v) Virus faolligini yo‘qotuvchi moddalar.
Virus yuqumliligiga yana uni
faolligini yo‘qotuvchi o‘simlikdagi moddalar ham ta’sir etadi.
Daraxtsimon o‘simliklar barglarining shiralari tanninga ega bo‘lib, ular
ma’lum sharoitda viruslar bilan bog‘lanib, viruslarni cho‘kmaga tushiradi, natijada
virus yuqumliligi yo‘qoladi. Ammo bunday holatlarning oldini olish uchun
o‘simlik barglarini gomogenizatsiya qilish jarayonida rN 8 – 9 ga teng bo‘lgan
bufer ishlatiladi va nikotin yoki kofeini bor eritmalarda eziladi. Ishqoriy muhitda
tanninlarning virus bilan bog‘lanishi susayadi.
Boshqacha usullar ham mavjud bo‘lib, bunda virus gomogenizatsiya
qilinadigan muhitga birorta oqsil solinadi (masalan, kukun qilib maydalangan teri
solinadi). Bu oqsil virus bilan birga tanninni birlashtirish uchun raqobat qiladi. Bu
usul ―kakao shohlarini shaklini o‘zgarishi virusining‖ bir daraxtdan ikkinchisiga
o‘tkazishga imkon yaratadi.
Faol virus olishning yana bir usuli bu tanninga boy o‘simliklardan aktiv virus
olishda o‘simlikni tannin miqdori kam qismidan virus ajratishdir.
Masalan, gultojibarglar va yosh ildizchalarda tannin miqdori kam bo‘ladi.
O‘simlik shiralari odatda faol oksidazalarga ega bo‘lib, ularni mahsulotlari
viruslar faolligini yo‘qotadi. Bu holatlarni oldini olish uchun muhitga qaytargichlar
(masalan, ditioreytol, merkaptoetanol, tioglikol kislotasi, sistein solyanokisliy)
yoki xelatlashitiruvchi agentlar (masalan, natriy dietilditiokarbamat) solinadi.
Ba’zi ―defekt‖(nuqsonli) viruslarni nuklein kislotalarini muhofazasi
kuchsizroq bo‘ladi; bargni gomogenizatsiya qilish davrida shiradagi nukleaza va
boshqa virus faolligini yo‘qotuvchi agentlar virus nuklein kislotasini o‘ta tez
parchalab yuboradi. Shu sababli kerakli muhofaza amallarini qilinsa virus
yuqumliligini qisman saqlab qolish mumkin. Jumladan, muhitga bentonit solib
virus ajratish nukleazalarni bentonitga adsorbsiya qilinishiga olib keladi yoki
virusni ishqoriy (rN-9,5) muhitda ekstrakatsiya qilish ham virus nuklein kislotasi
aktivligini saqlab qoladi.
Virus yuqumliligini saqlashning yana bir yo‘li virus ajratish vaqtida virusli
o‘simlik shirasini deproteinizatsiya qilishdir. Buning uchun o‘simlik shirasini +2°S
da suyultirilgan bufer ishlatib uni teng hajmda suvga to‘yingan fenol bilan
aralashtiriladi. So‘ngra aralashma sentrifuga yordamida virus nuklein kislotasiga
ega ―suvli fraksiya‖ni barg qoldiqlari, fenol kabi boshqa moddalardan ajratiladi.
Keyin esa ―suvli fraksiya‖ sovitilgan dietil efirni bir necha hajmi bilan yaxshilab
chayqatilib fenol qoldiqlaridan tozalanadi. Efirni yo‘qotish uchun esa undan azot
o‘tkaziladi. Shundan so‘ng preparat inokulyatsiyaga tayyor hisoblanadi. Fenol
virus faolligigning yo‘qotuvchi agentlarni denaturatsiya qiladi va virus
nukleoproteididan virus nuklein kislotasini ajratadi va oqsil tabiatli virus
yuqumliligini ingibitorlarini denaturatsiya qiladi.
Yuqorida ko‘rsatilgan qoidalarga roiya qilingan holda virus mexanik usulda
yuqtirilganda o‘simliklarda ma’lum muddat o‘tgandan so‘ng har xil simptomlar
hosil bo‘ladi. O‘simlikni har xil turlari virus yuqishi jarayonida turlicha a’sirlanadi,
bu ta’sirlanish o‘simlikni irsiyatiga, virusni tipiga va hokozolarga bog‘liq bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |