-Shirinso‘zlik-
muomala madaniyatining eng muhim ko‘rinishlaridan biridir.
Har qanday jamiyatda, odam odamsiz yashay olmaganini ko‘z o‘ngimizda keltirsak,
shirinso‘zlik naqadar zarurligini o‘z-o‘zidan ayon bo‘lib keladi.
Dag‘al, sovuq gapiradigan, og‘ziga yomon so‘z oladigan odamni madaniyatli
deb bo‘lmaganidek, tildan bol tolib turgan shirinso‘z kishini ham madaniylik
sharafidan mahrum qilib bo‘lmaydi.
Goho odamlar muomalasida uchrab turadigan dag‘allik ta’bimizni ko‘p xira
qiladi. ba’zilar bu dag‘allikni ko‘rib, sababiga tushunolmay, hayron bo‘ladilar.
Ezginlik, ho‘rlik, yo‘qlik asabi bo‘sh odamlarda tajanglik tug‘dirar, muomalada
pardani ko‘taradi. qorni och, usti yupun, huquqi poymol kishilar ba’zan o‘zlarini
tutolmay boshqalarga tashlanar, og‘ziga kelganini bo‘g‘zidan qaytarmay o‘shqirar
edi. Haq gapni aytganda, bunday ahvolga tushib qolganliklari uchun odamlarning
o‘zlari emas, o‘sha zamon, o‘sha tuzum aybdordir.
Agar odam odamga do‘st bo‘ladigan bo‘lsa, do‘st do‘stning jonini hech qachon
og‘ritmaydi. Aksincha, do‘sti biron kayfiyat orasida bilmasdan dag‘allik qilib
qo‘ysa, do‘st kishi dag‘allikka dag‘allik bilan javob bermaydi, balki o‘rtaga tushgan
sovuqlikni yaxshi muomala bilan yo‘q qiladi. boshqacha qilib aytganda uni shirin
so‘z bilan hovuridan tushiradi. SHoirimiz Tolib Yuldoshning aytganicha:
Bir so‘z bilan har kishi o‘zligini ko‘tarar,
So‘z gavharin ko‘pincha dono olar, ko‘rsatar.
4-o‘quv savoli. Jismoniy chiniqish va ruhiy tetiklik tarbiyasi.
Jimoniy tarbiya barcha tarbiya tizimlarining ajralmas bo‘lagi. Yuksak
rivojlangan ishlab chiqarishga asoslangan hozirgi jamiyat uchun jismonan sog‘lom
va baquvvat, mahsuldor mehnat qilishga qodir, har qanday qiyinchiliklarga chiday
oladigan, Vatan mudofaasiga tayyor yosh avlod kerak. Aqliy va mehnat faoliyatida
muvafaqqiyatga erishish uchun zarur sifatlarni tarkib toptirishda ham jismoniy
tarbiyani o‘rni katta.
Jismoniy tarbiyaning maqsadi-shaxsning tanasidagi barcha a’zolarni sog‘lom
o‘sishini ta’minlash barobarida ularni aqliy va jismoniy mehnatga, shuningdek,
Vatan mudofaasiga tayyorlash yotadi. Abdulla Avloniyning fikricha, sog‘lom fikr,
yaxshi axloq ilm ma’rifatga ega bo‘lmoq uchun badanni tarbiya qilish zarurdir.
Ayniqsa sport inshoootlari qurilganligini (
«Olimpiya shon-sho‘hrati» muzeyi,
«Jar» va boshqa shu kabi inshootlar
) alohida ta’kidlash lozim. SHu asnoda
harbiylarni sportni sevish va bu bilan shug‘ullanishga undash kerak.
O‘zbeklar qadim-qadimdan pahlavon, jasur, botir, qo‘rqmas xalq bo‘lganligi
tarixdan ma’lum. Mustaqilligimizning o‘nikki yiligida nishonlanishi lozim bo‘lgan
buyuk ma’naviy merosimiz bo‘lmish «Alpomish» dostonning 1000 yilligi,
jaloliddin manguberdining 800 yilligi munosabati bilan har inson merosimizning
tarixiy, ma’naviy ahamiyatini harbiylarimizga tushuntirishimiz lozim.
Jismoniy
tarbiya
harbiylarga
katta
ta’sir
ko‘rsatib,salomatligini
mustahkamlaydi, ishlash qobiliyatini oshiradi, uzoq umr ko‘rishga yordam beradi.
Sport-har qanday yoshda ham qaddi-qomatni tarbiya qilish, kuch-quvvatni saqlab
turishning vositasi hisoblanadi.
Jismoniy tarbiyaning vazifalarini hayotda qo‘yidagicha aks ettirishmiz
mumkin:
Salomatlikni mustahkamlash, jismonan to‘g‘ri rivojlanishga hamjihatlik
qilish;
Aqliy va jismoniy ishchanlik qobiliyatini oshirish;
Tabiiy harakatga soluvchi sifatlarni rivojlantirish va takomillashtirish:
Harakatlarning yangi turlarga o‘rgatish;
Asosiy harakatga keltiruvchi sifatlarni (kuch, chaqqonlik, chidamlik va
boshqalar) rivojlantirish;
Gigienik malakalarni shakllantirish;
Axloqiy sifatlarni tarbiyalash (botirlik, tirishqoqliq, qat’iyat, intizomlik,
javobgarlik, jamoaizm va boshqalar);
Jismoniy tarbiya va sport bilan muntazam va izchil ravishda shug‘ullanish
ehtiyojini shakllantirish;
Sog‘lom, tetik bo‘lishiga, o‘ziga va atrofidagilariga quvonch baxsh
etishga intilishni rivojlantirish.
Barkamol avlodni jismoniy barkamolsiz tasavvur qilib bo‘lmaydi, bu
tarbiyaning bosh maqsadi jismonan chiniqqan, mard va sabotli, qat’iyatli va
vatanparvarlarni kamol toptirishdir. Bu vazifalarni hal qilishda jismoniy tarbiya,
aqliy, estetik va mehnat tarbiyalari bilan hamkorlik qiladi.
Mashhur yunon donishmandi Aflotun baxt haqida so‘z yuritib: «Inson uchun
birinchi baxt-uning sog‘lig‘i, ikkinchisi-go‘zallikidir» degan ekan.
Insonning kuch va qobiliyatlarini tahlil etganda, u uchta narsaga bo‘linadi:
birinchi-jismoniy, ikkinchi-aqliy, uchinchi-axloqiy. SHunga binoan insonning bu
kuch-qobiliyatlarining taraqqiysi yuksalinishi ta’min etadigan tarbiya ham uch
qismga ajaratiladi: badan tarbiyasi, aql tarbiyasi va axloqiy tarbiyaisidir.
Qadimda xalqimizning badan tarbiyani
riyozat
deb atashgan. Abu Ali Ibn Sino
«Tibbiy doston» asarida riyozat-badan tarbiyasi haqida to‘xtalib, uning bir necha
turlari bo‘lishi, bu jismoniy mashqlar bilan o‘rtacha shug‘ullanish sog‘liqqa foydali
ekanligini bunday ta’riflaydi:
Do'stlaringiz bilan baham: |