17-MAVZU. VIRUSLARNING TABIATI HAQIDA TUSHUNCHA
(4 soat)
Reja:
1.
Viruslarning tabiati.
2.
O‘simlik va bakteriya viruslari.
3.
Viruslar – yuqumli kasalliklarning qo‘zg‘atuvchilari
4.
Viruslarlarning sog‘liqni saqlash va qishloq xo‘jaligidagi va boshqa
sohalardagi ahamiyati.
Viruslar kashf qilingandan buyon viruslar nima va ularning tabiati qanday
degan savollar birqancha yillardan buyon baxslashishlarga sabab bo‘lib
kelgan
(65). 20 – 30 yillarda viruslarni tirik materiya ekanligi to‘g‘risida hechkim
shubhalanmagan. 1930 – 40 yillarga kelib viruslar bu mikroorganizmlar,
chunki
ular ko‘payish xususiyatiga ega, irsiyatga ega, o‘zgaruvchanlikga ega,
yashash
muhit o‘zgarishiga moslashaoladigan tabiiy va suniy tanlanadigan biologik
evolyutsiya bilan ta’minlangan, degan fikrlar hukm surgan bo‘lsa, 60-yillarga kelib
molekulyar biologiyaning rivoji viruslarni organizm deb hisoblagan bu
konsepsiyani noto‘g‘ri ekanligini ko‘rsataboshladi. Viruslarni ontogenetik siklida –
hujayradan tashqari va hujayraviy ikki formasini ajratildi.
Hujayradan tashqari
formasini
virion
deb nomlandi. Virionning tuzilishi hujayra tuzilishidan farqliligi
ko‘rsatildi. Viruslarni ko‘payishi hujayranikidan tubdan farqlanishi va ularni
ko‘payishini disyunktiv reproduksiyalanish deyildi. Disyunktiv ko‘payish deganda
viruslarni tashkil qiluvchi qismlarni, ya’ni genetik materiali va oqsillarini vaqt va
hududiy ayrim-ayrim sintezlanishi va keyingi qurilishi va virionning shakllanishini
tushuniladi. Viruslarni genetik materiali yoki DNK
dan yoki RNK dan iboratligi
ko‘rsatildi. Viruslarni boshqa hayot formalaridan farqlashning asosiy va absolyut
mezoni bu ulardagi o‘z oqsil sintezlovchi sistemasini yo‘qligidir.
To‘plangan materiallar viruslarni o‘ta kichik organizmlardan ham
kichikligini, ya’ni ular minimal organizmlar bo‘lgan
mikoplazmalar, rikketsiylar
va xlamidiylardan ham kichik va o‘z oqsil sintezlovchi sistemalariga ega
bo‘lmagan agent ekanligini ko‘rsatdi. V.M.Jdanovning
viruslarni tabiati haqidagi
fikri bo‘yicha: ― viruslar faqat tirik hujayralardagina hayot faoliyati kechadigan,
ularning nuklein kislotasining sintezlanishi hujayraga qisman(har xil darajada)
bog‘liq bo‘lgan, hujayraning oqsil sintezi va energetik sistemalariga esa to‘la
bog‘liq bo‘lgan va mustaqil evolyutsiyaga uchraydigan avtonom genetik
strukturalardir, - deydi.
Parazitologiya nuqtai nazaridan viruslar obligat hujayraaro parazitlardir.
Parazitizm (parazit grekcha tekinxo‘r (naxlebnik - parasitos)) degan ma’noni
bildirib, ikki organizmni biri ikkinchisiga zarar keltirib yashashidir. Bunda parazit
xo‘jayin organizmga ham fizik, ham fiziologik jihatlardan bog‘liq bo‘ladi. Viruslar
genetik parazitlardir. Bu parazitizm viruslarni genomi hujayraning genomi bilan
bilan integratsiyalanishida yaqqol namoёn bo‘ladi.
Bu nuqtai nazardan viruslar
molekulyar va molekulyar genetik darajada parazitlik qiladigan haёtning
hujayrasiz formasidir. Shunday qilib, viruslar xilma-xil ko‘p sonli guruhga ega,
mikroorganizm bo‘lmagan va Vira saltanatiga birlashgan haёtning
hujayrasiz
formasidir.
To‘plangan ma’lumotlarni umumlashtirib viruslarga quyidagicha ta’rif bersa
bo‘ladi deb o‘ylaymiz: