17-mavzu. Tarbiyaning mazmuni va vazifasi. Reja


«Biz quradigan jamiyat O‘zbekiston xalqining



Download 0,57 Mb.
Pdf ko'rish
bet23/40
Sana05.05.2023
Hajmi0,57 Mb.
#935497
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   40
Bog'liq
17-MAVZU

«Biz quradigan jamiyat O‘zbekiston xalqining 
munosib turmushini, huquqlari va erkinliklarini kafolatlashi, milliy 
qadriyatlarimiz va madaniyatimiz qayta tiklanishini, insonning ma’naviy-
axloqiy barkamolligini ta’minlashi kerak»
deb ta’kidlaydi
1

Ma’lumki, insonning madaniyligi keng ma’noda kasb etadi. Tashqi xulq-atvor 
qoidalarini bilish, gigiena talablariga rioya qilishning o‘zigina madaniyatlilik belgisi 
emas, madaniyatlilik insonning tevarak-olamga bo‘lgan barcha munosabatlarda o‘z 
aksini topadi. SHu jihatdan madaniyat insonning ma’naviy boyligini, ya’ni aqliy va 
axloqiy rivojlanganligini, dunyoqarashi, hayotiy qiziqishlarining kengligi, madaniy 
hissiyotini o‘z ichiga olgan ichki madaniyat va o‘zi yashab turgan jamiyatdagi axloq 
qoidalari va odob mezonlariga rioya qilishdan iborat bo‘lgan tashqi madaniyatdir. 
Biz ko‘p yillik kuzatishlar natijasida yoshlarda ana shu ichki va tashqi 
madaniylik xislatlarining ko‘p qirrali, jumladan madaniylik asosini tashkil etuvchi 
qadriyatlar; boshqalarni hurmat qilish, hamdardlik; o‘zini behayolarcha tutishdan, 
injiqlik, shakkoklik va tantiqlikdan, ichki yuzlamachilik, o‘z qiyofasini sun’iy 
o‘zgartirishdan saqlana olish;xushmuomalalik, boshqalar bilan so‘zlasha olish 
qobiliyati, kundalik hayotida poklik kabi xislatlarda yillar davomida saqlanib 
kelayotgan an’analarimizga rioya etmayotganligining guvohi bo‘lmoqdamiz.
Harbiy qo‘mondonlarda 
«Pedagogika»
fanining o‘qitilishidan boshlab, keyingi 
kurslarda davom etadigan 
«Tarbiyaviy ishlar metodikasi», «Pedagogika tarixi» 
kurslariga ta’lim-tarbiya sirlarini harbiylarga yetkazish jarayonida ularning 
ma’naviy kamolotini tarkib toptirishga yo‘lovchi keng va xilma-xil imkoniyatlardan 
foydalanish mumkin.
Bu imkoniyatlardan biri ma’ruza va seminar mashg‘ulotlarida harbiylarning 
o‘z fikr-mulohazalarini uyg‘otishdir. CHunki, yuksak madaniylik va 
madaniyatsizlik haqida nasihatdan ko‘ra o‘rganilayotgan ma’ruzaga bog‘lab 
harbiylarning o‘zida fikr uyg‘otish muhimroqdir. 
Harbiylarda ma’naviy madaniyatni tarkib toptirishga oid ishlar 
mashg‘ulotlarda va auditoriyadan tashqari tarbiyaviy ishlardan izchil amalga 
oshirilsa, bu borada harbiy yoshlarning o‘zida ijodiy fikrlash, voqea-hodisalarga 
izchil munosabat, hissiy va pedagogik vaziyat hosil etilsa, o‘z-o‘zini tarbiyalashga 
intilish uyg‘otilsa, mashg‘ulotlarda barcha samarali metod, usul va vositalardan 
foydalanilsa, ko‘langan maqsdga erishish mumkin. 
Madaniyat inson faoliyatining ham mahsuli, ham sifat ko‘rsatkichidir. Aytish 
mumkinki, madaniy muhit qanday bo‘lsa, inson ham shunday shakllanadi. 
Xalq madaniyatida avlodlar yaratgan moddiy va ma’naviy boyliklar jamlangan. 
Ularni o‘zlashtirmay turib, madaniyatli shaxs bo‘lib yetishishi qiyin. Xuddi 
shuningdek, madaniyat rivojida professional ijodkorlar va san’atkorlar ham katta 
1
И.А. Каримов-«маънавий баркамол йўли. Истиқлол ва маънавият». Тошкент, «Ўзбекистон»-1994 й. 113-
бет. 


o‘rin tutadilar. Ular tufayli madaniyatda yangi oqimlar-ijod turlari, badiiy-estetik 
qarashlar yuzaga keladi. 
O‘zbekistonning rivojiga qaraganda milliy madaniyatga, sinfiy yondashishdan, 
uni sun’iy tarzda «yagona shaklan milliy, mazmuni sotsialistik madaniyat»ga 
aylanishidan saqlab qoldi. Tarixiy rivojlanish shuni ko‘rsatadiki, rang-barang milliy 
madaniyatlargina hayotni chiroyli qiladi, harbiylar o‘rtasidagi aloqalarni, bir-biriga 
intilishini, bir-birini o‘rganishini rag‘batlantiradi. 
Madaniyat harbiy xizmatchilarni shakllantirish vositasi hamdir. SHu jihatdan 
bulg‘usi ofitserlarni tarbiyalashda madaniyatning quyidagi masalalariga e’tiborni 
qaratish lozim: 

Yangicha dunyoqarash va e’tiqod asoslarini shakllantiradigan milliy 
g‘oyaga sodiqlik; 

Bulg‘usi ofitser faqat islom dini to‘g‘risida emas, umuman barcha 
dinlarning tarixi, mohiyati to‘g‘risida to‘liq tasavvurga ega bo‘lishlari kerak; 

O‘zbekistonning mustaqil taraqqiyot yo‘liga kirganligi-respublika amalga 
oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy islohotlar, mustaqillik va ma’naviyat 
mafkurasi, ma’naviyatning mohiyati, uning tarkibiy qismlari, mezonlari, 
vatanparvarlik, adolatliylik, insonparvarlik, iftixor tuyg‘ularini bulg‘usi ofitserlar 
ongiga singdirish; 

Soha mutaxassislarining bilimdonligini oshirish, bilimning madaniyat, 
ma’rifat sari yuksaltirish mezoni haqidagi fikrni ularni ongida shakllantirish; 

Bulg‘usi 
ofitserlarda huquqiy madaniyatni shakllantirish, ya’ni 
O‘zbekiston Respublikasi hamda qonunlariga buysunadilar. Fuqarolьarning 
jamiyatda tutgan o‘rnidan, millatidan, siyosiy qarashlari va diniy e’tiqodlaridan 
qat’iy nazar, ularni har tomonlama himoya qiladi; 

Mardlik, botirlik, jasurlik, g‘amxo‘rlik, mehr-shavqat kabi madaniyatning 
xulq-odob qoidalari qatoriga kiritilgan fazilatlar asosida tarbiyalash; 

Vatanimizda bugun qo‘lga kiritilayotgan yutuqlarni saqlab qolish uchun, 
dushmandan ogoh bo‘lish, dushmanga nisbatan hushyorlik va ehtiyotkorlik; 

Bulg‘usi ofitserlarda ichki madaniyati, tashqi madaniyati, muomala 
madaniyati, nutq madaniyati, fikrni kasbga oid tushunchalar asosida bayon qilish 
madaniyatini shakllantirish. 
Madaniyat tarbiyasi bulg‘usi ofitserlarni tarbiyalash sohasidagi asosiy muhim 
masala bo‘lib qolmasdan, balki O‘zbekistonimiz oldida turgan eng muhim va 
dolzarb sohalaridan biridir. 
Yaqin o‘tmishda madaniyatimiz hukmron mafkurasi asosida rivojlandi, 
ikkinchidan milliy madaniyatimiz boy o‘tmishi bir tomonlama o‘rganilgan, uning 
bebaho durdonalaridan millatimiz bexabar bo‘lgan. 
O‘zbekistonning o‘ziga xos madaniyatining barcha qirralari, ildizlari va 
ranglarini to‘la ravishda ko‘rsatmoq uchun milliy madaniyatlarning mustaqillik 
sharoitida rivojlanish qonunlari, madaniyatimiz tarixi va umuminsoniy tamoyillarini 
o‘rganish asosida yaratilishi lozim. 
Ma’naviyatni yuksaltirish masalalariga bugungi kunda e’tibor kuchayib 
bormoqda. Bu bejiz emas albatta, chunki kelajagi buyuk davlat egasi bo‘lmasdan 
komil insonni tarbiyalashi, uni ma’nan va axloqan barkamol qilmasdan turib, buyuk 


kelajak to‘g‘risida gapirib bo‘lmaydi. Mafkurasiz hech qanday jamiyat, davlat qurib 
bo‘lmaydi. Bu borada o‘tmish milliy ma’naviyatimizni, madaniyatimizni o‘rganib, 
yoshlarimizda yuksak insoniy fazilatlarni shakllantirib, ilm-fanga qiziqish va 
intilishni rivojlantirish zarur. 
Yuksak darajada mamlakat davlat qurish uchun harbiylarning bilimi chuqur, 
dunyoqarashi keng, tafakkuri sog‘lom bo‘lishi kerak. Bunday yoshlar inson dunyoga 
faqat yeb-ichish, boylik ortirish uchun kurashib, qo‘lidan kelgancha mehnat qilishi, 
ijtimoiy muhitni, turmush sharoitni o‘zgartirish maqsadida dunyoga kelishini chuqur 
his qilish lozim. 
Ta’lim-tarbiya tizimi, harbiy va murabbiylar hayotiga o‘z-o‘zini anglashda, 
xalqning, millatning uzoq tarixiy taraqqiyot jarayonida bosib olgan murakkab 
yo‘liga, ajdodlarimizning ma’naviy-madaniy, ilmiy, diniy, falsafiy, ma’rifiy 
merosiga qarashlari va g‘oyalariga har bir kishining bevosita bog‘liqligini chuqur va 
atroflicha his qilishlariga ko‘maklashishi lozim. Harbiylarda milliy o‘zlikni 
anglashni, millatga uning tarixiga mansubligini his qilishi shakllantirish kerak. 
Gerodotning 
«tarix»
kitobida yozilganidek uch ming yil avvalgi ajdodlarimizda 
qadrlanadigan xislatlarning eng asosiysi-jasurlik ekan. Undan keyingi muhim xislat 
adolatlilik va mohirlik bo‘lgan. Har bir ishni bajarganda, jumladan; 
otda yurish, ov 
qilish, uxlamoq, mol tupla, omonatni saqlash, o‘ylanish, jazo berish va ilm olish 
haqida yuqori mahorat va milliy madaniyatga qarab bajarish insonning fazilatlari 
hisoblanadi. 

Download 0,57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   40




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish