Dastgohning texnik tasnifi
1. Ishlov berilayotgan detalning eng katta diametri, mm
|
400
|
2. Asboblar soni
|
6
|
3. SHpindel aylanish chastotasini tartibga solish
|
pog’onasiz
|
4. SHpindel aylanish chastotasi quyi va yuqori chegarasi, ayl/min
|
12,5 - 2000
|
5. SHpindel aylanishlar soni
|
22
|
6. Surishlarning tezlik cheklari, mm/min:
bo`ylama surish, Z o`qi bo`yicha
ko`ndalang surish, X o`qi bo`yicha
|
3 – 1200
1,5 - 600
|
7. Tez surish tezligi, mm/min:
bo`ylama surish, Z o`qi bo`yicha
ko`ndalang surish, X o`qi bo`yicha
|
4800
2400
|
8. Surish diskretligi, mm:
bo`ylama surish, Z o`qi bo`yicha
ko`ndalang surish, X o`qi bo`yicha
|
0,01
0,005
|
9. Kesilgan rezbalarning qadamlari cheklari, mm
|
0.5 – 20
|
10. Bir vaqtda boshqariladigan koordinatalar soni
|
2
|
11. RDB qurilmasi turi
|
2R22
|
12. Asosiy harakatlanuvchi elektrodvigateli quvvati, kVt
|
10
|
13. Qadamli elektrodvigatel quvvati, kVt
|
0,48
|
Ishni bajarish tartibi
Dastgoh vazifasini o`rganib chiqish
Dastgohning asosiy uzelarini aniqlash
Dastgohning tuzilishi, ishlash printsipi va uning asosiy uzellar konstruktsiyasini o`rganish
RDB Dastgohi boshqarish qurilmasi bilan tanishish
Dastgoh koordinata o`qlarining kerakli yo`nalishini aniqlash
Dastgohning texnik tavsifnomasi bilan tanishish
Dastgohning strukturaviy texnologik formulasini (STF) ishlab chiqish
Dastgohning koordinataviy texnologik sxemasini (KTS) ishlab chiqish
Dastgohning kombinatsiyalashgan koordinataviy texnologik sxemasini (KKTS) ishlab chiqish
Dastgohning quvvat formulasini (DQF) yozish
Dastgohning texnologik imkoniyatlarini oshirish yo`llarini ko`rsatish
Bajarilgan ish.
2R135F2 rusumli vertikal parmalash RDB Dastgohini strukturaviy texnologik modellashtirish
Dastgohning vazifasi va asosiy uzellari
2R135F2 rusumidagi Dastgohi uncha katta bo`lmagan partiyadagi detallarning ichki yuzalariga ishlov berishga mo`ljallangan.
Ishlov berilayotgan detal o`zaro bir biriga perpendikulyar yo`nalishda harakatlanuvchi stolga (1-rasm) mahkamlanadi. Stol dastur bo`yicha harakatlanib, ishlov beriladigan yuza tekisligidagi teshiklar va aylanuvchi shpindel o`qlarini mos holatda bo`lishini ta`minlaydi. Ichki yuzalarga ishlov berish 6 pozitsiyali revol’ver kallak shpindellarida joylashgan asboblar orqali amalga oshiriladi.
R asm 1. 2R135F2 rusumidagi vertikal parmalash RDB Dastgohini umumiy ko`rinishi:
1. Stanina;
2. Bosh harakat elektrodvigateli;
3. Revol’ver kallagini burilish yuritmasi;
4. Parmalash kallagi;
5. Parmalash kallagining surish yuritmasi;
6. SHpindel; 7. Revolver kallaki; 8. Boshqarish pul’ti;
9.Bo`ylama harakatlanuvchi stol; 10. Ko`ndalang salazkalar
Teshiklarni parmalash, zenkerlash, razvertkalash va ochib kengaytirish operatsiyalari Dastgohda "tez yaqinlashishi - ishchi surish - tez qaytish" tsikli bo`yicha amalga oshiriladi. TSekovkalash va zenkovkalash asbobni ishchi yurish ohirida surilmasdan bir oz ushlab turish orqali bajariladi. Stol, salazkalar va revol’ver kallaki supporti elektromexanikaviy yopiq yuritmalarga ega. YUritmalarning harakat vintlari bilan ko`chishlarni nazorat qiluvchi o`lchash o`zgartirgichlar (sel’sinlar) bog’langan. Dastgoh "S-70-3 Koordinata" RDB tizimi bilan jihozlangan. Boshqaruv dasturi ISO - 7 bit kodi asosida 8 qatorli perfolentaga yoziladi.
Dastgohning bosh harakat yuritmasi
Dastgohning pog’onali tezliklar qutisi elektromagnit muftalar yordamida avtomatik ravishda shpindelning 12 chastotali aylanishini ta`minlaydi.
O`zaro ko`ndalang stol surish yuritmasi
O`zaro ko`ndalang stolning ko`ndalang va bo`ylama yo`nalishlardagi harakatining har biri stolning 2 xil harakat tezligini (tez va sekin) ta`minlovchi alohida yuritmalar orqali amalga oshiriladi. Harakat tezligini katta tezlikdan kichik tezlikka o`tishi elektromagnit muftalar orqali amalga oshiriladi.
O`zaro ko`ndalang stol asos, salazkalar va stol o`zidan tashkil topgan. Salazkalar ko`ndalang yo`nalishda, stol esa bo`ylama yo`nalishda harakatlanadi. Harakatni nazorat qilish orqa aloqa zanjiridagi datchiklar sifatida tishli uzatmalar orqali surish vintlari bilan bog’langan doiraviy kontaktli, kodli o`zgartirgichlar qo`llaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |