181-guruh talabasi Saparboyeva Adolatbonuning Ogohiyning poetik mahorati fani uchun tayyorlagan taqdimoti


Ohkim, ahli zamon olida odam ul durur



Download 263,52 Kb.
bet27/34
Sana14.07.2022
Hajmi263,52 Kb.
#801031
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   34
Bog'liq
181-guruh talabasi ogohiy

Ohkim, ahli zamon olida odam ul durur,

  • Ohkim, ahli zamon olida odam ul durur,
  • Kim esa hayvon kabi nodonu xo’rdu xoblig’, –
  • deydi. Hayvonsifatlikning qadr topishi va hayvonta’b kimsalarning “ahli zamon” tomonidan e’zozlanishi shunchaki hodisa emas. Bu – axloqiy, ma’naviy qadriyatlarning qadrsizlanishi edi. Bu – moddiyotga tayangan qo’pol, shafqatsiz kuchning aqlu donishdan ustun kelishi demak. Bu ruhdan yiroqlashib, nafsga taslimiyatdurki, Ogahiy axloqiy tanazzuldan qutilishning bosh chorasini ko’rsatib deydi:
  • Begona qil gar odam esang o’zni nafsdin,
  • Ixlos ila mudom o’lubon oshnoyi ruh.
  • Ogahiy fikr qamrovi juda keng, mushohada iqtidori o’tkir, tabiatan xokisor, ruhan bedor va ogoh shoirdir. Uning ruhiy olami haqiqatga tayanadi. Shoir nazarida bu olam ko’hna bir “hasratxona”. Barcha ulug’ shoirlardagidek, Ogahiyda ham dard va hasrat ko’p. U oshiq sifatida tole’sizligi, zamonning kajraftorligi, odamlarning oqibatsizligi va bag’ritoshligi, adolatning qo’li qisqaligi, dono va oqillarning xor-zorligi – xullas, ko’p narsalardan hasrat chekadi, qalbi dardga to’lganligidan zorlanadi. Lekin Ogahiyda hasratga, kulfat va g’ussaga qullik yo’q. Aksincha, hasrat uning maslagiga tobe, g’ussa uning idrok va hissiyotiga qaramdir. Chunki Ogahiyda tafakkur va taxayyul maqomi baland. U xayolning kengligiga qancha ishonsa, fikrning kuch-quvvatiga ham o’shancha inonadi. U botinan to’xtab qolmaslik va yangilanib borishni nozik idrok etadi. Samoviy hissiyotlarga erk berish fursatlarini nazardan soqit qilmaydi. Uning:
  • Ogahiy, jahd et musohib bo’l haqiqat ahlig’a,
  • Tobakay bo’lg’ay majoz ahli bila ulfat sanga…
  • -degan fikrlari ham ayni shu ehtiyojdan tug’ilgandir.
  • Mana shu va boshqa bir qator sabablarga ko’ra, Ogahiyning fikr-qarashlarida zo’rakilik, quruqlik va mahdudlik yo’q. Shuning uchun Ogahiy ruh va taxayyul kuchiga inongan san’atkor sifatida voqelik bilan yuzma-yuz kelishdan cho’chimaydi. Ya’ni “Har toifaning holig’a loyiq va har jamoaning af’olig’a muvofiq” so’z aytish salohiyatini namoyish eta oladi.
  • Bizning nazarimizda, shoirning:
  • Mulku millatg’a amin o’lsa agar ogohlar,
  • Ikki olam obro’yin hosil etkay shohlar…
  • bayti bilan boshlanadigan g’azali har bir avlod qayta-qayta o’qiydigan va o’zicha mulohaza yuritadigan she’rdir.
  • O’zini tanigan, o’zining insoniy qadr-qimmatini hurmat qilishga qodir odam borki, “mulku millat” taqdiri va kelajagiga befarq bo’la olmaydi. U istasin-istamasin, yurti va millati uchun ko’ngildan mas’ullik sezadi. Millat borki, davlat va hokimiyat bo’ladi. Hokimiyat va saltanat mavjud ekan uning tepasida hukmdor, hukmdor atrofida esa amaldorlar bo’lmog’i shart. Insoniyatning eng oliy orzularidan biri — bu odil shoh orzusidir. Bashariyat asrlar mobaynida adolatli, erkin va ma’rifatli jamiyat haqidagi orzu-umidlarini birinchi galda, odil shoh timsolida tasavvur etib kelgan. Shu orzu ehtiyoji ila qanchadan-qancha ertak va afsonalar to’qilgan, qanchadan-qancha she’riy va nasriy asarlar yozilgan. Zamonasining peshqadam farzandi va ijodkori bo’lgan Ogahiy ham shu masalada ko’p bosh qotirgan. Biroq xayol va orzu – boshqa, hayot – boshqa. Hayot goho shunday shafqatsizki, har qanday yuksak orzu va istakning qanotlarini ham qayirib tashlashi mumkin. Ammo haqparast shoirni shunda ham adolatdan zulmning qo’li ustun bulmog’iga iqror eta olmaydi.

Download 263,52 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   34




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish