17-bob. Boshqaruvning aqsh, Yevropa va osiyo mamlakatlari modeli


Menejmentning Fransiya milliy modeli



Download 93 Kb.
bet6/14
Sana27.05.2023
Hajmi93 Kb.
#944678
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
17-мавзу Boshqaruvning AQSH, Yevropa va Osiyo mamlakatlari modeli

17.3. Menejmentning Fransiya milliy modeli


Zamonaviy fransuz menejmenti asoschisi taniqli olim, sanoatchi A.Fayol hisoblanadi. U menejment nazariyasi va boshqaruv ilmiga ulkan hissa qo‘shgan. Fayol “Boshqaruv sohasidagi har bir inson o‘zining boshqaruv qobiliyatlaridan nafaqat o‘z sohasida, balki boshqa faoliyat turlarida ham qo‘llay olishi lozimligini, boshqaruv oldindan ko‘ra bilish, tashkil qilish, vakolatlarni taqsimlash, muvofiqlashtirish va nazoratdan iborat” ekanligini ta’kidlab o‘tgan. A.Fayol ma’muriy menejment nazariyasini ishlab chiqqan olim sifatida boshqaruv ishchilarning nafaqat shaxsiy fazilatlarini, balki boshqaruv bilan shug‘ullanuvchi institutlar, normalar, tartib qoida, intizom va turli qonunlarni ham qamrab olishini ilmiy asoslab bergan.
Fransiyada menejer – yuqori talab mavjudligi bois nufuzli kasb hisoblanadi. Fransuz menejerlari nafaqat ishbilarmonlik va kasbiy malakalari, balki bilimi, yoshi va shaxsiy fazilatlari bilan ham boshqam milliy modellardan farq qiladi. Ayniqsa, davlat menejmenti, davlat xizmati juda nufuzli boshqaruv sohasi hisoblanadi. Boshqa mamlakatlardan farqli ravishda Fransiya davlat xizmatida menejerlar uchun xususiy sektorga qaraganda ko‘proq ish haqi to‘lanadi. Albatta, fransiya davlat xizmatida mehnatga layoqatli barcha fuqarolar ishlashi uchun konstitutsion huquqiga ega. Ammo, menejerlik kasbi har qanday sharoitda ham davlat xizmati uchun vositachi vazifasini o‘taydi.
Menejer kasbi, ishga joylashish, stajirovka, qayta tayyorlanish fransuz menejerlarri uchun nafaqat maxsus imtihonlar orqali, balki ular tamomlagan oliy o‘quv yurtining nufuziga ham bog‘liq. Eng nufuzli hisoblangan menejment maktablari Tijorat Oliy maktabi (Ecole des Hautes
Etudes Commerciales, NES), Iqtisodiy va tijorat fanlari oliy maktabi (Ecole Superieure des Sciences Economiques et Commerciales, ESSEC) va Parij
Oliy tijorat maktabi (Ecole Superieure de Commerce de Paris, ESCP) hisoblanadi. Fransiya ta’lim tizimining muvaffaqiyati ham oliy yoki yuqori maktablarga qabulning yopiq tizimli ekanligi bilan ham bog‘liq. Yuqori maktablarda o‘qish barcha uchun teng deb bo‘lmaydi. Bu avvalo o‘quvchilarning qobiliyatiga, oilaviy ahvoliga hamda nufuzli oiladan kelib chiqqanligiga bevosita bog‘liq hisoblanadi. Ushbu maktab bitiruvchilari kelajakda Fransiya elitasini shakllantirishga xizmat qiladi, ularning mansab pillapoyasida tez ko‘tarilishiga imkon beradi. Demak, menejer lavozimida ishlash uchun Fransiyada nafaqat bilim va qobiliyatlar, balki jiddiy nazariy va hayotiy imtihonlardan o‘tishga to‘g‘ri keladi.
Ayrim fransuz kompaniyalarida yangi ishga qabul qilinganlarga maxsus strategik topshiriqlar beriladi, kelgusidagi missiyalari oldindan belgilab qo‘yiladi. O‘z qobiliyatlari va aqliy salohiyatini namoyish qila olgan menejerlar nufuzliroq lavozimlarga o‘tkaziladi. Istiqbolli menejerlarning xizmat va kasbiy martabasini boshqarish ko‘p jihatdan Yaponiya firmalarida ham uchraydi.
Fransiyada xodimlarning bir korxonadan ikkinchisiga o‘tib ketishi jiddiy holatlardagina ro‘y berishi mumkin. masalan, ishlab chiqarish yoki xizmat zarurati tufayli. Shuning uchun xodimlar bir korxonada va bir jamoada uzoq muddat ishlash uchun harakat qiladi. Kasaba uyushmalari yoki mehnat jamoasi qarorining ahamiyatga ega ekanligi sababli, korxona rahbarlari o‘zlaricha xodimlarni ishdan bo‘shatishmaydi. Shunday bo‘lgan taqdirda ular kelgusi ikki yil mobaynida ushbu xodimlar yangi ishga joylashib, zaruriy ish haqiga ega bo‘lishlarigacha ish haqi to‘lab turishi shart. Ishlamaydigan xodim uchun ish haqi to‘lash har qanday korxona uchun ham naf keltirmaydi, shuning uchun ham ishga olishda ularni juda jiddiy sinovlar kutadi.
Keyingi yillarda Fransiya kompaniyalarida menejerlarning roli ortib bormoqda. Bugungi kunda ular jamoa fikrini e’tiborga olmasdan buyruq yoki ko‘rsatmalar berishadi va qabul qilishadi. Menejerlar qabul qilingan qaror nafaqat kompaniya uchun, balki mehnat jamoasi uchun ham muhim ekanligini o‘z zimmalariga olishadi. Buning uchun jamoaning ishonchini qozonishi lozim bo‘ladi. aynan shuning uchun ham menejerlarni jamoaning qo‘llab-quvvatlashi muhim hisoblanadi.
Menejmentning fransiya modelida norasmiy aloqala juda muhim hisoblanadi. Shuning uchun ham xodimlarning shaxsiy fazilatlari muhimdir. Ishga qabul qilishda ko‘pchilik hollarda xodimning ota-onasi va yaqin qarindoshlari surishtiriladi. Bu o‘z navbatida yuqori maktab (grandes ecoles), dagi o‘qish jarayoniga ham ta’sirini ko‘rsatadi. O‘quvchilar o‘qish davomida o‘zlarining eng yaxshi xulqini namoyon qilishga intilishadi va o‘qish tugagandan keyin ham ijobiy xulqini saqlab qolishni afzal ko‘radi. Boshqaruv madaniyatining bu kabi mukammal modeli xalqaro amaliyotda ham o‘z aksini topadi. Yosh bitiruvchilar to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy kompaniyalarda ishlashdan bosh tortishadi. Chunki o‘zining madaniyati, odob-axloqi xorijda salbiy baholanishidan xavotir olishadi.
Shu bilan birga Fransiyada menejerlik nafaqat kasb, balki turmush tarzi hamdir. Sabr toqatlilik, bosiqlilik, asketizm, mas’uliyatni yuqori darajada his qilish, shaxsiy xulq-atvor namunasi menejerning nafaqat mehnat jamoasi, balki jamiyat tomonidan qo‘yilgan asosiy hislatlaridir.
Shunday qilib fransuz menejmentining o‘ziga xos jihatlari quyidagilar:

  • mustaqil qaror qabul qilish va natijalar uchun shaxsiy

javobgarlikni o‘z zimmasiga olish;

  • qo‘l ostidagilarning maslahati va qo‘llab-quvvatlashi;

  • qo‘l ostidagilar tomonidan bildirilgan g‘oyalarning juda muhimligi;

  • tashkilot ichida norasmiy tenglikning mavjudligi;

  • tashkiliy aloqalarning rasmiyligi va tartib-qoidaning aniq belgilab qo‘yilganligi;

  • uzoq muddatli istiqbol va kelajakka yo‘naltirilganlik;

  • menejerlarning aqliy salohiyati va qobiliyatining qadrlanishi.

Fransuz ishbilarmonlik amaliyotida menejerlarning oratorlik mahorati muhim hisoblanadi hamda muzokaralar chog‘ida loyihaning juda mayda elementlari ham puxta tahlil qilinadi.
Fransiyada qaror qabul qilishda ierarxiya tamoyili juda katta rol o‘ynaydi, shuningdek byurokratiya darajasi ham yuqori. Qaror qabul qilishda norasmiy aloqalar va tanish-bilishchilikka keng yo‘l qo‘yiladi. Fransuz menejerlarining har qanday chora-tadbirlari shaxsiy manfaatlarga qaratilgan holda o‘z ehtiyojlarini ustun qo‘yishadi. Shuning uchun ham ular bilan hamkorlikda eng muhimi o‘z-o‘zini hurmat qilishdir. Shundagina ular bilan kelishuvga erishish va foyda ko‘rish mumkin bo‘ladi.

Download 93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish