17 – Mavzu. Polimerlarning molekulyar massasini aniqlash usullari Mavzuning asosiy masalalari



Download 247,88 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/5
Sana06.07.2022
Hajmi247,88 Kb.
#745100
1   2   3   4   5
Bog'liq
!7-Maruza-1

Osmometrik usul. 
Polimer molekulyar massasini osmometrik usulda aniqlash uchun yarim 
o’tkazgich membrana bilan ajratilgan qismlardan (biri polimer eritmasi va ikkinchisi toza 
erituvchi uchun) iborat asbobdan foydalaniladi. Agar polimer eritmasi osmometrda faqat 
erituvchi molekulalarini o’tkazuvchi membrana bilan ajratilgan bo’lsa, bunday sistema 
muvozanatlanmagan hisoblanadi, chunki, eritmadagi erituvchining kimyoviy potensiali µ toza 
erituvchidan kichik bo’ladi. Agar erituvchining kimyoviy potensiallari qiymatini membrananing 
ikkala tomonida tenglashtirsak, sistema muvozanatlanadi. Bunda polimer eritmasiga tashqaridan 
bosim berib erishish mumkin. Bunday ortiqcha bosim osmotik bosim π deb ataladi. π/c ning 
qiymati tajriba yo’li bilan eritmaning osmotik bosimini bir necha konsentrasiyada o’lchab, 
π/C=f(C) grafigidagi to’g’ri chiziqni cheksiz suyultirilgan konsentrasiya (C=0) gacha 
ekstrapolyasiya qilib topiladi. Polimer molekulyar massasi quyidagi formuladan hisoblanadi: 
_ RT 
M
n
= ------ 
π/c 
Bu usul o’rtacha arifmetik (raqamiy) molekulyar massani (3*10
4
– 2*10
6
gacha) topish 
imkonini beradi , chunki osmotik bosim polimer molekulalari soniga bog’liq. Osmometrik usul 
krioskopik va ebulioskopik usullarga qaraganda ancha aniq, ammo yarim o’tkazgich pardalar 
tayyorlash etarlicha takomillashmaganligi tufayli aniqlik bir muncha pasayadi.
 
Molekulyar massani nur yoyish yordamida aniqlash. 
Yorug’lik nuri yorug’lik to’lqininig 
0.1 qismiga teng o’lchamli zarrachalar bilan to’qnashganda nurning qaytishi va difraksion 
tarqalishi kuzatiladi. Nur yoyilishining sababi quyidagilardan iborat: yorug’lik to’lqinlarining 
o’zgaruvchan elektr maydon lari zarrachalarning elektronlari tebranishiga, zaryadlar orasidagi 
masofaning doim kamayishi yoki ortishiga (induksion qutilarda) olib keladi, bu esa, o’z 
navbatida har tomonlama tarqaladigan ikkilamchi nurlanishga olib keladi. Zarrachalar qanchalik 
yirik bo’lsa, ularda shunchalik ko’p induksion qutblar paydo bo’ladi va elektronlar 
pog’onalarining qutblanishi oson bo’ladi va induksion qutblarning hosil bo’lishini osonlashtiradi. 
Demak, eritmada zichlik va konsentrasiya fluktuasiyalari ko’p bo’lsa nur yoyilishi katta 
bo’ladi. Konsentrasiya o’zgarishi ozod energiyaning o’zgarishi bilan boradi va bu o’zgarishni 


osmotik bosimning bajargan ishi deb qarash mumkin. Bu esa nur yoyilishining intensivligi
osmotik bosimga bog’liqligini ko’rsatadi.
Agar makromolekula o’lchamlari 0.05 – 0.1 λ dan yuqori bo’lsa, u bir-biridan salgina 
uzoqlashgan va har xil fazalarda nur yoyadigan markazlar yig’indisidan iborat bo’ladi. Nur 
yoyish burchagi ϴ qancha katta bo’lsa, fazalar farqi ham shuncha katta bo’ladi. Undan tashqari, 
ichki molekulyar interferensiya natijasida har xil ϴ lar uchun yoyilayotgan nurning intensivligi 
bir xil bo’lmaydi, natijada topilgan M ning qiymati ham har xil bo’ladi. Bunday molekulyar 
massaning yoyilish burchagiga bog’liqligini P(ϴ) funksiya yordamida hisobga olib molekulyar 
massani quyidagi tenglama orqali aniqlash mumkin: HC/τ* P(ϴ)=1/M
Loyqalanish odatda, fotoelektrik nefelometrda har xil burchak ostida yoyilgan nurning 
intensivligini o’lchash orqali aniqlanadi. Yorug;lik manbai sifatida simob spektrining faqat 
yashil nurlarini o’tkazuvchi svetofiltr bilan moslangan simob chirog’i qo’llanadi. Nur yoyish 
usulining boshqa usullardan farqi shundaki, unda o’lchashlar tez amalga oshiriladi. Bu usul 
o’rtacha massaviy molekulyar massani beradi, chunki umumiy loyqalanish har bir fraksiyaning 
loyqalanish yig’indisidan iborat. 

Download 247,88 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish