Dastgohning texnik tasnifi
1. Ishlov berilayotgan teshikning eng katta diametri, mm
|
|
35
|
2. Revol’ver kallagining shpindellar soni
|
|
6
|
3. SHpindel aylanish chastotalari soni
|
|
12
|
4. SHpindel aylanish chastotasi cheklari, ayl/min
|
|
31,5 - 1400
|
5. Revol’ver kallaki supportining surishlar soni
|
|
18
|
6. Support surishlar cheklari, mm/min
|
|
10 – 500
|
7. Supportning tez harakat tezligi, mm/min
|
|
3360
|
8. Stolning surish tezligi, mm/min
|
|
3210
2,1
|
9. Stolning eng katta ko`chishi, mm
|
|
360
560
|
10. Surish diskretligi, mm
|
|
0,01
|
11. Bshqarish koordinatalar soni
|
|
4
|
12. Bir vaqtda boshqariladigan koordinatalar soni
|
|
2
|
13. Bosh harakat elektrodvigateli quvvati, kVt
|
|
4
|
14. RDB qurilmasi turi
|
|
Koordinata S-70-3
|
Ishni bajarish tartibi
Dastgoh vazifasini o`rganib chiqish
Dastgohning ishlash prinsipini o`rganish
Dastgohning koordinata tizimini aniqlash
Dastgohning koordinata-texnologik sxemasini (KTS) ishlab chiqish
Dastgohning struktura texnologik formulasini (STF) ishlab chiqish
Dastgohning kombinatsiyalashgan koordinata-texnologik sxemasini (KKTS) ishlab chiqish
Dastgohning quvvati formulasini (DQF) yozish
Bajarilgan ish bo`yicha hisobot topshirish
Nazorat savollari
Dastgohning vazifasi
Dastgohning ishchi organlari surilishini o`lchash qanday amalga oshiriladi?
Dastgoh koordinata o`qlarining ijobiy yo`nalishlarini tanlash qanday amalga oshiriladi?
Dastgohning koordinataviy texnologik sxemasi nima?
Dastgohning strukturaviy texnologik formulasiga nima kiradi?
KTS KKTS dan nimasi bilan farq qiladi?
Dastgohning quvvati formulasi qanday ma`lumotlardan tashkil topgan?
RDB Dastgohi qurilmasining texnik tafsiloti?
amaliy mashg’ulot № 8
RDB frezalash stanoklarida tayanch nuqtalarning koordinatalarini aniqlash
Ishning maqsadi:6N13F3 rusumidagi vertikal-frezali konsolli RDB Dastgohini strukturaviy texnologik modellashtirish.
Dastgohning vazifasi va asosiy uzellari
6N13F3 rusumidagi konsolli vertikal frezalash RDB Dastgohi tekis, fason va xajm yuzali detallarga ishlov berishga mo`ljallangan. Ushbu Dastgoh universal vertikal frezalash Dastgohi asosida ishlab chiqilgan va tezliklar qutisi ko`rinishidagi bosh harakat yuritmasiga ega. Tezliklar qutisi yordamida Dastgoh shpindeli 18 xil aylanish chastotasiga ega.
Dastgohning shpindel babkasi, stoli va salazkalari qadamli elektrogidravlik yuritmalari bilan ta`minlangan.
Dastgohning boshqaruv tizimi
Dastgoh N33-14 turidagi RDB tizimi bilan ta`minlanga bo`lib, uning tarkibiga qadamli dvigatellarni boshqaruvchi qurilma, interpolyator va dastur kirgizuvchi qurilmalar kiradi.
Interpolyator interpolyatsiya algoritmini amalga oshirish uchun hisoblash qurilmadan tashkil topgan. Interpolyator yordamida koordinata o`qlari bo`ylab interpolyatsiyaning har bir maydoni uchun harakatlarni ketma-ketligi hisoblanadi. Geometrik axborot X,Y, Z koordinata o`qlari bo`ylab to`g’ri burchakli koordinat tizimida beriladi.
Elektrogidravlik qadamli yuritma
Elektrik qadamli dvigatel’ va buruvchi moment gidrokuchaytirgichi elektrogidravlik qadamli yuritmaning asosiy qismlari hisoblanadi. Gidrokuchaytirgich aksial porshenli gidrodvigateli (rasm 1) va o`qiy turidagi kuzatuvchi zolotnikdan tashkil topgan. Qadamli dvigatel’ rotori taqqoslash qism gaykasi 1 bilan, kuzatuvchi zolotnik plunjeri esa vintli val 4 bilan ulangan.
Rasm 1. Burovchi momentlarni gidrokuchaytirgichi:
1 - rez’bali vtulka gaykali kichik val; 2 - zolotnik; 3 - korpus; 4 – vintli val;
5- shlitsali vtulka; 6 - aksial porshenli gidromotor; 7 - chiqish vali
Gidrokuchaytirgich chiqish valining 7 bikr orqa aloqasi kichik val 4 yordamida amalga oshiriladi. Valning o`ng tomoni shlitsali vtulka 5 orqali chiqish vali 7 ning shlitsali uchi bilan ulangan. Val 4 ning chap uchida rez’ba mavjud bo`lib, unga val 1 ning vtulka-gaykasi burilgan.
Gidrokuchaytirgichning korpusida o`qiy yo`nalishda val 4 bilan bikr bog’langan zolotnik 2 joylashadi. Zolotnik valga nisbatan tayanch podshipniklarda burilishi mumkin. Zolotnikning o`q bo`yicha harakatlanishi qadamli dvigatel’ni u yoki bu tomonga aylanishi oqibatida val 4 ni gaykaga burilishi yoki undan burilib chiqishi yo`li bilan amalga oshiriladi. SHunda moy bosim bilan gidromotorning tegishli bo`shliqlariga o`ynaltirilib, kirish vali 1 kabi chiqish valini xuddi o`sha tezlikda, yo`nalishda hamda o`sha burchakka harakat qilishini ta`minlaydi.
Qadamli dvigatel’ rotori va mos ravishda kirish valini to`xtashi zolotnikning o`tish kesimini yopilishi va natijada gidromotor valining to`htashiga olib keladi.
SHu yo`sinda qadamli dvigatel’ rotorining birlamchi qadamlari gidrodvigatel’ tomonidan bajariladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |