19-Ma’ruza. Polielektrolitlar
Mavzuning asosiy masalalari
1. Polielektrolitlar sinflanishi.
2. Polielektrolitlar eritmalari xossalarining o„ziga xosligi.
3. Poliamfolitlar. Izoelektrik nuqta.
4. Oqsillar - amfoter polielektrolitlar timsoli.
5. Polielektrolitlarni potensiometrik titrlash.
6. Polielektrolitlar uchun Genderson-Gasselbax tenglamasining o„ziga xosligi.
7. Interpolimer komplekslar. Polielektrolitlarning amaliy ahamiyati.
Asosiy tayanch tushunchalar
Poliamfolitlar, Oqsillar –
amfoter polielektrolitlar, Polielektrolitlarning kationit va anionit
sifatida ishlatilishi.
Qutblangan muhitda ionlarga ajray oladigan, elektr zaryadlari tashish xossasi bo‟lgan yuqori
molekulyar birikmalarga polielektrolitlar deyiladi.ulardagi elektr
zaryadi makromolekula
tarkibidagi funksional gruppalarning elektrolitik dissosilanishi natijasida hosil bo‟ladi. Demak,
polielektrolitlar molekulyar og‟irligi katta bo‟lganligidan, bir tomondan,
polimer xossalarini
namoyon qilsa, ikkinchi tomondan, tarkibidagi funksional gruppalarning
dissosilanishi tufayli,
past molekulyar kislota, asos va tuzlarning xossalarini namoyon qiladi. Polielektrolitlar sanoatda
keng qo‟llaniladi va tabiiy polimerlarning eng ko‟p qismini tashkil qiladi. Polielektrolitlar
ionlanadigan guruhlarning tabiatiga qarab uch turga bo‟linadi:
1. Polikislotalar – tarkibida kislotali guruhlar tutgan polimerlar. Masalan:
(-CH
2
-CH-)
n
(-CH
2
-CH-)
n
| |
COOH SO
3
H
Poliakril kislotasi (kuchsiz kislota) Polivinilsul‟fokislota (kuchli kislota)
2. Poliasoslar – tarkibida asosli guruhlar tutgan polimerlar. Masalan:
(CH
2
- CH-)
n
(-CH
2
-CH-)
n
| |
NH
2
CH
3
-N-CH
3
OH
|
CH
3
Polivinilamin (kuchsiz asos) Poliviniltrimetilammoniy (kuchli asos)
3. Poliamfolitlar - tarkibida kislotali va asosli guruhlar tutgan polimerlar. Masalan:
(- CH
2
– CH - )
n
– ( - CH
2
- CH - )
m
| |
NH
2
COOH
Bunday makromolekulalarning ba‟zi
elementar zvenolarida asos, ba‟zilarida esa, kislota
xossalari bor gruppalar mavjuddir. Poliamfolitlar eritmadagi vodorod ko‟rsatgichi
PH ning
qiymatiga qarab, musbat yoki manfiy zaryadlangan bo‟ladi. Ba‟zan makromolekuladagi manfiy
zaryadlar miqdori musbat zaryadlar miqdoriga teng bo‟lishi ham mumkin. Makromolekulasi
tarkibidagi funksional gruppalarning
dissosilanish darajasiga qarab, polelektrolitlar kuchli va
kuchsiz polimer kislota hamda kuchli va kuchsiz polimer ishqor xossalarini namoyon qiladi.