Bog'liq 16. Agrar munosabatlar ijara haqi va renta
Agrar munosabatlar: ijara haqi va renta . 294
Fermerlikdan tashqari foydalar. Ko’pgina xo’jalik egalari foydalarining aksariyat qismini fermerlikdan tashqari sherikchilik yoki qishloq xo’jaligi investitsiyalaridan olishadi. Bu ko’proq barqaror bo’lgan elementlar beqaror fermerlik foydasini yumshatadi. Fermerlik xavfli tadbirkorliklardan biri bo’lib qolsada, yer egalari narx va foyda beqarorligidagi xavflarga qarshi yangi yo’llar topishgan. 2005 yilga kelib har bir fermer 105 odamni ta’minlashga yetadigan maxsulot ishlab chiqara boshladi. Shubxasiz, qishloq xo’jaligidagi har bir mehnat birligi uchun ferma ishlab chiqarish miqdori xyratlanarli o’sdi. Oxirgi 55 yil ichida qishloq xo’jaligidagi jismoniy unumdorlik ikki baravar tez fermadan tashqari foydalar bilan teng o’sdi. Qishloq xo’jaligidagi rivojlanishlarning aksariyati fermerlar tomonidan qilinmagan. Bu ko’proq hukumat homiyligidagi tadqiqot dasturlari, ta’lim va qishloq xo’jaligi qurilmalarini ishlab chiqaruvchilar tomonidan qilingan. Qishloq xo’jaligi kollejlari, tadqiqot stansiyalari, qishloq xo’jaligi tuman maslaxat xizmatlari, AQSh qishloq xo’jaligi boshqarmasi tomonidan ishlab chiqilgan ta’lim broshuralari, qishloq xo’jaligi mashinalari, pestitsid va o’g’it ihlab chiqaruvchilarining tadqiqot bo’limlari AQSh qishloq xo’jaligining texnologik rivojlanishiga asosiy manba bo’ldi. Oxirgi vaqtlarda texnologik rivojlanish rivojlangan axborot texnologiyalarining fermerlikga kirib kelishi bilan tezlashtirilyapdi. Kompyuter va internet fermerlarga yer sharoiti ma’lumoti, kutilayotgan unumdorlik, qishloq xo’jaligi maxsulotlari narxlari, xarid qilish yoki ijaraga olish uchun yerlar, va boshqalarni qisqa vaqtda bilish imkonini beradi. Undan tashqari fermerlarga amalga oshirilayotgan jarayonlarni kuzatish va boshqarish uchun murakkab tadbirkorlik dasturlari bilan ham ta’minlaydi. Talabning ortda qolishi. Qishloq xo’jaligi maxsulotlariga talabning o’sishi maxsulotlar taklifining texnologik yaratilgan o’sishi bilan teng keta olmadi. Sabab qishloq xo’jaligi talabining ikki asosiy aniqlovchisida: foyda va aholi. Rivojlanayotgan davlatlarda iste’molchilar o’zlarini saqlab qolish uchun kam miqdorli daromadlarini qishloq xo’jaligi maxsulotlari oziq ovqat va kiyimlarga sarflashadi. Lekin daromad oshgan sari ochlik muammosi yo’q bo’ladi, va iste’molchilar doimiy pasayuvchi stavkalarda oziq ovqatga nisbatan chiqimlarini oshirishadi. Oshqozonlari to’lganidan keyin iste’molchilar etiborlarini hayot qulayliklari qishloq xo’jalikga oid bo’lmagan ishlab chiqarish va xizmatlarga qaratishadi. AQShdagi iqtisodiy o’sish jon boshi daromadini oddiy kun ko’rish darajasidan yuqoriga ko’tardi. AQSh iste’molchilari daromadlaridagi o’sish natijasida hozirda iste’molchilar qishloq xo’jaligi chiqimlaridagi proportsion o’sishlardan kamroq ishlab chiqarishyapdi. AQShda qishloq xo’jaligi maxsulotlariga talab daromad noelastik; u foydadagi o’sishlarga unchalik ta’sirchan emas. Hisob kitoblarning ko’rsatishicha soliqlar to’langanidan keyin jon boshi daromadidagi 10% o’sish qishloq xo’jaligi