17-bob. Boshqaruvning aqsh, Yevropa va osiyo mamlakatlari modeli



Download 93 Kb.
bet4/14
Sana27.05.2023
Hajmi93 Kb.
#944678
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
17-мавзу Boshqaruvning AQSH, Yevropa va Osiyo mamlakatlari modeli

partisipativ boshqaruv ham mavjud. Partisipativ boshqaruv firmalarda demokratiyaning eng yuqori manfaatli darajasi bo‘lib, barcha tomonilar uchun yuqori naflilikka erishishni ta’minlaydi.
Partisipativ boshqaruv firma xodimlari boshqaruvning quyidagi yo‘nalishlarda faol ishtirok etishini ko‘zda tutadi:

  • ishchilarga mustaqil qaror qabul qilish imkonini berish;

  • ishchilarni qaror qabul qilish jarayoniga jalb qilish (masalan, marketing tadqiqotlari, axborot to‘plash, qaror variantlarini ishlab chiqish, tashkiliy ishlarni amalga oshirish va shu kabilar.);

  • ishchilarga bajarilgan ishlar, ishlab chiqarilgan mahsulot sifatini nazorat qilish huquqini berish;

  • ishchilarning firma faoliyatini takomillashtirishda ishtirokini ta’minlash;

  • ishchilarga muldor, aksiyador bo‘lish imkonini berish. Ishchilar o‘z ish haqining ma’lum bir ulushini firma ixtiyoriga o‘tkazish orqali kelgusida uning mulkdori bo‘lishi mumkin. Ko‘pchilik o‘z shaxsiy firmasi bo‘lishini orzu qiladi. Buning uchun ular mustaqil firma ochishga zarur mablag‘ to‘plagunga qadar firma uchun ishlab turishni taklif qilishadi. Firmalar iqtidorli va qobiliyatli ishchilarni ulush sifatida o‘z firmasiga taklif qiladilar. Bu ulush yoki egalik huquqi ularga o‘z qobiliyatlarini kelgusida foydaga almashtirish, shu orqali xususiy mulkka ega bo‘lish imkoniyatini yaratadi. Bu ikkala tomon: ishchi va firma uchun ham yo‘qotishlar keltirmaydi. Firma taqqoslab ko‘rilganda katta bo‘lmagan moliyaviy majburiyatga ega yaxshi xodimga, xodim esa muvaffaqiyatli firmada o‘z aksionerlik kapitaliga ega bo‘ladi

17.2. Menejmentning Germaniya milliy modeli


Menejmentning nemis modeli (Modell Deutschland) nazariy jihatdan
XX-asr boshlarida shakllandi. Mazkur yo‘nalishning asoschisi taniqli iqtisodchi olim, sotsiolog Maks Veber (1864-1920) hisoblanadi. M. Veber sotsiologi olimlar orasida birinchilardan bo‘lib o‘z tadqiqotlarini iqtisodiy jarayonlar, menejment va tadbirkorlik faoliyati bilan bog‘lashga harakat qilgan.
M.Veber tomonidan ilgari surilgan boshqaruv g‘oyasi byurokratiyani oqilonalashtirish (byurokratik ratsionalizatsiya) konsepsiyasidir. Bu g‘oya keyinchalik klassik menejment ilmiy maktabining rivojlanishiga ham turtki berdi. M.Veber kompaniyalar shaxs tomonidan emas, balki qat’iy byurokratiya tamoyillari asosida oqilona tashkil qilingan holda boshqarilishi lozim – degan fikrni ilgari surgan. Ta’kidlash joizki, Veber tomonidan ilgari surilgan “byurokratiya” tushunchasi zamonaviy talqindagi byurokratiya bilan tubdan farq qilganligi bois chalkashtirmaslik lozim. Byurokratiya – shaxsiy nuqtai nazarga asoslangan emas, balki individlarning tadqiq qilingan qat’iy qoida va choratadbirlari asosida boshqariladigan boshqaruv tizimidir. Mazkur tizimdagi barcha jarayonlar rasmiy jihatdan yuksak darajada oqilonalashtirilgan holda boshqrauvchi shaxslar tomonidan qo‘yilgan maqsadlar erishish vositalari to‘liq yoki deyarli to‘liq holda qoida, tavsiya va qonunlar asosida ustuvorligi ta’minlanishi, har qanday sharoitda ham qo‘llash mumkin bo‘lgan universal xarakterga ega bo‘lishi kerak. Konsepsiya lavozim huquq va majburiyatlarining aniq belgilab berilishi, rasmiy hisobot tizimining yuritilishi, boshqaruv vakolatlari va funksiyalarining taqsimotini ko‘zda tutadi. Bu o‘sha davr uchun zamonaviy menejmentning tub mohiyatini belgilab bergan ilg‘or boshqaruv g‘oyasi desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Shuningdek, M. Veber tomonidan taklif qilingan ushbu konsepsiyani amalga oshirish yo‘llari ham belgilab berilgan:

  • lavozimlar rasmiy vakolatlarga ega bo‘lgan holda ierarxik tuzilma asosida tashkil qilinadi va har bir lavozim o‘zidan yuqori bo‘lgan lavozimga qat’iy bo‘ysunadi. Ierarxiya bo‘yicha yuqoriga qarab lavozimlarning vakolatlari va hukmronlik darajasi ortib boradi.

  • xodimlarni tanlash va xizmat-lavozim martabasining oshirib borilishi imtihonlar orqali aniqlanadigan malakasi yoki bilim darajasi va ish tajribasiga qarab amalga oshiriladi.

  • barcha ma’muriy (boshqaruv) qaror va dalolatnomalar yozma shaklda rasmiylashtirilida, yozishmalar tashkilotning «xotirasi» hisoblanib, uni yuritish orqali tashkilotda vorislilik ta’minlanadi.

  • menejerlar tashkilotning mulki hisoblanmaydi, ular yollanma ishchilar hisoblanadi hamda alohida shaxs yoki guruhlar manfaati uchun emas, balki tashkilot manfaatlari uchun ishlaydi.

  • menejerlar qat’iy belgilab qo‘yilgan qoida va chora-tadbirlarga muvofiq holda faoliyat yuritishadi, bu kelgusida ularning ishonchliligini va xulq-atvorini tartibga solishga imkon berish kerak. Barcha ishchi va xodimlarni tartibga solishga qaratilgan rasmiy ustanovkalar kelgusida mehnat intizomini mustahkamlaydi va maqsadlarga erishishga imkon beradi.

Natijada tashkilotda barqarorlik ta’minlanadi.

  • byurokratik menejmentning asosiy g‘oyasi oqilonalik bo‘lib tashkilotdagi vazifalarni bajarishda boshqaruvning eng samarali vositalaridan foydalanishini ko‘zda tutar edi. Menejerlar tashkilotni ilmiy va mantiqqa asoslangan holda boshqarishlari, barcha qabul qilingan qarorlar kelgusida tashkilotdagi vazifalarning bajarilishini ta’minlashi kerak.

G.Xofstede indeksi asosida aniqlangan ko‘rsatkichlarga ko‘ra Germaniyaning madaniy tafovutlari menejmentning o‘ziga xos modeli shakllanishi mumkin.
M. Veberning boshqaruv g‘oyasi o‘tgan davr mobaynida ayrim kamchiliklarga ega ekanligini ko‘rsatgan bo‘lsada, bugungi kunda eng dolzarb hisoblangan modellardan biri hisoblanadi. Oqilonalashtirish nazariyasi kelgusida eng samarali boshqaruv amaliyoti hisoblangan nemis menejment maktabining va ko‘pchilik mamlakatlarda qo‘llanilib kelinayotgan boshqaruv uslubining shakllanishini ta’minlab berdi.
17.2.-jadval

Download 93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish