17-mavzu. Tarbiyaning mazmuni va vazifasi. Reja


Noqis o‘ldirkim, o‘zin komil degay



Download 0,57 Mb.
Pdf ko'rish
bet27/40
Sana05.05.2023
Hajmi0,57 Mb.
#935497
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   40
Bog'liq
17-MAVZU

Noqis o‘ldirkim, o‘zin komil degay, 
Komil o‘lkim, nuqson isbot aylagay. 
Alisher Navoiyning fikricha, ahli ma’ni, ya’ni ma’nili kishilar ma’naviyatli 
yetuk shaxslardir: «Xayrat-ul-abror» dostonida yetuk shaxsning ma’naviyatidagi 
yaxshilik, sahovat, soflik, hayo, muruvvat, andisha, adab, kamtarlik, sadoqat, 


qanoat, rostgo‘ylik, bag‘ri kenglik singari fazilatlari ta’riflanib, ruhiy kamolot 
yo‘llari tahlil etilgan. 
Navoiyning fikricha, harbiylarni kamolotga yetkazish deganda, uni xalqparvar, 
bilimli, eng yaxshi fazilatlarga ega kishilar qilib yetishtirish anglashiladi. 
Har bir xalqning ana shu ulkan ma’naviy qadriyatlari chuqur tomir otib ketgan 
o‘q ildizlari bilan jahon madaniyatida o‘ziga xos o‘rin tutadi. 
Nafosat va go‘zallik tarbiyasi 
Nafosat tarbiya-hissiyotning shakllanish va rivoji, go‘zallikni tushunish va 
unga tashnalik, shuningdek, shaxs tarbiyasining ajralmas qismi bo‘lgan guzallik 
qonunlari asosida yashash va yaratishga intilishdir. 
Yillar davomida va turli bosqichlarda olib boriladigan talabning nafosat 
tarbiyasi turlicha tuzilishi zarur. Mashg‘ulot shakli, maqsadi, mazmuni, pedagogik 
xususiyatlarga xosligi, shuningdek, bolalar yoshi va imkoniyatiga ko‘ra farqlanishi 
lozim. 
Talablarni serqirra, atroflicha ta’sir etuvchi nafosat qadriyatlarga yo‘naltirish 
lozim. Birinchi navbatda milliy qadriyatlar, ona Zamin tabiati, milliy xalq san’ati, 
SHarqning, O‘zbekistonning badiiy madaniyati, tarixiga muhabbat tuyg‘ularini 
rivojlantirish. Bu borada asosiy manba sifatida badiiy nafosat qadriyatlari, qadimiy 
san’at turlarini tanlash zarur. Milliy an’analarga boy adabiyot, tasviriy san’at, 
haykaltaroshlik, hunarmandchilik, musiqa va san’atning boshqa turlari xalqning 
o‘tmishdagi va zamonaviy turmush tarzi, yashash joyi, kiyinish, mehnat qurollari va 
hokazo. 
Bu aniqlangan ma’naviy tizimi, ya’ni nafosat tuyg‘ulari, go‘zallik, 
qiziqishlarni singdirish, o‘rganish, fikrlash, munosabat, qarashlar, mukammallik 
ma’naviyatini oshirish va o‘z-o‘zini tarbiyalashdir. 
Umuminsoniylik, milliy nafosat va go‘zallik fazilatlari barcha kishilar, hamma 
kasb egalari, jumladan, harbiylar uchun ham juda zarurdir. Nafosat va go‘zallik 
fazilatlari mehnat jarayonida kishining xulqi, fe’l-atvorini tartibga solib turuvchi 
normalar, talablar, mezonlar shaklida ifodalanadi. 
Go‘zallik va nafosat
-inson odobi, iste’dodi, qobiliyati, amaliy malakalari
vijdoni, iymoni, e’tiqodi, dunyoqarashi, mafkuraviy qarashlarning bir-biri bilan 
uzviy bog‘langan, jamiyat taraqqiyotiga ijobiy ta’sir etadigan mushtaraka tizimidir. 
Nafosat
-nozik didli bo‘lish, go‘zallikni fahmlay va qadrlay olish, badiiy 
madaniyatni tushunish, xullas, o‘z hayotini go‘zallik qonunlari asosida ko‘ra olish 
komil insonning eng zaruriy fazilatidir. Insonning badiiy rivojlanish qonunlari 
ijtimoiy rivojlanish qonunlari bilan bog‘langan. Badiiy qonunlari esa ijtimoiy-
nafosat ideallar orqali namoyon bo‘ladi. 
Ilmiy dunyoqarashga asoslangan nafosat, did, his-tuyg‘ular va ko‘nikmalarning 
o‘sib borishi jarayonida insonning o‘zi ham ma’naviy boyib, olijanob bo‘lib boradi, 
uni hayoti yanada sermazmun bo‘ladi, yashayotgan zaminiga nisbatan mehr-
muhabbati ortib boradi. bularning hammasi har bir insonda go‘zallikni qobiliyatni 
shakllantiradi va rivojlantiradi. 
Nafosat tarbiyasi bugungi kunda shuning uchun ham muhimki, did-farosatlik 
mehnatda, ishlab chiqarishda, kundalik amaliy faoliyatida har bir inson uchun 
hayotiy ehtiyojga aylanib qolgan. Did-farosat har bir insonning xatti-harakatida, 


kiyinishida, yurish-turishida, kishilarga bo‘lgan munosabatida yaqqol ko‘zga 
tashlanadi. 
Xalqimiz: «Kamtarlik ham husn» deydi. Mana shu birgina iborada ham chuqur 
ma’no bor. Nafosat tarbiyasi tufayli yoshlarda kamtarlik xislati tarkib topadi. Bu 
xislat kishilarning eng go‘zal, eng chiroyli belgisidir. «Kishining chiroyi-yuzida», 
deydi xalqimiz. Bir go‘zal munosabat kishilarga misoli quyosh bo‘lib, qalblarga iliq 
nur tortadi. 
Go‘zallik tabiatning, insonning yaxshi ne’matlaridan biri. Biz buni insonlarda 
emas, o‘simliklarda ham, jonivorlarda ham ko‘ramiz. Bahor kezlari rang-barang 
gullarga ko‘milgan daraxtlarni, yashil maysalarni selkilab turgan yaylovlarni 
ko‘ramizda:-O, naqadar go‘zal!-deb qo‘yamiz. 

Download 0,57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   40




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish