17-mavzu. Viruslarning tabiati haqida tushuncha (4 soat) Reja



Download 424,4 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/6
Sana10.07.2022
Hajmi424,4 Kb.
#771348
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
2. Mavzu (1)

Valerian Dolya
zararli viruslarni foydali viruslarga aylantirish ustida ish olib 
borayotganliklari haqida fikr bildirdi. Viruslar hujayraga kirgandan so‘ng hujayrani 
yangi virus zarralarini sintez qilishga majbur qiladi. 
Ammo biz uni boshqatdan tarbiyalaymiz, deydi olim. M., papilloma virusi 
so‘gal hosil qiladi. Ayollarda esa rak hosil qiladi. Biz bu virusdan bitta gen olib 
o‘simlik virusinig geniga joylashtiramiz va bu yangi virus bilan o‘simliklarni 
kasalllantiramiz. Natijada bizga kerakli virus ko‘payadi va o‘simlikda papilloma 
virusining oqsili to‘planaboshlaydi. Bu oqsilni tozalab vaksina tayyorlash mumkin. 
Demak, o‘simlik vaksina ishlab chiqaradigan fabrikaga aylanadi. Bu texnologiyani 
potensial terroristik maqsadlarda ham ishlatish mumkin. M., odamlarda kasallik 
qo‘zg‘atadigan yangi virus paydo bo‘lsa, uni avvalo identifikatsiya qilinadi va 
unda qanday genlar mavjudligi aniqlanadi, so‘ngra xuddi yuqorida aytilgan 
texnologiyadan foydalanib, ya’ni yangi virusni qandaydir bizni qiziqtiradigan 
(foydali yoki zararli maqsadlarda ishlatish mumkin bo‘ladigan) geni olinadi va uni 
o‘simlik virusining genomiga joylashtiriladi va mazkur virus ko‘payishi jarayonida 
ko‘p miqdorda vaksinatsiya qilishda ishlatiladigan oqsil sintezlanadi va uni olib 
vaksinatsiya qilishda ishlatiladi. Bu ishga birnecha oygina ketadi, xolos. 
Shuning uchun ko‘p virusologlar yangi viruslarni o‘ta tez topish va aniqlash 
hamda qishloq ho‘jaligida oson ishlatiladigan o‘simlik urug‘larini yoki yangi nav 
o‘simliklarni yaratish ustida ish olib borishadi. Albatta o‘simlikni o‘zi ham tashqi 
agressor viruslardan himoyalanish qobiliyatiga ega. O‘simlik ―agressor‖ virusni 
nuklein kislotasini (genetik materialini) tanish qobiliyatiga ega. O‘simlik o‘z 
nuklein kislotasini saqlagan holda begona nuklein qislotani yo‘q qiladi. Shuning 
uchun o‘simlik viruslarini havfli ekanligini yoddan chiqarmaslik zarur. O‘simlik 
viruslarini ishlatib ma’lum davlatga iqtisodiy zarar yetkazish mumkin. Bu zarar 
xuddi tabiiy ofatdek tuyulishi mumkin. Aslida nazariy jihatdan qaraganda biror 
zararkunandalik maqsadini ko‘zlab qilinishi ehtimoldan holi bo‘lmasligi mumkin. 


Yana bir nazariy havf mavjud. O‘simlik viruslarning genetik va molekular 
xususiyatlari ularga yaqin bo‘lgan odam va hayvonlar viruslariga o‘xshashdir. 
Organizmlarni ―okkupatsiya‖ qilishda ularga o‘xshash hujayra strukturalaridan 
foydalaniladi. Shuning uchun ko‘p olimlar o‘simlik viruslarini odam va boshqa 
organizm hujaylarini o‘zini muhofaza qilishda qanday ishlashini bilish uchun 
model sifatida ishlatishadi. Chunki hujayralar strukturalari har xil bo‘lsa ham 
ularni tashkil qilinish tizimi juda o‘xshashdir. Ehtimoldan xoli emas o‘simlik 
viruslarini ozgina modifikatsiya qilib to‘g‘ridan-to‘g‘ri odamlarni hech kimda 
birorta yomon fikr uyg‘otmasdan hafli virus bilan kasalantirish mumkin. Taras 
Shevchenko nomli Kiev universitetining professori V. Polishuk viruslarni 
tarqalishi jiddiy muammolar keltirib chiqarishi mumkinligini aytadi. Ammo bunda 
hech kim bu zararni bo‘lishida virus ishlatilgan deb isbot qilmagan bo‘lsa ham, 
ammo bunga bilvosta isbotlar yetarlicha qo‘p, ayniqsa ―sovuq urish‖ vaqtlarida. 
O‘simlik viruslari terrorist uchun havfsiz bo‘lib havfdan maxsus muhofaza qilish 
zarur emas, faqat laboratoriya va issiqxona bo‘lsa ularni virulent va agressiv 
shakllarini modifikatsiya qilib yaratish mumkin. Shuning uchun ham kichik 
hududda o‘stirilgan o‘simliklar ancha nozik bo‘ladilar, ayniqsa issiqxona 
o‘simliklari. Ko‘p issiqxonada yetishtiriladigan o‘simliklar boshqa davlatlarga 
uzoq masofalarga yangi yig‘ilgan holatda jo‘natiladi. 
Modifikatsiya qilingan zararli komponentga ega bo‘lgan latent holatdagi 
infeksiya toksik va allergen mahsulot hosil bo‘lishiga olib keladi. Masalan, biror 
kishi qo‘shnisining dalasiga zarar yetkazmoqchi bo‘lsa kartoshka virusini agressiv 
shtammini bahorda qo‘shnining yeriga sochib yuborishi mumkin va uch yil 
mobaynida uni yerida kartoshka kasallanish oqibatida hosil olaolmasligi mumkin. 
Hozirgi kunda biz bexavotir yurganimiz bilan viruslarni ―o‘zgaruvchan‖ 
shtammlarini tayyorlash texnologiyasini rivojlanishi bilan qo‘shni davlatlar 
orasidagi munosabatlar darajasiga qarab o‘simlik viruslari katta havf tug‘dirishi -
odamzodni oziq-ovqat bazasini‖ qo‘porishi mumkin. Bu faqat iqtisodiy 
yo‘qotishdan tashqari mahalliy regionlarda ocharchilikga sabab bo‘lishi mumkin. 
Kuba mustaqilligining dastlabki yillarida dalalarga shakarqamish virusi yuqtirilgan 
hasharotni tashlashgan. Natijada Kuba 50 foyiz asosiy eksport qiladigan mahsuloti 
hosilini yo‘qotgan edi. Albatta,u vaqtda buni isbotlash mushkul edi, ammo hozir 
isbotlash ancha osondir.
Viruslarni amaliy maqsadlarda ishlatilishi imkoniyatlari 
Viruslarni kasallik qo‘zg‘atib faqat zarar keltiruvchi biologik mavjudotligidan 
tashqari ularni bu xususiyatlarini foydali tomonlarga ham yo‘naltirish mumkinligi 
olimlar tomonidan ishlab chiqilgan va chiqilmoqda, jumladan, ulardan foydalanib 
har xil yuqumli kasaliklarga qarshi kurash choralari ishlab chiqilmoqda. Jumladan, 
qorin tifi va dizenteriyaga qarshi ularni faglari ishlatilmoqda (fagoterapiya). 
Ayniqsa antibiotiklarga qarshi bakteriyalarni turg‘unligi oshib borgan sari 
viruslarni bakteriyalarga qarshi ishlatish yo‘nalishi virusologiyadagi eng ustivor 
yo‘nalishlardan bo‘lishi mumkinligi virusologlarni diqqat markazidadir. 
Bakteriofaglarni ajratish uchun tanlangan tashqi muxitdan olingan yoki bakteriya 
kulturasi (namuna) bakterial filtrdan o‘tkaziladi va olingan filtrat eng sezgir 
bakteriya muxitiga qo‘shiladi. Ma’lum vaqt, ma’lum temperaturada inkubatsiya 


qilinadi. Inkubatsiya davri tugagandan so‘ng bakteriya mazkur muhitda o‘smasa, 
bu oziqa muhitida fag borligini ko‘rsatadi. Oziqa muhitdagi fagni bakterial filtr 
orqali filtrllash yordamida tozalangan fag zarrachalarini ajratib olinadi. Agar 
bakteriyaning o‘sishi kuzatilsa, albatta muhitda mazkur bakteriya fagining 
yo‘qligidan dalolat beradi. Bakteriyalarning fagga bo‘lgan sezgirligiga qarab ularni 
fagotiplarga bo‘linishida ishlatiladi. 
Bunda bakteriyalarni faglarni lizis qilishiga qarab tiplarga ajratiladi 
(fagotipirovanie). Uning uchun xususiyati o‘rganilayotgan bakteriyalarni (yoki 
shtammini) Petri likopchasidagi agar ozuqa muhitiga - gazon – bir tekis qilib 
ekiladi. So‘ngra unga o‘rganilayotgan fagni tomiziladi va inkubatsiya qilinadi. 
Inkubatsiya qilinishi tamom bo‘lgandan so‘ng esa Petri likopchasidagi hosil 
bo‘lgan - steril shaffof dog‘lar‖ (- blyashkalar) hisoblab chiqiladi. Lizis qilish 
natijasiga qarab fag tipi (fagovar) aniqlanadi, ya’ni mazkur variant bakteriyani lizis 
qiluvchi faglar tipining ro‘yhati belgilanadi. 

Download 424,4 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish