181-guruh talabasi Saparboyeva Adolatbonuning Ogohiyning poetik mahorati fani uchun tayyorlagan taqdimoti



Download 263,52 Kb.
bet26/34
Sana14.07.2022
Hajmi263,52 Kb.
#801031
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   34
Bog'liq
181-guruh talabasi ogohiy

Kitobiy va takroriy fikr-mulohazalarni qalashtirmay, gapning indallosini aytganda, she’riyatda ham, nasr va dramaturgiyada ham o’ziga xos tafakkur va ruhoniy shijoatga sohib Shaxs paydo bo’lmasa, umuman badiiy ijodda na yangilik, na e’tirofga loyiq yangilanish bo’ladi. Xalq va adabiyot manfaati uchun birday ahamiyatga molik nihoyatda dolzarb ushbu masalaga o’zbek adabiyotshunosligida hanuzgacha jiddiy e’tibor qaratilganmas. Buning o’ziga yarasha sabab va qiyinchiliklari ham mavjuddir. Birinchisi, adabiyotga ravnaq bag’ishlab, shu yo’l bilan millat dunyoqarashi va ma’naviy hayotiga ta’sir o’tkazishga qodir chinakam iste’dodlarning juda kamligi, ikkinchisi, an’anaviy g’oya, obraz, tasvir vositalarining shuur va idroki turg’un, hatto botinan qashshoq qalam ahlining ko’payishiga izn bergan. Bunday ahvolda hayot bilan bog’lanish, voqelikka jur’at nigohi bilan qarab, eng zarur haqiqatlarni yoritish hissiyoti aslo jonlanmaydi. Bu esa nazmbozlik, o’rtamiyonachilik rivojiga keng yo’l ochilishi demak. Shunaqa ijod namunalarini siyosat talabi, sinfiylik va partiyaviylik mafkurasi bo’yicha tadqiqu tahlil qilgan adabiyotshunoslikdan xolislik yoki yangilik kutish soddalik bo’ladi, albatta. Sharq mumtoz shoirlari adabiy merosi o’rganilgan ilmiy ishlardagi o’xshashlik go’yo ikki tomchi suvday bir-biridan farqlanmaslikning tub zamini mana shu. Shaxsiyati yuksak mutafakkir va mutasavvif shoir ijodini o’qib-o’rganish, tadqiqu talqiniga vaqt sarflash hamisha ko’ngilda zavq uyg’otadi. Ilm-fan, san’at va adabiyotning qadim maskanlaridan bo’lgan Xorazmning ulug’ shoiru olimlaridan gap ketganda serqirra iste’dod sohibi Muhammad Rizo Erniyozbek o’g’li Ogahiyning muborak nomi, albatta, tilga olinib, she’riyat, tarjima, tarixnavislik jabhasidagi faoliyati faxr bilan e’tirof etiladi. Uning she’riy, tarixiy va tarjima asarlariga kimlar murojaat qilib, qanday fikr-mulohazalarni o’rtaga tashlamagan, deysiz? Ogahiy har qanday baland e’tibor va ehtiromga loyiq san’atkor. Uning ijodiyotiga bir bog’lansa, qaytib ajralib bo’lmaydigan daholardan ekanligini o’z tajribam orqali ham men bilaman. Ming to’qqiz yuz to’qsoninchi yil nashr etilgan “She’riyat – ruhiy munosabat” nomli kitobimda “Ogahiy badiiy ijod qonuniyatlari haqida” nomli bir maqola chiqqandi. Shundan buyon o’ttiz yilga yaqin vaqt o’tdi. Shu muddat mobaynida Ogahiy she’riyati va mahorati mavzusida yana bir necha maqolalar yozdim. Ulardan to’rttasi shu yil chop bo’lgan “Hayot, adabiyot va abadiyat” deb atalgan kitobimdan o’rin olgan. Bu ma’lumotni eslatishdan maqsad esa mana bunday: shunaqa qalamkashlar bo’ladiki, bir bora o’qib yoki ko’zdan kechirib chiqqandan so’ng ularning kitobini qayta o’qishga hech ehtiyoj sezilmaydi. Chunki barchasi aniq va odatiy talablarga ko’ra amalga oshirilgan. O’tmishda yashab ijod etgan o’nlab shoirlar va ularning izdoshlari tajribasida bu hol bekamu ko’s tarzda kuzatiladi. Adabiy jarayondagi ana shu hodisaga Ogahiy qarshi turgan, hayotda ham, ijodda ham o’zligini to’la ko’rsata bilgan, insoniy qiyofasi singari adabiy shaxsiyati ham takrorlanmas daho shoirdir. O’zbek mumtoz adabiyotida, xususan, Xorazm adabiy muhitida Ogahiy yaratgan ijod qasri shunchalik muhtasham va naqshinkorki, uning ko’rki, rangi, ma’no mohiyatini hanuzgacha hech kim to’la ta’rifu tavsif etib bera olgani yo’q. Negaki Ogahiyni o’zigacha va o’zidan keyingi shoirlardan ajratib turuvchi o’zlik imkoniyati, shaxsiy fazilatlari, ayniqsa, Ruh va ruhoniyat olami bilan maxsus qiziqilgan emas. Bu shoirning she’riyati singari shaxsiyatini ham tasavvuf va tasavvufiy axloqdan ajralgan holda tasavvur etish Ogahiyning tarixiy qiyofasini buzish yoxud buzib gavdalantirish bilan teppa-tengdir. Ogahiyda kubraviylik tariqati asoschisi Najmiddin Kubro, javonmardlik ta’limoti va haqiqatlarining tolmas kuychisi Pahlavon Mahmud bilan ma’naviy-ruhoniy vobastalik bo’lgani bois unda qalb tasfiyasi va dunyo voqea-hodisalariga basirat ko’zi bilan boqish layoqati boshqacha bo’lgan.

  • Kitobiy va takroriy fikr-mulohazalarni qalashtirmay, gapning indallosini aytganda, she’riyatda ham, nasr va dramaturgiyada ham o’ziga xos tafakkur va ruhoniy shijoatga sohib Shaxs paydo bo’lmasa, umuman badiiy ijodda na yangilik, na e’tirofga loyiq yangilanish bo’ladi. Xalq va adabiyot manfaati uchun birday ahamiyatga molik nihoyatda dolzarb ushbu masalaga o’zbek adabiyotshunosligida hanuzgacha jiddiy e’tibor qaratilganmas. Buning o’ziga yarasha sabab va qiyinchiliklari ham mavjuddir. Birinchisi, adabiyotga ravnaq bag’ishlab, shu yo’l bilan millat dunyoqarashi va ma’naviy hayotiga ta’sir o’tkazishga qodir chinakam iste’dodlarning juda kamligi, ikkinchisi, an’anaviy g’oya, obraz, tasvir vositalarining shuur va idroki turg’un, hatto botinan qashshoq qalam ahlining ko’payishiga izn bergan. Bunday ahvolda hayot bilan bog’lanish, voqelikka jur’at nigohi bilan qarab, eng zarur haqiqatlarni yoritish hissiyoti aslo jonlanmaydi. Bu esa nazmbozlik, o’rtamiyonachilik rivojiga keng yo’l ochilishi demak. Shunaqa ijod namunalarini siyosat talabi, sinfiylik va partiyaviylik mafkurasi bo’yicha tadqiqu tahlil qilgan adabiyotshunoslikdan xolislik yoki yangilik kutish soddalik bo’ladi, albatta. Sharq mumtoz shoirlari adabiy merosi o’rganilgan ilmiy ishlardagi o’xshashlik go’yo ikki tomchi suvday bir-biridan farqlanmaslikning tub zamini mana shu. Shaxsiyati yuksak mutafakkir va mutasavvif shoir ijodini o’qib-o’rganish, tadqiqu talqiniga vaqt sarflash hamisha ko’ngilda zavq uyg’otadi. Ilm-fan, san’at va adabiyotning qadim maskanlaridan bo’lgan Xorazmning ulug’ shoiru olimlaridan gap ketganda serqirra iste’dod sohibi Muhammad Rizo Erniyozbek o’g’li Ogahiyning muborak nomi, albatta, tilga olinib, she’riyat, tarjima, tarixnavislik jabhasidagi faoliyati faxr bilan e’tirof etiladi. Uning she’riy, tarixiy va tarjima asarlariga kimlar murojaat qilib, qanday fikr-mulohazalarni o’rtaga tashlamagan, deysiz? Ogahiy har qanday baland e’tibor va ehtiromga loyiq san’atkor. Uning ijodiyotiga bir bog’lansa, qaytib ajralib bo’lmaydigan daholardan ekanligini o’z tajribam orqali ham men bilaman. Ming to’qqiz yuz to’qsoninchi yil nashr etilgan “She’riyat – ruhiy munosabat” nomli kitobimda “Ogahiy badiiy ijod qonuniyatlari haqida” nomli bir maqola chiqqandi. Shundan buyon o’ttiz yilga yaqin vaqt o’tdi. Shu muddat mobaynida Ogahiy she’riyati va mahorati mavzusida yana bir necha maqolalar yozdim. Ulardan to’rttasi shu yil chop bo’lgan “Hayot, adabiyot va abadiyat” deb atalgan kitobimdan o’rin olgan. Bu ma’lumotni eslatishdan maqsad esa mana bunday: shunaqa qalamkashlar bo’ladiki, bir bora o’qib yoki ko’zdan kechirib chiqqandan so’ng ularning kitobini qayta o’qishga hech ehtiyoj sezilmaydi. Chunki barchasi aniq va odatiy talablarga ko’ra amalga oshirilgan. O’tmishda yashab ijod etgan o’nlab shoirlar va ularning izdoshlari tajribasida bu hol bekamu ko’s tarzda kuzatiladi. Adabiy jarayondagi ana shu hodisaga Ogahiy qarshi turgan, hayotda ham, ijodda ham o’zligini to’la ko’rsata bilgan, insoniy qiyofasi singari adabiy shaxsiyati ham takrorlanmas daho shoirdir. O’zbek mumtoz adabiyotida, xususan, Xorazm adabiy muhitida Ogahiy yaratgan ijod qasri shunchalik muhtasham va naqshinkorki, uning ko’rki, rangi, ma’no mohiyatini hanuzgacha hech kim to’la ta’rifu tavsif etib bera olgani yo’q. Negaki Ogahiyni o’zigacha va o’zidan keyingi shoirlardan ajratib turuvchi o’zlik imkoniyati, shaxsiy fazilatlari, ayniqsa, Ruh va ruhoniyat olami bilan maxsus qiziqilgan emas. Bu shoirning she’riyati singari shaxsiyatini ham tasavvuf va tasavvufiy axloqdan ajralgan holda tasavvur etish Ogahiyning tarixiy qiyofasini buzish yoxud buzib gavdalantirish bilan teppa-tengdir. Ogahiyda kubraviylik tariqati asoschisi Najmiddin Kubro, javonmardlik ta’limoti va haqiqatlarining tolmas kuychisi Pahlavon Mahmud bilan ma’naviy-ruhoniy vobastalik bo’lgani bois unda qalb tasfiyasi va dunyo voqea-hodisalariga basirat ko’zi bilan boqish layoqati boshqacha bo’lgan.

Muhammad Fuzuliy forsiy devoniga yozgan debochasida uch toifa kimsalardan juda noliydi. Ulardan bir guruhi “tab’i nomavzun” – hozirgi til bilan aytganda, to’nka tabiatlari ila satrlar tuzib, she’r va shoirlik qadrini yerga qorishtirgan nazmbozlar. Bularni Fuzuliy mutashoir deb ataydi. Darvoqe, mutashoirlik boshqa, shoirlik boshqa. Buni farqlamaslik qadimda ayb va avomlik sanalgan. Zero, nazmbozlik chaynalganni chaynash, ayonni bayon aylashga o’rgatadi. Shoir esa yurak, ruh va tafakkurni shijoatlantiradi. Mutashoirlar jur’atu jasorat, mardligu matonatni so’ndiradi. Ogahiyning nuqtai nazarida zulm va nafosat, qabihlik va she’r, shoirlik va haqsizlik, san’at va xushomad – sira-sira o’zaro muvofiq kelmaydi. U bir g’azalida bizning keyingi chorak asr oralig’idagi hayotimiz va ahvolimizni ko’rib baho berganday:

  • Muhammad Fuzuliy forsiy devoniga yozgan debochasida uch toifa kimsalardan juda noliydi. Ulardan bir guruhi “tab’i nomavzun” – hozirgi til bilan aytganda, to’nka tabiatlari ila satrlar tuzib, she’r va shoirlik qadrini yerga qorishtirgan nazmbozlar. Bularni Fuzuliy mutashoir deb ataydi. Darvoqe, mutashoirlik boshqa, shoirlik boshqa. Buni farqlamaslik qadimda ayb va avomlik sanalgan. Zero, nazmbozlik chaynalganni chaynash, ayonni bayon aylashga o’rgatadi. Shoir esa yurak, ruh va tafakkurni shijoatlantiradi. Mutashoirlar jur’atu jasorat, mardligu matonatni so’ndiradi. Ogahiyning nuqtai nazarida zulm va nafosat, qabihlik va she’r, shoirlik va haqsizlik, san’at va xushomad – sira-sira o’zaro muvofiq kelmaydi. U bir g’azalida bizning keyingi chorak asr oralig’idagi hayotimiz va ahvolimizni ko’rib baho berganday:
  • E’tiboru izzat istar kimsaga olam aro,
  • Yo kerak bisyor zar, yo’q esa purguftor til,
  • -deydi. “Purguftor til” – yolg’on va aldovdan hazar etmaydigan, xushomad va yaltoqlanish, tovlamachilik va fitnayu fasodda mohir shaytoniy tildir. Millat zavolining yorqin bir timsoli mana shu til sanaladi. Ogahiyning isyonkor izdoshi Avaz O’tar “Xalq” deb nomlangan she’rida “Yo’q jahon mulkida bizdek ojizu bechora xalq, deya faryod chekadi. Aslida davr va zamon ijtimoiy, siyosiy, axloqiy va ma’naviy ojizligu nochorliklarga Xorazmda keng qamrovda diqqatni tortgan shoir Ogahiy edi.
  • She’ri o’ziga, o’zi mohiyatiga, mohiyati badiiy zakosini yolqinlantirajak oliy haqiqatlarga uyg’un kelib, shaxsiyati esa sir, irfon, fazilat maxzani bo’lib qolaveradigan iste’dod sohiblari bu dunyoda siyrak uchraydi. Muhammad Rizo Ogahiy ana shunday zotlarning ham peshvolaridan. O’z zamonasidayoq e’tirof etilganidek, u ogohlarning ogohi, haqgo’ylarning sarboni, oriflarning shoiridir.

Allohu taolo she’rga munosobatda payg’ambar bilan ummati orasida farq paydo etib, payg’ambar komil bo’lganligi uchun ham Alloh unga she’r o’rgatishni lozim ko’rmagan. Oddiy inson esa noqis va kamchiliklardan xoli bo’lmaganligi bois she’rga muhtojlik sezib yashaydi. She’r o’qib, she’r ziyosi ila ruhini munavvar aylab kamolot maqomlariga yuksalishga harakat qiladi. Sharqda she’riyatga alohida ahamiyat berilishi va she’r kuchiga favqulodda ishonch ila qaralishining tub sabablaridan bittasi mana shu. Shuning uchun she’r asrlar mobaynida faqat inson ruhi, qalbi va tafakkurining emas, balki axloqining ko’zgusi o’laroq qadrlanib kelinadi.

  • Allohu taolo she’rga munosobatda payg’ambar bilan ummati orasida farq paydo etib, payg’ambar komil bo’lganligi uchun ham Alloh unga she’r o’rgatishni lozim ko’rmagan. Oddiy inson esa noqis va kamchiliklardan xoli bo’lmaganligi bois she’rga muhtojlik sezib yashaydi. She’r o’qib, she’r ziyosi ila ruhini munavvar aylab kamolot maqomlariga yuksalishga harakat qiladi. Sharqda she’riyatga alohida ahamiyat berilishi va she’r kuchiga favqulodda ishonch ila qaralishining tub sabablaridan bittasi mana shu. Shuning uchun she’r asrlar mobaynida faqat inson ruhi, qalbi va tafakkurining emas, balki axloqining ko’zgusi o’laroq qadrlanib kelinadi.
  • “Xoliq”, “Maxluq”, “Xulq”, “Axloq” – bu kalimalar mohiyatan bir-biri bilan bog’liq. Bu so’zlarning yaralishini ham, mazmun-mohiyatini ham bir-biridan ajratib bo’lmaydi. Xulq yoki Axloq desangiz, beixtiyor Xalq yo Maxluq so’zi yodga tushadi. Xalq haqida o’ylaganda, albatta, Xoliq xotirga keladi.
  • Axloq xulq so’zining ko’pligi bo’lib, shaxsiy va ijtimoiy hodisadir. Axloq deyilganda, insonga xos xususiyat va xislatlar anglashiladi.
  • Har bir shaxs axloqi o’sha shaxs ichki hayotining bir oynasi. Chunki axloqning ildizi insonning ichida. Insonning botini tuzalmaguncha axloqi tuzalmaydi. Axloq ichda va ichdan shakllanib kamol topmas ekan, hech qachon jamiyat hayoti uchun foyda yetkazadigan ijtimoiy kuch yoki hodisaga aylanmaydi. Zero, jamiyat, muhit, zamon va davr kulfatlari oqibatda axloq noqisligi va axloqiy yemirilishlarga borib taqaladi. Axloqan kuchsizlangan millat o’zini-o’zi ojizlik va zabunlikka mahkum qiladi. Axloqiy erkini muhofaza eta bilmagan xalq – insonlik g’ururi va sharafini amalda himoya qilolmaydigan olomon. Adolat, diyonat, shijoat, hurriyat, xullas, xalq hayoti uchun suv va havoday zarur qanday fazilat yoki tushunchalar bo’lsa, hamma-hammasining asosi axloq. Shuning uchun ulkan san’atkor borki, jamiyatda ko’zga tashlangan axloqiy illatlarga o’z munosabatini bildirgan. Ogahiy g’azallaridan birida

Download 263,52 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   34




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish