hasharotlarni unda cho‘kib qolishi, hamda zamburug‘lar rivojlanib mog‘orlashiga
yo‘l qo‘ymaslikdir).
Fitopatogen viruslarni indikator o‘simliklarga yuqtirib identifikatsiya
qilish.
Tabiatda minglab o‘simlik viruslari va ularning shtammlari tarqalgan. Har
bir o‘simlik bir yoki birnecha virus bilan kasallanishi mumkin. Masalan, pomidor
o‘simligida (
Lycopersicum virus
) eng ko‘p tarqalgan quyidagi viruslarni keltirish
mumkin:
1.Tamaki mozaikasi virusi Nicotiana virus 1.
2. Tomatni zarhallanishi virusi -
Lycopersicum virus 3
3. Tomatni bepushtliligi virusi -
Lycopersicum virus
7.
4. Bodring mozaikasi – Cucumus virus 1
5. Beda
mozaikasi virusi -
Medicago virus
1
(Viruslarni lotincha nomlari Smit (48) bo‘yicha berilgan).
Bu viruslardan tashqari pomidor o‘simligi kartoshkani M, X, U viruslari bilan
kasalanadi. M – virus odatda latent (yashirin) holatda bo‘ladi. Tomatda yana
qo‘qongulni sariq kasalligi (jeltuxa) virusi uchraydi.
Pomidorda viruslarni aniqlashni Y.I. Vlasov (13) quyidagi usulini taklif etadi.
TMV ni tashqi simptomlari o‘simlikni ko‘chatlik davridan to vegetatsiyasining
oxirigacha bo‘ladi, zarhallanish (bronzovost) va
boshqa viruslar simptomlari
o‘simlikning meva hosil qilish davrida yaxshi kuzatiladi. Kasal o‘simliklarni
aniqlab yulib tashlash va kasallikning rivojlanish dinamikasini o‘rganish uchun
kuzatuvni o‘simlik rivojlanishining erta davrlarida boshlagan ma’qul hisoblanadi.
Issiqxona sharoitida hamma o‘simliklar kuzatuvdan o‘tkaziladi,
chunki
kuzatuv maydoni ham kichik, ham kasallik har yer - har yerda uchraydi.
Ochiq dala sharoitida kasallangan o‘simliklarni aniqlash uchun ikki bir-biri
bilan kesishadigan diagonal bo‘ylab har tekshiruv nuqtasi 10 tadan o‘simlikda olib
boriladi. Bir gektar maydonda 20 ta nuqta tekshiriladi (1 namunada 10 ta o‘simlik),
ja’mi 200 ta o‘simlik bo‘ladi.
Demak, 1 ga maydonda jami 200 ta o‘simlik kuzatiladi. 3 gektarda 40 nuqta, 5
gektarda 60 nuqta, 10 gektarda 80 nuqta va yana 10 gektarga qo‘shiladigan har
gektar maydonga 1 tadan nuqta (10 ta o‘simlik) qo‘shilib boraveradi.
Pomidordagi yashirin viruslarni (latent) aniqlash uchun m.,
TMV guruhi
viruslarni aniqlash uchun yig‘ilgan namunalardagi viruslar aniqlanadi. Tomatning
10-15 o‘simligini olib ularni yuqori, o‘rta va quyi yaruslaridagi barglardan bittadan
namuna olinadi va ularni aniqlagich o‘simliklar yordamida yoki serologiya usullari
bilan analiz qilinadi. Kuzatish metodikasi har bir obyekt va vazifaga qarab
o‘zgarishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: