17-mavzu. Xalqaro tovarlar oldi-sotdi shartnomalari


Qo‘shimcha shartlar quyidagilar



Download 72,5 Kb.
bet2/6
Sana06.03.2022
Hajmi72,5 Kb.
#484863
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
17-ma\'ruza

Qo‘shimcha shartlar quyidagilar:
- tovarni topshirish va qabul qilish tartibi;
- sug‘urtalash tartibi;
- yuklash hujjatlari;
- kafolatlar ;
- o‘rash-joylash va markirovka;
- fors-major holatlari;
- arbitraj;
- boshqa shartlar;
Majburiy shartlarda agar tomonlardan biri ushbu shartlarni bajarmasa, boshqa tomon shartnomani buzishi va shartnoma sarflarini qoplashni talab qilishga haqlidir. Qo‘shimcha yoki juda muhim bo‘lmagan shartlar ham mavjud. Ushbu shartlardan birini bir tomon buzsa, ikkinchi tomon shartnomani buzishni talab qilishga haqli emas.
Universalligi nuqtai nazardan shartnomaning shartlari individual va universal shartlarga bo‘linadi:
Individual, yaʼni faqat bir aniq shartnomaga xos bo‘lgan shartlarga quyidagilar kiradi:
-muqaddimada aks ettirilgan tomonlarning nomi;
-shartnomaning predmeti;
-tovarlarning sifati;
-tovarlarning soni;
-bahosi;
-yetkazib berish muddatlari;
-tomonlarning manzili va imzosi;
Universal shartlarga quyidagilar kiradi:
-tovarni qabul qilish-topshirish;
-yetkazib berishning asosiy shartlari;
-to‘lov shartlari;
-o‘rash-joylash, markirovka;
-kafolatlar;
-sanksiyalar va reklamatsiyalar;
-fors major holatlari;
-arbitraj;
Shartnomalarni tuzishda kontragent mamlakatidagi savdo odatlarini hisobga olish kerak. Savdo an'analari deganda xalqaro savdo amaliyotida shakllangan umume'tirof etilgan yagona qoida tushuniladi. Bu qoidalarning ahamiyati shundaki, agar biror bir noaniqliklar mavjud bo‘lsa, tomonlar xalqaro savdo odatini qo‘llaydilar.
Bugungi kunda mamlakat iqtisodiy salohiyatini oshirish, tadbirkorlik subʼyektlari tomonidan eksport-import shartnomalarni tuzish orqali iqtisodiy sohada real daromad olishga bo‘lgan harakatlarning ortish natijasida tashqi savdo faoliyati va uni tartibga soluvchi qonunchilikda ham bir qancha o‘zgartish va qo‘shimchlar kiritilmoqda. Albatta ushbu sohada kiritilayotgan o‘zgartish va qo‘shimchlar bevosita davlat organlari va tashkilotlari yuridik xizmatlari faoliyati bilan ham bog‘liq bo‘lib, yuridik xizmat xodimlari tomonidan eksport-import shartnomalari tuzish, ularga yuridik xulosalar berishda o‘z aksini topadi.
Ayniqsa, shartnomalarni tuzish, bajarish, o‘zgartirish va bekor qilishning belgilangan tartibiga rioya etilishini nazorat qiladi;
davlat organi va tashkiloti tomonidan tuzilgan shartnomalarni zarur darajada bajarish bo‘yicha takliflar kiritadi, shartnomaviy munosabatlarni takomillashtirish yuzasidan takliflar ishlab chiqishda ishtirok etadi;
davlat organi va tashkilotining manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha talabnomalar tayyorlashda va davlat organi va tashkilotiga nisbatan bildirilgan talabnomalarni ko‘rib chiqishda ishtirok etadi, davlat organi va tashkilotida talabnomalar bildirish va ularni ko‘rib chiqish tartibiga rioya etilishini nazorat qiladi;
tegishli tuzilmalar bilan birgalikda davlat organi
va tashkilotining debitorlik va kreditorlik qarzlari ahvolini o‘rganadi, ularning miqdorini kamaytirish choralarini ko‘radi;
shartnomaviy munosabatlardan kelib chiqadigan nizolar yuzasidan daʼvo ishlarini olib borish kabi yo‘nalishlardagi faoliyatini ko‘rish mumkin.
“Tashqi iqtisodiy faoliyat to‘g‘risida”gi Qonunga ko‘ra tashqi iqtisodiy faoliyat subʼyektlarining huquqlarini belgilab beradi. Ular quyidagi huquqlarga ega:

  • qonun hujjatlari doirasida tashqi iqtisodiy faoliyatda qatnashish shakllarini mustaqil belgilash, tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga oshirish uchun o‘z xohishiga ko‘ra boshqa yuridik va jismoniy shaxslarni shartnoma asosida belgilangan tartibda jalb qilish;

  • tashqi iqtisodiy faoliyat natijalariga, shu jumladan, milliy va chet el valyutasidagi daromadga qonun hujjatlariga muvofiq mustaqil ravishda egalik qilish, undan foydalanish va uni tasarruf etish.

Qonunning 8-moddasiga muvofiq tashqi iqtisodiy faoliyat subʼyektlarining majburiyatlari tashqi iqtisodiy faoliyat to‘g‘risidagi hisobotni qonun hujjatlarida belgilangan tartibda taqdim etishi.
O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kirilayotgan tovarlarning O‘zbekistonda belgilab qo‘yilgan texnikaviy, farmakologiya, sanitariya, veterinariya, fitosanitariya, ekologiya standartlari va talablariga muvofiqligini tasdiqlovchi hujjatlarni belgilangan tartibda taqdim etishi shart. “Tashqi iqtisodiy faoliyat to‘g‘risida”gi Qonunga ko‘ra tashqi savdo faoliyatining mazmunini belgilab beradi. Tashqi savdo faoliyati xalqaro tovarlar, ishlar (xizmatlar) savdosi sohasidagi tadbirkorlik faoliyatidir. Tashqi savdo faoliyati tovarlarni, ishlarni (xizmatlarni) eksport va import qilish yo‘li bilan amalga oshiriladi. Zamonaviy bozor mexanizmlarini joriy etish va qator tovarlarni eksport qilish tartibini soddalashtirish bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilganligiga qaramasdan, meva-sabzavot mahsulotlarining eksporti hajmini ko‘paytirish va turlarini kengaytirishga to‘sqinlik qiluvchi kamchiliklar saqlanib qolmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 6 noyabrdagi
PQ–3377-son “Meva-sabzavot mahsulotlari, uzum, poliz, dukkakli ekinlar, shuningdek, quritilgan sabzavot va mevalarni mahalliy eksport qiluvchilarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori bilan xo‘jalik yurituvchi subʼyektlarning meva-sabzavot mahsulotlarini eksport qilishi tartib-taomillarini yanada soddalashtirish, jismoniy shaxslar tomonidan ularning ishlab chiqarilishini rag‘batlantirish nazarda tutildi.
Xususan, bugungi kunda eksportga yo‘naltirilayotgan meva-sabzavot mahsulotlarining 90 foizidan ortig‘i kichik ishlab chiqaruvchilar tomonidan yordamchi xo‘jaliklarda, shu jumladan tomorqa uchastkalarida yetishtirilmoqda. Mazkur ishlab chiqaruvchilar chet el xaridorlari bilan shartnomalar tuzish va ruxsat beruvchi tartib-taomillardan o‘tishi lozimligi sababli mahsulotlarini mustaqil ravishda eksport qilish imkoniyatiga ega emas. Shuni hisobga olgan holda, davlat rahbarining qarori bilan tadbirkorlik subʼyektlariga eksport kontrakti tuzmasdan ularning to‘lovi va yetkazib berilishi bo‘yicha shartlarga rioya qilgan holda invoys asosida meva-sabzavot mahsulotlarining eksportini amalga oshirish huquqi berildi, bu xalqaro amaliyotga muvofiqdir. Qaror bilan bojxona organlari tomonidan eksport qilinayotgan meva-sabzavot mahsulotlarining tabiiy yo‘qotish normativini hisobga olish tartibi mavjud emasligi bilan bog‘liq boshqa muammoli masala o‘z yechimini topdi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Tender, loyiha, loyiha oldi hujjatlar va kontraktlarni ekspertizadan o‘tkazish tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018 yil 20 fevral, PQ–3550-son qaroriga binoan O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti yoki O‘zbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi mablag‘lari yoxud O‘zbekiston Respublikasi (O‘zbekiston Respublikasi Hukumati) tomonidan yoki uning kafolati ostida jalb etilgan kreditlar (qarzlar) (tijorat banklari tomonidan qayta moliyalashtiriladigani bundan mustasno), shuningdek ustav kapitalida davlat ulushi 50 foizdan ortiqni tashkil qiladigan xo‘jalik subʼyektlari va ustav kapitalidagi ulushning 50 foizidan ortig‘i ustav kapitalida davlat ulushi 50 foizdan ortiqni tashkil etadigan xo‘jalik subʼyektlariga tegishli bo‘lgan yuridik shaxslar mablag‘lari hisobiga moliyalashtiriladigan xamda to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralar yakunlari bo‘yicha tuzilgan va bitta shartnoma bo‘yicha summasi 100 ming AQSh dollariga teng miqdordan ortiqni tashkil etadigan import shartnomalari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi qoshidagi Loyihalar va import kontraktlarini kompleks ekspertiza qilish markazi tomonidan ekspertiza qilinadi va ro‘yxatga olinadi.
NAMUNA

Download 72,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish