16K20F3 rusumli rdb tokarlik dastgohini strukturaviy texnologik modellashtirish. Reja



Download 0,61 Mb.
bet9/10
Sana06.04.2022
Hajmi0,61 Mb.
#532047
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
RDb mustaqil

Dastgohning texnik tasnifi



1. Ishchi stol yuzasi o`lchamlari (eni, uzunligi), mm




400 x 1600

2. SHpindel aylanish chastotalari soni




18

3. SHpindel aylanish chastotasi cheklari, ayl/min




31,5 - 1600

4. Surishlar cheklari, mm/min

  • Ko`ndalang

  • Bo`ylama

  • Vertikal




8 – 1200
8 – 1200


8 – 800

5. Ko`ndalang va bo`ylama yo`nalishlar bo`yicha tez surish tezligi, mm/min




4000


6. YUritmalarni boshqarish




Pog’onasiz

7. Koordinata o`qlari bo`ylab harakatlanish diskretligi, mm




0,01

8. Koordinatalar soni




4

9. Bir vaqtda boshqariladigan koordinatalar soni




3

10. Asosiy harakatlanuvchi elektrodvigateli quvvati, kVt




7,8

11. RDB qurilmasi turi




N33 - 1M


Ishni bajarish tartibi



  1. Dastgoh vazifasini o`rganib chiqish

  2. Dastgohning ishlash printsipini o`rganish

  3. Dastgohning koordinata tizimini aniqlash

  4. RDB Dastgoh tizimi bilan tanishish

  5. Dastgohning koordinataviy texnologik sxemasini (KTS) ishlab chiqish

  6. Dastgohning strukturaviy texnologik formulasini (STF) ishlab chiqish

  7. Dastgohning kombinatsiyalashgan koordinataviy texnologik sxemasini (KKTS) ishlab chiqish

  8. Dastgohning quvvat formulasini (DQF) yozish

  9. Bajarilgan ish bo`yicha hisobotni tayyorlash



Nazorat savollari



  1. Dastgohning vazifasi

  2. Qadamli dvigatel’ni ishlash printsipi

  3. Burovchi moment gidrokuchaytirgichining ishlash printsipi

  4. Elektrogidravlik qadamli yuritmaning ishlash printsipi

  5. Dastgoh koordinata o`qlarining ijobiy yo`nalishlarini tanlash qanday amalga oshiriladi?

  6. Dastgohning koordinataviy texnologik sxemasi nima?

  7. Dastgohning strukturaviy texnologik formulasiga nima kiradi?

  8. KTS KKTS dan nimasi bilan farq qiladi?

  9. Dastgohning quvvati formulasi qanday ma`lumotlardan tashkil topgan?



amaliy mashg’ulot № 9


RDB tokarlik stanoklarida hisoblash-texnologik xaritasini aniqlash


16K20F3 rusumli RDB tokarlik dastgohini strukturaviy texnologik modellashtirish.
Ishning maqsadi: 16K20F3 rusumli RDB tokarlik dastgohi bilan tanishish, asosiy ishchi mexanizlari konstruktsiyalarini va dastgohning texnologik imkoniyatlarini o`rganish, dastgohning strukturaviy texnologik modelini ishlab chiqish.
Dastgohning vazifasi
Dastgoh tashqi va ichki tsilindrik, sferasimon va fason yuzalarga ishlov berish, chervyakli va turli xil yakka va ko`p kirimli, shu bilan bir qatorda o`zgaruvchan qadamli rez’balarni ochishga mo`ljallangan. Ishlov berish jarayonida zagotovka sodda shakl hosil qiluvchi harakatni (Z o`qi atrofida aylanish) amalga oshiradi, ko`p pozitsiyali keskich tutqichiga mahkamlangan keskich esa zagotovka o`qi bo`ylab (koordinataning Z o`qi) va zagotovka o`qiga perpendikulyar (koordinataning X o`qi) bo`yicha harakatlanadi. Zagatovkaning aylanma harakati va keskichning bo`ylama va ko`ndalang harakatlari natijasida kerakli mahsulot shaklini olish imkoniyatini beradi.
Dastgoh tavsifi
16K20F3 rusumidagi RDB tokarlik dastgohi raqamli dastur boshqaruv qurilmasi va dastgoh o`zidan tashkil topgan.
Boshqaruv qurilmasi dastgoh yoniga o`rnatilgan elektron bloklar katakchalariga ega ustundan tashkil topgan. elektron bloklar dastur tashuvchilardagi axborotlarni o`qish, ularni boshqaruv tizimiga kirgizish, joriy axborotlarni taxlil qilish, dasturni to`g’irlash va o`zgartirish uchun mo`ljallangan.
Dastgoh tavsifnomasiga uning vazifasi, tuzilishi, asosiy harakat uzatmalari, qo`l va avtomat surishlar, dastgohning texnologik imkoniyatlarini kengaytiradigan va ekspulatatsiya jarayonini soddalashtiradigan bloklar va qurilmalar kiradi.
RDB dastgohini baholash asosan quyidagi asosiy ko`rsatgichlar asosida amalga oshiriladi: mahsulot ishlab chiqarish unumdorligi, ishlash aniqligi va ekspluatatsiya sermexnatligi.
Asosiy harakat 1460 ayl/min nominal aylanish chastotasiga ega asinxron chastotasi rostlanadigan elektrodvigatel’dan amalga oshiriladi. SHpindel’ aylanishlar chastotasi 12,5 - 2000 ayl/min oralig’ida uchta ostdiapazonda sozlanadi. Ostdiapazonlar qo`l yordamida o`zgartiriladi. Asbobiy kallak o`rnatilgan support harakati (Z va X koordinata o`qlari) gidrokuchaytirgichli qadamli yuritma (SHD-4 tipidagi)orqali amalga oshiriladi.
Olti holatli gorizontal o`q atrofida buriladigan asbobiy kallak supportga o`rnatilgan.
Ishlov berish dasturi sakkiz qatorli perfolentaga ISO 7-bit kodi orqali yoziladi. Dastgohda 2R22 tipidagi boshqarish qurilmasi qo`llaniladi.
Ketingi babka dastur asosida bajariladigan pinol’ harakatlanishi, pinol’ni qisish va bo`shatish uchun elektromexanik yuritmaga ega. Ketingi babkani stanina yo`naltirgichlari bo`yicha ko`chirish qo`lda amalga oshiriladi.
Elektrogidravlik qadamli yuritmaning asosi elektrik qadamli dvigatel’ va buruvchi momentning gidrokuchaytirgichidan tashkil topgan. Gidrokuchaytirgich aksial porshenli gidrodvigatel’ va o`qiy tipidagi kuzatuvchi zolotnikdan bo`ladi.
Elektrogidravlik qadamli yuritmalarni oziqlantiruvchi nasos qurilmasi moy etkazishini avtomatik rostlaydigan aksial porshenli nasos, quvvatlantiruvchi qurilma, fil’trlash, ishchi suyuqligini sovutish, nasos qurilmasini oldindan qizdirish va nazorat rostlash asboblaridan tashkil topgan.



Download 0,61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish