O'QITISH MeTODI NIMA ?
O'qituvchining o'quvchilarga bilim va malakalar berishiga, shuningdek, o'quvchilarda dunyoqarash hosil qilishga yordam beradigan vosita va yo'llar majmui o'qitish metodidir.
O'qitish metodlariga qo'yiladigan umumiy talablar:
normal tashkil qilingan ta'lim-tarbiya protsessi biror universal metoddan emas, balki mavjud metodlarning hammasidan kimyoda foydalanishni talab qiladi;
mustaqil ishlash metodlarigina emas, balki hamma metodlar ham o'quvchilar faolligini imkoni boricha qo'zg'atishi kerak. Bu metodlar o'quvchilarning harakat aktivliginigina emas, balki fikrlash aktivligini ham qo'zg'atishi ayniqsa muhimdir;
barcha metodlar o'quvchilarning kimyo asoslarini ongli suratda, puxta o'zlashtirishinigina ta'minlab qolmay, balki o'quvchilarda kuzata bilish, eshita bilish, asosan esa fikrlay bilish malakasini ham hosil qilishi – o'quvchilarning dasturda ko'rsatilgan bilim va o'quvchilarni ongli ravishda bilib olishlari uchun mustahkam poydevor yaratib borishi ham kerak.
Har bir metod o'quv materialining mazmuni va umumiy xarakteriga, o'quvchilarning saviyasiga va tayyorgarligiga, shuningdek ayni maktabning konkret sharoitiga (kimyolaboratoriyasi bor yo'qligiga)asboblar, reaktivlar va zarur boshqa materiallar bilanqanchalik ta'minlanganligiga qarab tanlanadi. Shablon bo'lishi xavflidir.Elektr tokini utkazuvchi moddalar elektrolitlar deyiladi. Masalan, kislota, asos, tuzlar elektrolitlardir.Elektr tokini utkazmaydigan moddalar elektrolitmaslar deyiladi.Vant-Gaff va Raul qonunlariga elektrolit bo’lmagan moddalarning - suvdagi suyuq eritmalarigina buysunadi.1887 yilda shved olimi Svante Arrenius Eritmalarning elektr o’tkazuvchanligini o’lchash asosida elektrolitik dissotsiyalash nazariyasini taklif etdi. Elektrolit molekularining ionlarga ajralishi qaytar protsess ekanligini ko’rsatdi.
NH4OH ↔ NH+4 + OH- CH3COOH↔ CH3COO- +H+
Bu nazariya quyidagilarni taklif etdi.
Elektrolitlardan elektr tokini o’tishini qoniqarli holatdaizohlab berdi.
Bu nazariyaga ko’ra elektrolitmas moddalardan ionlar bo’lmasligini elektrolit bo’lgan moddalarga ionlar bo’lish likni hamda elektroliz qilinganda musbat ionlar katodda manfiy ionlar anodga borishlikni izohladi.
Arrenius nazariyasi elektrolitlarning eritmasi elektrolitmaslarga qaraganda pastroq t-da muzlash va yuqoriroq temperaturada qaynash sababini ham tushuntirib berdi. Masalan: NaCl--> Na+ + S1- ionlarga ajraladi.
Arrenius bundan tashqari bir xilda ionlar bo’ladigan moddalarning ritmalari reaktsiyaga bir xilda kirishishi ham izohlabberdi.
Masalan: KCl, NaCL BaCl2 kabi eritmalariga AgN03 ta‘sir ettirilsa oq chukma AgCl hosil bo’ladi.
KCl + AgNO3 = ↓ Ag Cl +KNO3
NaCl + AgNO3 = ↓ Ag Cl +NaNO3
BaCl2 + 2AgNO3 = ↓ 2Ag Cl +Ba(NO3)2
Arrenius nazariyaisga. muvofiq ko’p negizli kislotalar eritmalarda birin-ketin dissotsiyalanadi.
H3PO4 ↔ H+ + H2PO2-4
H2PO4 ↔ H+ + HPO2-4
HPO24 ↔ H+ + PO3-4
Birin-ketin bunday dissotsiyalanishda ajralish protsessi eng birinchi bosqich buyicha kuchli boradi, ikkinchi va uchinchi bosqichlarda kamroq ionlar hosil bo’ladi.
Bu nazariyada kislota va asoslarni ta‘rifladi. Suvda erigan vodorod ionlariga ajraladigan elektrolitlar kislota deb ataladi. Eritmada vodorod ionlari qanchalik ko’p bo’lsa kislota shuncha kuchli bo’ladi. Suvda gidroksil ionlaridan tashqari, boshqa manfiy ionlarga ajralmaydigan elektrolitlar asoslar deb atalishini ko’rsatdi.1891 yilda I. A, Kablukov dissotsiyalanish protsessini D. I. Mendeleevning gidratlar nazariyasi asosida qarab, erigan modda ionlari erituvchi molekulalari bilan ximiyaviy birikib ionlarning gidratlarini hosil qilishligini ko’rsatdi. Masalan: Cr3+ suvdagi eritmada 6 H2O molekulasi bilan birib [Sr(H2O)6] tarkibli ion-gidrat hosil qiladi.
Bundan tashqari Kablukov Arrenius nazariyasi faqat suvdagi eritmalar bilan cheklanishini ko’rsatdi. Elektrolitlarning eritmalarida ionlarning suv molekulalari bilan ximiyaviy birikishi va gidratlanish ustida juda ko’p olimlar ishladi. Gidratlanish hodisasi ajratmalarning elektr utkazuvchanligiga ham ta‘sir etadi. Masalan: LiCl bilan CsCl ko’rganda LiCl elektr o’tkazuvchanligi CsCl nikiga qaraganda kam bo’ladi. Gidratlanish hodisasi gidratlanish energiyasi bilan xarakterlanadi. Gaz holatidagi (g-ion xisobida) ionlarni eritmaga utkazish protsessida ajralib chiqadigan energiya miqdori usha ionning gidratlanish energiyasi disotsiyalanadi. K. P. Mishenko ishlagan. Elektrodlitlarning suvdagi eritmalarining qay darajada ionlarga dissotsilanganligini bilish muhim ahamiyatga egadir.
Arrenius fikricha to’la dissotsilanish bo’lmasligining sababi shundaki, eritmada molekulalar ionlarga ajralishi bilan bir vaqtda, hosil bo’lgan ionlar uzaro birikib, yana molekulalarga aylanadi. Molekulalar ajralgan sari dissotsilanish tezligi kamayadi, lekin ionlarning o’zaro birikish tezligi ortadi. Bu vaqtdan boshlab eritmada molekulalar va ionlar orasida muvozanat qaror topadi. Shundan sung eritmada ion va molekulalar soni uzgarmay qoladi. Shularni xarakterlash uchun dissotsilanish darajasi degan tushuncha kiritilgan.Kuchsiz elektrolitlarning dissotsilanish xususiyati ularning dissotsilanish darajasi bilan ulchanadi. Eritilgan elektrolitlarning umumiy miqdoridan qancha qismi ionlarga ajralganligini ko’rsatuvchi son elektrolitik dissotsiatsiya darajasi deyiladi va belgilanadi.Dissotsialanish jarajasini quyidagicha yozish mumkin.Dissotsilanish darajasi elektrolit tabiatiga bog’liq t, kontsentratstyasiga bog’liq. Kuchli elektrolitlar eritmalarida ionlar konsentratsiyasi yuqoriligi sababli eritmadagi elektrostatik ta'sir ancha kuchli hisoblanadi. Kuchli elektrolitlar nazariyasi P.Debay va E.Xyukkel tomonidan islilab chiqilgan bo'lib, ionlar orasidagi elektrostatik ta'sirning eritma xossalariga ta'sirini tushuntiradi.Bu nazariya asosida har bir ion atrofida qarama-qarshi zaryadli ion atmosferasi borligi asos qilib olingan. Ion atmosferasining hosil bo'lishi, bir xil zaryadlangan ionlarning bir-biridan qochishi va har xil zaryadli ionlarning o'zaro tortilishiga asoslangan. Ana shu hodisa tufayli har bir ion qarama-qarshi zaryadli ionlar bilan o'ralgan. Ion atmosferasining zichligi markaziy ionda eng yuqori bo'lib undan uzoqlashgan sari kamayadi. Ion atmosferasining zichligi va o'lchami elektrolit eritmasining termodinamik xossalariga bog'liq.
Odatda, kuchsiz kislota va asoslarning dissotsilanish konstantasi o'zgarmas haroratda doimiy qiymatga ega. Lekin elektrolit konsentratsiyasi oshganda (C > 0,2 mol/1) eritmadagi ionlar soni ortib, ularning o'zaro va erituvchi molekulalari bilan ta'siri kuchyadi, bu esa elektrolit dissotsilanish konstantasini o'zgarishiga olib keladi.
Konsentratsiya va ion kuchi o'zgarishi bilan dissotsilanish konstantasidagi o'zgarishlarni tavsiflaydigan kattalik aktivlik deyiladi.
1907-yil amerikalik olim Lyuis konsentratsiyani to'laroq ifodalash uchun aktivlik tushunchasini kiritdi. Aktivlik shunday kattalik bo'lib, uni massalar ta'sir qonuni ifodasiga qo'yilsa bu tenglama har qanday konsentratsiyada o'rinli bo'lib qoladi. Demak, aktivlik haqiqiy konsentratsiyadir. Aktivlik quyidagi formula orqali aniqlanadi: a C. Bunda: a — erigan moddaning aktivligi, mol/1, C — erigan moddaning konsentratsiyasi, у — aktivlikning molar koeffitsiyenti (u o'lchamsiz kattalik). Agar molal konsentratsiya olinsa, aktivlik koeffitsiyenti molal aktivlik koeffitsiyenti deyiladi.
Agar konsentratsiya o'rniga aktivlik qo'yilsa dissotsilanish konstantasi konsentratsiyaga bog'liq bo'lmay qoladi. Masalan, HA kislota uchun dissotsilanish konstantasini aktivlik bilan bog'lash mumkin:
a a [H ][ A ]
a
K H A ,
Do'stlaringiz bilan baham: |