365
va farovonligi yili» Davlat dasturi doirasida qishloq joylarida 65 mingta yangi ish
o‘rinlari bilan ta'minlovchi mehnat sig‘imi yuqori bo‘lgan ishlab chiqarish
korxonalarini rivojlantirish ko‘zda tutilgan. Jumladan:
- chorvachilik, parrandachilik komplekslari va issiqxona xo‘jaligi (35 ming
ish o‘rni);
- sut va go‘shtni qayta ishlash sohasi (8 ming ish o‘rni);
- mebel, poyafzal va tikuv sexlari (9 ming ish o‘rni);
- oziq-ovqat va qandolatchilik sexlari (6 ming ish o‘rni);
- mahalliy xomashyodan qurilish materiallari sexlari (7 ming ish o‘rni).
SHuningdek, kasanachilik va xalq hunarmandchiligini tashkil qilish orqali 70
mingta, har bir qishloq tumanida kamida 50 ta kam ta'minlangan oilalarni qoramol
bilan ta'minlash evaziga 7 mingta yangi ish o‘rinlari yaratish belgilangan. Bu
ishlarni amalga oshirish uchun barcha moliyalashtirish manbalaridan 202,0 mlrd.
so‘m ajratilishi nazarda tutilgan
1
. Bunday chora-tadbirlar
natijasida ishchi kuchi
bandligi darajasini oshirish va tarkibini yanada takomillashtirish mamlakatimizda
iqtisodiy o‘sishning yuqori sur'atlarini ta'minlashga zamin yaratadi.
Iqtisodiy o‘sish omillaridan texnika taraqqiyotini ta'minlash hamda
investitsiyalar hajmini oshirish – mamlakatimizdagi iqtisodiy siyosatning asosiy
yo‘nalishiga aylangan. Prezidentimiz I.A.Karimov ta'kidlaganlaridek, «…jahon
iqtisodiy inqirozi ishlab chiqarishni muntazam yangilab,
modernizatsiya qilib
borish zaruratini kun tartibiga yanada o‘tkir qilib qo‘ymoqda va buning uchun bor
kuch-imkoniyatimiz va resurslarimizni safarbar etishni talab qilmoqda»
2
.
Umuman olganda, hozirgi global inqiroz sharoitida ishlab chiqarishni
modernizatsiyalashga investitsiyalarni ko‘proq jalb etish zarurati quyidagilar orqali
izohlanadi:
1) inqiroz vaqtida jahon bozorida zamonaviy asbob-uskuna va jihozlar
arzonlashadi. Bunday imkoniyatdan foydalanib, ishlab chiqarishning moddiy-
texnika bazasini yangilash hamda uning asosida raqobatbardosh
mahsulotlarni
yaratish qisqa davrda ushbu sarf-xarajatlarni qoplash imkonini beradi;
2) yuqori darajada qo‘shilgan qiymatga ega bo‘lgan mahsulotlarni eksportga
chiqarishning qo‘shimcha imkoniyatlari vujudga keladi;
3) texnik va texnologik asosni yangilashda vaqt jihatidan yutish imkoni paydo
bo‘ladi;
4) investitsiyalar ichki talabni kengaytirib, qurilish sanoatining rivojlanishini
rag‘batlantiradi;
5) ishlab chiqarilayotgan mahsulot nomenklaturasi diversifikatsiyalanadi.
SHunga ko‘ra, mamlakatimizda ishlab chiqarishni modernizatsiyalash, texnik
va texnologik qayta qurollantirish bo‘yicha 2009-2014 yillarga mo‘ljallangan
muhim loyihalarni amalga oshirish yuzasidan choralar dasturi ishlab chiqildi. Unda
umumiy qiymati 42,5 mlrd. doll. hajmida 852 ta loyiha, Shu jumladan 2009 yilda
umumiy qiymati 24,4 mlrd. doll. hajmidagi 590 ta loyihani amalga oshirish ko‘zda
1
Манба: «Қишлоқ тараққиёти ва фаровонлиги йили» Давлат дастури материаллари.
2
Қаралсин: Каримов И.А. Жаҳон молиявий-иқтисодий инқирози, Ўзбекистон шароитида уни бартараф
этишнинг йўллари ва чоралари. – Т.: Ўзбекистон, 2009, 39-б.
366
tutilgan. Ushbu loyihalarni amalga oshirishning asosiy maqsadlari bo‘lib
quyidagilar hisoblanadi:
- yuqori qo‘shilgan qiymatga ega bo‘lgan yuqori
texnologik mahsulotlarni
ishlab chiqaruvchi tarmoqlar ulushini oshirish orqali iqtisodiyotning tarkibiy
tuzilishini takomillashtirish;
- resurslar tejamkorligini ta'minlovchi, samarali iqtisodiyotni shakllantirish;
- iqtisodiyotning ustuvor etakchi tarmoqlarini jadal rivojlantirish;
- mahalliy xomashyo va materiallarni yanada chuqurroq qayta ishlash hamda
butlovchi mahsulotlarni yaratishga asoslangan mahalliy ishlab chiqarishni
rivojlantirish;
- energiya resurslaridan samarali va oqilona foydalanish;
- mahalliy raqobatbardosh mahsulotlarning tashqi bozorlardagi mavqeini
mustahkamlash
1
.
Bundan
ko‘rinadiki, jahon moliyaviy-iqtisodiy
inqirozi sharoitida
mamlakatimizda barqaror va yuqori o‘sish sur'atlarini ta'minlashga yo‘naltirilgan
omillardan foydalanishga katta ahamiyat qaratilmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: