Bog'liq 16. Agrar munosabatlar ijara haqi va renta
. 292
AQSh fermerlarining foydasi ob havo va chet el ishlab chiqarishidagi o’zgarishlarga bog’liq: chet eldagi don maxsulotlarning yaxshi hosili bu AQSh maxsulotlariga talabning kamayishidir. Shunga o’xshab yevropa va janubiy sharqiy osiyo davlatlari foydasidagi siklik o’zgarishlar masalan AQSh qishloq xo’jaligi maxsulotlariga talabni surishi mumkin. Chet el iqtisodiy siyosatidagi o’zgarishlar ham talabni o’zgartirishi mumkin. Masalan sharqiy yevropa davlatlari o’z qishloq xo’jalik maxsulotlari yetishtiruvchilarini chet el raqobatidan kuchliroq ximoya qilishmoqchi bo’lishsa bunda AQSh fermerlari u yerga kira olmaydi va AQSh maxsulotlariga talab pastayadi. Xalqaro siyosat ham talab barqaror emasligiga o’z xossasini qo’shadi. AQSh va xitoy va AQSh va Rossiya o’rtasidagi munosabatlarning o’zgarishi bir qancha vaqt davomida shu davlatlarga eksportning o’sishi va boshqa davlatlarda kamayishiga olib keldi. Dollarning xalqaro qiymatidagi o’zgarishlar ham hal qiluvchi ta’sirga ega bo’lishi mumkin. Dollar kursining pastayishi AQSh qishloq xo’jaligi maxsulotlariga talabni oshiradi (bunda chet elliklar uchun maxsulotlar arzon tushadi) va ko’tarilishi ularga nisbatan talabni kamaytiradi. 4 Xulosa sifatida: eksport muhimligining o’sib borishi AQSh maxsulotlariga talabning qisqa muddatli no barqarorligini kuchaytirdi. Qishloq xo’jaligi mollari eksporti nafaqat ob havo, foydaning o’zgarishi va chet iqtisodiy siyosati lekin bundan tashqari xalqaro siyosat va dollarning qiymatiga ham bog’liq. (asosiy savol). 16.4 rasmi AQShda qoramol, cho’chqa, jo’xori, va bug’doyning 20 asr ikkinchi yarmida inflyatsiya xisobga olingan xoldagi narxlarini ko’rsatadi. Qisqa muddatli iqtisod narxlari ko’rinib turibdi. Real qishloq xo’jaligi maxsulotlaridagi umumiy pasayish ham shunday (inflyatsiyani xisobga olganda). Uzoq muddatli istiqbol: sanoatning pasayishi Qishloq xo’jaligining bozorining ikki asosiy xususiyatlari nega qishloq xo’jaligi pastayayotgan sanoat ekanligini tushuntiradi:
Vaqt o’tishi bilan texnologik rivojlanish tufayl qishloq xo’jaligi maxsulotlari taklifi o’sadi.
Qishloq xo’jaligi maxsulotlariga talab sekin o’sgan chunki u foydani etiborga olganda noelastik. Endi keling talab va taklif kuchlarining har birini ko’rib chiqaylik. Texnologiyalar va taklifning o’sishi Texnologik rivojlanishning tez o’sish sur`ati qishloq xo’jaligi maxsulotlarining taklifini o’stirdi. Bu texnologik rivojlanish ko’pgina ildizlarga ega: qishloq xo’jaligining mexanizatsiyalashuvi, yer boshqaruvining rivojlangan texnikasi, tuproqning saqlanishi, irrigatsiya, gibrid ekinlarning ishlab chiqilishi, rivojlangan o’g’it va insektatsidlarning mavjudligi, polimer o’ramli urug’lik va qoramol 4
Campbell R. McConnell, Stanley L. Brue
Economics 299 б