foydalanish va harakat chegarasini aniqlash juda muhimdir. b o ’ y i c h a m u t Axborot texnologiyasining ekspert tizimida foydalaniladigan asosiy komponentlari a (tarkibiy qismlari) quyidagilar: foydalanuvchining interfeysi, bilimlar bazasi, interpretetor, x a tizimni yaratish moduli. (rasm) s s i s F o y d a l a n u n t e r f e y s i v c h n n g y a r a t i s h F o y d a l a T i z i m n n u v c h m o d u e k s p e r t v a B i l i r i B i l i m i i i l i i i o m b o a r m l s o h a l i m m o M u a interpretat or ­ ­ ­ instruksiya va axborot qaror va ta’minot bilim rasm. Ekspert tizimlarining axborot texnologiyalari asosiy komponentlari. Foydalanuvchining interfeysi. Foydalanuvchi ekspert tizimiga buyruq va axborot kiritish hamda uning buyrug‘i orqali chiqadigan axborotni olish uchun foydalaniladi. Komanda (buyruq)lar o‘z ichiga bilimlarni qayta ishlash jarayoni boshqarmaydigan parametrlarini oladi. Axborot odatda ma’lum bir tanaffuslar bilan beriladigan qiymat, ahamiyat shaklida beriladi. Foydalanuvchi axborotni kiritishning to‘rtta uslubidan foydalanishi mumkin: menyu, buyruq (komanda), tabiiy til, shaxsiy interfeys. Ekspert tizimining texnologiyasi chiqadigan axborot sifatida nafaqat qarorni, shuningdek zarur tushuntirishni olish imkoniyatini ham ko‘rib chiqadi. Odatda ikki xil tushuntirish farqlab ko‘rsatiladi. YA’ni:  so‘rov bo‘yicha beriladigan tushuntirish. Bunda foydalanuvchi har qanday paytda ekspert tizimidan o‘z hatti­harakatlarini izohlashni talab etishi mumkin;  muammolarni hal etishdan olgan tushuntirish. Foydalanuvchi yechimni olgandan so‘ng, u qanday olingani to‘g‘risida izoh talab qilishi mumkin. Tizim esa masalani echishdagi har bir qadamini tushuntirib berishi kerak. To‘g‘ri, ekspert tizimi bilan ishlash texnologiyasi oddiy emas. Mazkur tizimlarning foydalanish interfeysi do‘stona munosabatda bo‘ladi. YA’ni u siz bilan «suhbatlashish» chog‘ida qiyinchiliklar tug‘dirmaydi. Bilimlar ombori. Ular muammoli sohalarni, shuningdek, faktlar oralig‘idagi mantiqiy bog‘liqni bayon etadi. Bazada markaziy o‘rinni qoidalar egallagan. Qoida muayyan bir sharoitda nima qilish kerakligini belgi­laydi va u ikki qismdan iborat bo‘ladi: Birinchisi, bajarilishi mumkin bo‘lgan yoki bo‘lmagan shart­sharoit. Ikkinchisi, agar sharoit bajariladigan bo‘lsa, amalga oshirilish kerak bo‘lgan xatti­harakat. Ekspert tizimida foydalaniladigan barcha qoidalar tizimini tashkil etadi. Bu tizim oddiy tizimga qiyoslaganda ham bir necha minglab qoidalarni o‘z ichiga oladi. Barcha bilim turlari, predmet sohasi xususiyati va loyihaning (bilim bo‘yicha mutaxassisning) malakasiga bog‘liq holda u yoki bu darajada o‘xshash­lik bilan bir yoki bir necha semantik modellar yordamida ifodalanishi mumkin. Interpretator. Bu ekspert tizimining bir qismi bo‘lib, bazadagi bilimlarni ma’lum bir tartibda qayta ishlaydi. Interpretatorning ish texnologiyasi qoidalar majmuining ketma­ketligini ko‘rib chiqishga olib boradi. Agar qoidadagi shartlarga rioya etilsa, ma’lum hatti­harakatlar bajarilsa foydalanuvchiga ham uning muammolarini echish variantlari taqdim etiladi. Bundan tashqari ko‘pgina ekspert tizimlarida quyidagi qo‘shimcha bloklar kiritiladi: ma’lumotlar bazalari, hisob­kitob bloki, ma’lumotlarni kiritish va tuzatish bloki. Hisob­kitob bloki boshqaruv qarorlarini qabul qilish bilan bog‘liq holatlarda zarur bo‘ladi. Ayni paytda reja, jismoniy, hisob­kitob, hisobot va boshqa doimiy hamda tezkor ko‘rsatkichlarni o‘z ichiga olgan ma’lumotlar bazalari muxim rol o‘ynaydi. Ma’lumotlarni kiritish va tuzatish blokidan ma’lumotlar bazasidagi joriy o‘zgarishlarni tezkor va o‘z vaqtida aks ettirish uchun foydalaniladi. Tizimni yaratish moduli. U qoidalar to‘plamini yaratish uchun xizmat qiladi. Tizimni yaratish modulining asosi bo‘lgan ikkita yondoshuv mavjud: dasturlashtirishning algoritmik tilidan foydalanish va ekspert tizimi qobig‘idan foydalanish. Bilimlar bazasini tasvvur etish uchun maxsus lisp va prolog tillari ishlab chiqilgan, garchi bundan boshqa har qanday ma’lum algoritmik tildan foydalanish mumkin bo‘lsa ham. Ekspert tizimi qobig‘i. Tegishli bilimlar bazasini yaratish orqali ma’lum bir muammoni hal etishga moslashgan tayyor dasturiy muhitni ifodalaydi. Ko‘pgina hollarda qobiqdan foydalanish dasturlashdan ko‘ra tezkor va osonroq tarzda ekspert tizimini yaratish imkonini beradi. Ekspert tizimining afzalliklarini tajribali mutaxassislarga qiyoslab shunday bayon etish mumkin:  erishilgan puxta bilim, asos yo‘qolmaydi, u hujjatlashtirishi, uzatilishi, ijro etilishi va ko‘payishi mumkin;  nisbatan mustahkam natijalarga erishiladi, insondagi hissiy va shu kabi boshqa ishonchsiz omillar bo‘lmaydi;  tizimning ishlab chiqish qiymati yuqori, lekin ekspluatatsiya qiymati past. Umuman qiyoslaganda esa u yuqori malakali mutaxassislardan ko‘ra arzonroq tushadi. Yangi qoida va konsepsiyalarga, ijodkorlik va ixtirochilikka unchalik moslashmaganligi hozirgi ekspert tizimining kamchiligidir. Ko‘p hollarda bu tizim yuqori malakali mutaxassislar o‘rnini bosa oladi, ammo ba’zan past malakali ekspertga muhtojli joylar ham bo‘lib turadi. Ekspert tizimi eng oxiridagi foydlanuvchining kasb imkoniyatlarini kengaytirish va ko‘paytirish vositasi bo‘lib xizmat qiladi. Ochig‘i, bu tizim muayyan bir predmet sohasida mutaxassis­ekspertlar darajasidagi bilimni namoyish etmog‘i kerak. Tizim yaxshi yechimlarni kerakli darajada topa olmaydi, lekin predmetni keng anglaydi. Rejalashtiruvchi ekspert tizimlari ma’lum bir maqsadlarga erishish uchun zarur bo‘lgan dasturlarni ishlab chiqishga mo‘ljallangan. Bashoratlovchi ekspert tizimlari o‘tmish va bugunning voqealariga asoslanib kelajak ssenariysini oldindan aytib bermog‘i, ya’ni berilgan vaziyatdan ishonchli natijalar chiqarishi kerak. Buning uchun bashoratlovchi ekspert tizimlarida dinamik parametrik modellar qo‘llaniladi. Tashxislovchi ekspert tizimlari kuzatiladigan hodisalarning normal emasligi sabablarini topish xususiyatiga ega. Ma’lumotlar to‘plami tahlil uchun asos bo‘lib xizmat qiladi. Ular yordamida etalon hatti­harakatdan chetlanish aniqlanadi va tashhis qo‘yiladi. O‘rgatuvchi ekspert tizimlari foydalanuvchilarga berilgan sohada tashhis qo‘yish va tahlil etish imkoniyatini berishi lozim. Bunday tizimdan bilim va xatti­harakat to‘g‘risidagi farazni yaratish, tegishli ta’lim uslubini va harakat usullarini aniqlash talab etiladi. Ekspert tizimini yaratishda kamida uchta muammo yuzaga keladi:  xotiraga kiritiladigan axborotning etarli darajada to‘liq bo‘li­shini ta’minlash. Bu eng asosiy bilimlarini ajratish va ma’lumotlar tuzilmasida ularning o‘zaro aloqasini o‘rnatish, shuningdek, kodlashtirishning bunday tizimini yaratish va foydalanishni talab etadi;  ekspert tizimi faoliyati sifatining samarali bahosini olish va tegishli mezonlarni ishlab chiqish. Qiyinchilik shundaki, mutaxasislar bilimi – bu shunchaki ma’lumot va faktlar yig‘indisi emas. Ayrim elementlar munosabatini tasavvur etish uchun aloqalar qonuniyatlarini hisobga olishga formal urinish tizimni o‘ta darajada «keskin» qilib qo‘yadi va u yangi elementlarni qo‘shish uchun «yopiq» bo‘lib qoladi;  echiladigan masala tuzilmasining ehtimollik xususiyati va bilimlarning uyg‘unlashuvi tufayli ishonchsiz natijalar olish mumkinligi. Ekspert tizimini yaratish quyidagi talablar mavjud holatda maqsadga muvofiqdir:  tizimga o‘z bilimini berishni istagan ekspertlar mavjudligi;  ekspertlar vazifani hal etishning o‘z uslublarini bayon etishi mumkin bo‘lgan muammoli sohaning mavjudligi;  ko‘pchilik ekspertlarning mazkur muammoli sohada yechimlar o‘xshash­ligining bo‘lishi;  muammoli sohadagi vazifaning ahamiyati, ya’ni ular yoki murakkab bo‘lishlari, yoki mutaxassis bo‘lmagan foydalanuvchi hal eta olmasligi yoki hal etish uchun ancha vaqt talab qilishi;  masalani echish uchun katta hajmdagi ma’lumot va bilimning bo‘lishi;  predmet sohasida axborotning to‘liq bo‘lmasligi va o‘zgaruvchanligi tufayli evristik uslublarni qo‘llash. Yuqorida qayd etilgan uchta muammoni hal etish va sanab o‘tilgan talablarni bajarish ekspert tizimini qo‘llashning zarur hamda etarli sharti sanaladi. Ekspert tizimini yaratish bosqichlari. Ekspert tizimini yaratishning nisbatan muhim bosqichlariga quyidagilarni kiritish mumkin: konseptulizatsiya, realizatsiya, testdan o‘tkazish, joriy etish, kuzatib borish, modernizatsiyalash. Konseptualizatsiya bosqichida ekspert tizimini ishlab chiqish bo‘yicha mutaxassis ekspert bilan hamkorlikda tanlangan predmet sohasidagi muammoni echishning uslublarini bayon etish uchun qanday tushuncha, munosabat va protseduralar zarurligini hal etadi. Bosqichdagi asosiy vazifa masalani echish jarayonida yuzaga keluvchi vazifa strategiyasi va cheklovlarni tanlashdan iborat. Konseptualizatsiya muammoni to‘liq tahlil etishni talab etadi. Identifikatsiya bosqichida vazifa turi, tavsifi, o‘lchami, ishlanma jarayonidagi ishtirokchilar tarkibi aniqlanadi. Modelning yaroqliligi ko‘rib chiqiladi, talab etiladigan vaqt ­ mashina resurslari baholanadi, ekspert tizimini yaratish maqsadi belgilanadi. Formallashtirish bosqichida asosiy tushunchalar va munosabatlar bilimlarni ifodalashning o‘ziga xos rasmiy tiliga o‘tkaziladi. Bu erda ko‘rib chiqi­layotgan vazifa uchun modellar yoki ma’lumotlarni taqdim etishning o‘xshash usullari tanlanadi. Amalga oshirish bosqichida yuklatilgan vazifalarni bajarishga qodir bo‘lgan ekspert tizimining jismoniy «qobig‘i», yuzasi yaratiladi. Ekspert tizimi faoliyatining to‘g‘riligini testdan o‘tkazish bosqichida tekshirish mumkin. Nazorat 
Foydalanilgan adabiyotlar: Asosiy adabiyotlar: 1.A.A.Abduqodirov, A.G’.Hayitov, R.R.Shodiyev “Axborot texnologiyalari”, Toshkent 2003 67­79 betlar. 2. Milliy iqtisodda axborot tizimlari va texnologiyalari: Oliy o‘quv yurtlari talabalari uchun o‘quv qo‘llanma // Mualliflar: R.X.Alimov, B.YU.Xodiev, Q.A.Alimov va boshq.; S.S.G‘ulomovning umumiy tahriri ostida. – T.: «SHarq», 2004. – 320 b. 3. Gulomov S. S., SHermuxamedov A. T., Begalov B. A. Iktisodiy informatika: Darslik / akademik S.S.Gulomovning umumiy taxriri ostida. – T.: O‘zbekiston, 1999, 528 b. 4. Alyoxina G. V. Informatsionnыe texnologii v ekonomike i upravlenii Uchebnoe posobie. M.­ 2002. 5. G‘ulomov S.S., Alimov R.X., Lutfullaev X.S. va boshqalar. texnologiyalari. Toshkent.: ”SHarq”, 2000 y. ­ 592 b. 6. Simonovich S. V. i dr. Informatika. ­ SPb.: Piter, 2003. ­ 640 s. 7. Xodiev B.YU., Musaliev A.A., Begalov B. A. «Vvedenie v informatsionnыe sistemы i texnologii». Tashkent. TGEU. 2002 g. ­ 156 s. 8. Petrov B. N. Informatsionnыe sistemы. ­ SPb.: Piter, 2003. – 688 s. 9. Kogalovskiy M. R. Texnologiya baz dannыx na PEVM. M.: FiS, 1992. 10. Sistemы upravleniya bazami dannыx i znaniy/Pod red. A.N.Nau­mova. – M.: Finansы i statistika, 1991. Axborot tizimlari va Qo’shimcha adabiyotlar: 1. Drogobыskiy I.N. Proektirovanie avtomatizirovannыx informatsionnыx sistem: organizatsiya i upravlenie. – M.: Finansы i statistika, 1992.­ 208 s. 2. Informatika: dannыe, texnologiya, marketing / Pod red. A.N. Roma­nova. – M.: Finansы i statistika, 1991. 3. Mishenin A.I. Teoriya ekonomicheskix informatsionnыx sistem. ­ M.: FiS, 1993. 4. Makarova N. V., Nikalaichuk G. S., Titova YU. F. Kompyuternoe deloproizvodstvo: uchebnыy kurs. ­ SPb.: Piter, 2002. ­ 416 s. 5. Xodiev B. YU., Begalov B. A., Xoshimxodjae v SH. X., Mavlyutov N.I. «Ekonomicheskaya informatsiya: klassifikatsiya, kommercheskaya tayna i informatsionnaya bezopasnost». Pod redaksiey akademika AN RUz Gulyamova S.S. Tashkent, izdatelstvo «Fan» AN RUz. 2002 g. . ziyonet Internet saytlar: 1.www.Eduportal.uz 2.www . uz 3.www.referat.uz 4.www.arxiv.uz 5.www.metod kopilka.ru.
Download 26,54 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish