Asosiy tayanch tushunchalar:
Iqtisodiy rivojlanish – ko‘p qirrali jarayon bo‘lib,
jamiyatning ijtimoiy,
iqtisodiy taraqqiyotida o‘z ifodasini topadi.
Iqtisodiy o‘sish – YAIM, SMM, MD miqdorining mutloq hajmi va aholi jon
boshiga hamda iqtisodiy resurs xarajatlari birligi hisobiga ko‘payishida va sifatining
yaxshilanishida ifodalanadi.
Iqtisodiy o‘sish mezoni – iqtisodiy o‘sishni nisbatan to‘liq
darajada baholash
imkonini beradigan ko‘rsatkichni xarakterlaydi.
Iqtisodiy o‘sishning ko‘rsatkichlari – iqtisodiy o‘sishni aniqlashda
foydalaniladigan qiymat, ijtimoiy naflilik va natural (jismoniy) ko‘rsatkichlar
tizimidan iborat.
Ekstensiv iqtisodiy o‘sish – ishlab chiqarishga qo‘shimcha iqtisodiy
resurslarni jalb qilish orqali ishlab chiqarish hajmining ortib borishi.
Intensiv iqtisodiy o‘sish – ishlab chiqarish omillarini
rivojlantirish va ulardan
foydalanish samaradorligini oshirish orqali mahsulot ishlab chiqarish hajmining
ko‘payib borishi.
Iqtisodiy o‘sish omillari – iqtisodiy o‘sishga ta'sir ko‘rsatishda o‘z o‘rniga ega
bo‘lgan va uni aniqlab beruvchi talab, taklif va taqsimlash omillarini bildiradi.
Milliy boylik – insoniyat jamiyati taraqqiyotida ajdodlar tomonidan yaratilgan
va avlodlar tomonidan jamg‘arilgan moddiy va ma'naviy boyliklar hamda
foydalanishga jalb qilingan tabiat in'omlari.
Moddiy-buyumlashgan boylik – milliy boylikning
inson mehnati bilan
yaratilgan ashyoviy – buyum ko‘rinishga ega bo‘lgan qismi.
Tabiiy boylik – milliy boylikning tabiatda mavjud bo‘lib, insoniyat tomonidan
foydalanishga jalb qilingan tabiat ashyolari va kuchlari (er, qazilma boyliklar,
o‘rmonlar, suv va boshqalar).
Ma'naviy boylik – ashyoviy-buyum ko‘rinishiga ega bo‘lmagan nomoddiy
qimmatliklardan va insoniyatning intellektual salohiyati natijalaridan iborat.
Takrorlash uchun savol va topshiriqlar:
1.
Iqtisodiy
taraqqiyot,
iqtisodiy
rivojlanish
va
iqtisodiy
o‘sish
tushunchalarining ta'rifini bering hamda ularning umumiy
tomonlari va farqlarini
ko‘rsating.
2.
Iqtisodiy o‘sishning ekstensiv va intensiv turlari qanday aniqlanadi?
3.
Nima uchun real hayotda sof ekstensiv yoki sof intensiv iqtisodiy o‘sish
turlari uchramaydi?
377
4. Mamlakatning iqtisodiy salohiyatiga, aholisining turmush darajasiga va ishlab
chiqarishining samaradorligiga baho berishda iqtisodiy o‘sishning qanday
ko‘rsatkichlaridan foydalaniladi?
5.
Iqtisodiy o‘sishga ta'sir qiluvchi taklif, taqsimlash
va talab omillarini
tushuntiring hamda ularning ahamiyatini baholang.
6.
O‘zbekistonda nominal YAIM 2004 yil 12189,5 mlrd. so‘mni, 2005 yil
15923,4, 2006 yil 20759,3, 2007 yil 28186,2 mlrd. so‘mni tashkil qilgan. Uning
yillar bo‘yicha o‘sish sur'atlarini aniqlang. Respublika aholisi 2004 yil 26007, 2005
yil 26167,0, 2006 yil 26485,8, 2007 yil 27100 ming kishini tashkil qilganligini
hisobga olsak, aholi jon boshiga nominal YAIM o‘sish sur'ati qanday o‘zgargan?
7.
Milliy boylik tushunchasining ta'rifini bering
va tarkibiy tuzilishini
ko‘rsating.
8.
Milliy boylik tarkibida moddiy-buyumlashgan boylik qanday o‘ringa ega va u
qanday tarkibiy qismlarni o‘z ichiga oladi?
9.
Nima uchun er, suv kabi tabiiy boyliklarni qiymat o‘lchovida baholab, milliy
boylik tarkibiga kiritish mumkin emas?
10. Madaniy, tarixiy obidalar va arxitektura yodgorliklarining
milliy boylik
tarkibida aks etishini qanday izohlaymiz? Ularning har biriga misollar keltiring.