16-gruppacha elementlari va ularning birikmalari Reja: Elementlar atomlari xossalarining umumiy tavsifi va elektron formulalari Kislorod va uning olinishi


Suvning metallmaslar bilan ta’siri



Download 0,67 Mb.
bet13/15
Sana09.07.2022
Hajmi0,67 Mb.
#764755
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Bog'liq
16 gruppacha elementlari va ularning (1)

Suvning metallmaslar bilan ta’siri. Metallmaslar uncha faol emas.Qizdirilganda reaksiya borishi mumkin. Suv ba’zi metallmaslar bilan qizdirilganda birikadi. C + H2O CO↑ + H2
4B + 6 H2O 2B2O3 +3H2↑ yoki H3BO3 hosil bo’ladi.
Odatdagi sharoitda galogenlar suv bilan ftor shiddatli, qolganlari sekin reaksiyaga kirishadi.
F2 + H2O = 2HF + O*
Bu reaksiya bir muncha murakkab bo’lib, reaksiyada OF2, O2F2, O3 va H2O2 lar ham hosil bo’lishi mumkin. Qolgan galogenlarning suv bilan reaksiyalari qaytardir.
C l2 + H2O HCl + HClO
B r2 + H2O HBr + HBrO
J 2 + H2O HJ + HJO
CH4 + 2H2O = 4H2 + CO2 (qizdirilganda)
2) suv elektr toki yordamida parchalanadi.U ham oksidlovchi, ham qaytaruvchi bo’ladi:
3) suv ba’zi metall oksidlari bilan ham reaksiyaga kirishadi:
Aktiv metallarning oksidlari suv bilan birikib oksidlar hosil qiladi.
K2O + H2O = 2KOH - ∆H
CaO + H2O = Ca(OH)2 - ∆H
so’ndirilmagan ohak so’ndirilgan ohak
Bu reaksiyaga ohakni so’ndirish deyiladi. Reaksiyada juda katta issiqlik chiqadi, hatto suv qaynab ketadi. Ohakni so’ndirishda kalsiy oksidi ustidan suvni emas, aksincha suvga oz-ozdan CaO solinadi. Aksincha, ohak kuyadi (ivib) qoladi deyiladi. Suv deyarli barcha metallmaslarning oksidlari bilan reaksiyaga kirishib kislotalar hosil qiladi:
SO2 + H2O = H2SO3 - sulfit kislota;
SO3 + H2O = H2SO4 – sulfat kislota;
P2O3 + 3H2O = 2H3PO3 – fosfit kislota;
P2O5 + 3H2O = 2H3PO4 – fosfat kislota;
N2O3 + H2O = 2HNO2 – nitrit kislota;
N2O5 + H2O = 2HNO3 – nitrat kislota;
CO2 + H2O = H2CO3 – karbonat kislota.
Bu reaksiyalarda ham ma’lum darajada issiqlik ajralib chiqadi. Ko’pchilik tuzlar suvda eriganda gidrolizga uchraydi (gidroliz mavzusiga qarang) ammo, ayrimlari suvda batamom parchalanadi:
Al2S3 + 6H2O = 2Al(OH)3↓ + 3H2S↑
Suv o’zgarmas elektr toki yoki juda yuqori temperaturada (t0>20000C) parchalanadi.

Ko’pchiligi suvda erimaydi ZnO, TiO2, Cr2O3, Fe2O3.
5) Suv gidratlar va kristallogidratlar hosi qiladi: sovutilganda eritmadan tuz molekulalari o’zlari bilan ikki yoki bir qancha suv molekulalarini biriktirib cho’kmaga tushadi. Tarkibida suv molekulalari mustaqil birlik sifatida bo’lgan kristall moddalarga kristallogidratlar deyiladi. Kristallogidratlar tarkibidagi suvga kristallizasion suv deyiladi:
Masalan, CaSO4.2H2O-tabiiy gips, Na2SO4.10H2O-glauber tuzi, KAl(SO4)2.12H2O-achchiq tosh. Sulfat kislotaning ayrim tuzlariga FeSO4.7H2O, MgSO4.7H2O, CuSO4.5H2O kuporoslar deyiladi. Kristallogidratlar qizdirilganda suvni yuqotadilar:
CuSO4.5H2O CuSO4 + 5H2O↑
havo rang oq
Kristallogidratlar kompleks birikmalarga mansub, suv molekulalari ligand rolini o’ynaydi.
Yana gidratlar hosil bo’lishiga misol keltiramiz:
H2SO4 + H2O = H2SO4.H2O (sulfat kislota gidrati)
NaOH + H2O = NaOH.H2O (natriy ishqori gidrati)
Bu moddalar suvni qurutuvchi agentlar sifatida ishlatiladi. Ular yordamida atmosfera havosidagi suv bug’larini tozalash mumkin. Suvga xos bo’lgan eng ahamiyatli reaksiya o’simliklarda kraxmalning sintez qilinishi va natijada kislorodning ajralishidir:
6n CO2 + 5n H2O = (C6H10O5)n + 6n O2 (Yorug’lik ta’sirida)

Download 0,67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish