boshqalarga yaxshilik qilish insonning tabiiy ehtiyoji (vojiboti) bo‘lishi kerakligi
tushuntiriladi:
«Olloh Senga yaxshilik qilganidek, Sen ham o‘zgalarga yaxshilik
qil».
«Agar chiroyli amallarni qilsangizlar o‘zlaringizga yaxshilik qilgan
bo‘lasizlar, yomon, gunoh ishlarni qilsangizlar ham o‘zingiz uchundir»
deyiladi
qur’on suralarida. Yaxshilik qilganlarga qiyomat dahshatlaridan omonlik va’da
qilinadi.
Yaxshilik-ishonch, mehr, oqibat kabi axloqiy tushunchalar bilan
chambarchas bog‘liq bo‘lib, qorong‘ulikda ham yorishib turadi. SHuning uchun ham
harbiylarda yaxshilik qilish ularning og‘irini yengillatish,
el-yurt mustaqilligi,
farovonligi uchun yashash, ishlash, kurashish demakdir.
-Guzallikni yana bir akslanuvchi sifati bu-
salomlashdir
. Harbiylar o‘rtasidagi
muomala va munosabatlar salomdan, salomlashishdan boshlanadi. Salom
berganingizda Sizga notanish, hatto yoqimsiz nigoh bilan qarab turgan odam ham
alik oladi. Ajdodlarimiz salomlashishni insonning «Odob Alifbosi» deb ataganlar.
Odatda bir-birimiz bilan uchrashganimizda
«Assalomu aleykum»
deyishamiz, uning
ma’nosi
«Salomat va tinch bo‘ling»
deganidir. Ikkinchi shaxs javoban
«Voaleykum
assalom»
deyishadiki, unda
«Siz ham salomat va tinch bo‘ling»
degan ma’noni
tushunamiz.
Payg‘ambarimiz Muhammad Alayhissalom aytgan ekanlar:
«O‘rtangizlarda
Salomni tarqatingiz, o‘zaro muhabbatlaringiz ortadi».
Hadisda
yana shuni qayd
etadiki,
«Uchrashganda qaysi biringiz birinchi bo‘lib salom bersangiz, shu odam
tangriga ham itoatliroqdir».
Salomlashish odobi hamma xalqlarda mavjud. Kattayu-kichikka, tanishu
notanishga salom berish xalqimizning qadimiy va eng yaxshi urf-odatlaridan biridir.
Salomlashganda salomlashish fazilatlariga e’tibor berish zarur.
-Harbiylarni
eng yaxshi, olijanob fazilatlaridan biri bu-
samimiylikdir
.
Samimiylik arab tilidan olingan bo‘lib, samimiyat, samimiy so‘zlar
deb tushunib,
uning ma’nosi «Boshqalar gapini tinglaydigan, hamfikr bo‘la oladigan, xabardor»
degan ma’nolar chiqadi. Samimiyat kishilarning o‘zaro munosabat va muloqotida
yuzaga chiqadi. Samimiylik maqtov yoki muloim muomaladangina iborat emas, yo‘l
qo‘yilgan xatoni tuzatish va qayta takrorlamaslik uchun koyish, kamchilikni
xolisona ko‘rsatish, to‘g‘ri yo‘lga olish ham samimiylikning muhim qutblaridan biri
sanaladi. Samimiy ofitserlar
kattayu kichikga barobar, ularnin ko‘nglini olishga,
ma’rifatga intiladilar, haqiqatni yoqlaydilar, o‘zini ham hurmat qiladilar.
Bunday
insonlar elda aziz va katta obro‘ga ega musharraf bo‘ladilar.
Do'stlaringiz bilan baham: