yy.) podsholik qilgan Xammurapi (ba
’zi manbalarda Xammurabi) qonun to‘plamlari (jami
282 ta) diqqatga sazovor (m.a.1760 y.).
Xammurapi
qonun t
o‘plamlari
Bu t
o‘plam 1901-1902 yy. Suza shahri qoldiqlarini
arxeologik qazish paytida
topilgan. Toshga
o‘yib yozilgan muhim va qadimiy, tarixiy huææatni tahlil qilish shuni
k
o‘rsatadiki, mavjud davlat sinfiy va sotsial jihatdan ancha mukammal ajralgan. Biz uchun
ayniqsa mulkchilik va unga egalik shakllari muhimdir. Qonunda
«kuchlilar zaifroqlarni
cheklamasligi kerak
» degan qoida bor. Masalan, qarzdorligi
uchun podsho jangchilari va
boshqa aholining yerlarini sotish yoki tortib olish man
’ etilgan. Sudxo‘rlik faoliyati
cheklangan, uning miqdori pulda 20, mahsulotda 33 foizdan ortiq b
o‘lmasligi kerak.
Asosiy maqsad ishlab chiqarishni, birinchi navbatda qishloq x
o‘jaligini rivojlantirishni
q
o‘llab-quvvatlash bo‘lgan, ya’ni mehnatsiz daromad topishga qarshi kurashilgan. Qarzni
qarz hisobiga uch yildan ortiq ushlab turish mumkin b
o‘lmagan. Umuman,
xususiy
mulkchilik, shu jumladan yerga ham tan olingan. Birovning xususiy mulkiga k
o‘z olaytirgan,
unga zarar yetkazganlar iqtisodiy jihatdan jazolangan. Bu qonunlar t
o‘plami davlatning
mamlakatni iqtisodiy boshqarish sohasidagi dastlabki tajribasini k
o‘rsatadi. Oqibatda shu
davrda mamlakat ham siyosiy jipslashdi, ham iqtisodiy ravnaq topdi.
Qadimgi
Hindistonning
«Manu qonunlari»da (m.a. IV-III asrlar) ijtimoiy mehnat
taqsimotining, hukmronlik va b
o‘ysunish institutlarining mavjudligi aytiladi.
Hindistondagi iqtisodiy
g‘oyalarni aks ettiruvchi qadimgi yodgorlik «Artxashastra»
(m.a. IV-III asrlar orali
g‘ida)dir (tom ma’nosi bo‘yicha ifoda, amaliy hayot to‘g‘risidagi fan, bu
asar m.a. III-II asrlarda t
o‘ldirilgan).
Bu qadimiy va muhim tarixiy yodgorlikdir (u Chandragupta I podsholigi davrida
podsho maslahatchisi Kautile Bishnugupta tomonidan yozilgan degan fikr bor). Unda
qulchilikni mustahkamlash asosiy vazifa qilib q
o‘yilgan. Qulchilik eng past tabaqalarga xos
narsa deb sanaladi. Bu asarda
«buyumning qiymati» muammosi ko‘tarilgan, qiymat miqdori
«ish kunlari» bilan belgilangan, rag‘batlantirish esa mehnat
natijalariga mos ravishda
belgilanishi kerak, deyilgan.
Bu asarda davlatni boshqarish b
o‘yicha takliflar berilgan bo‘lib, bir qancha iqtisodiy
g‘oyalar ham ilgari surilgan. Masalan, unda mahsulotning bozor bahosi bilan uning tabiiy
qiymati
o‘rtasidagi farq aytilgan. Tovarga bo‘lgan ehtiyoj ortganda, uning bahosi qiymatdan
oshib ketishi mumkin, deyilgan. Savdo bilan shu
g‘ullanuvchilarga alohida urg‘u
berilgan
b
o‘lib, foyda masalasi ko‘tarilgan, foydaning miqdori tovar bahosiga (boshqa xarajatlar
qatorida) q
o‘shilib, mahalliy mahsulot uchun 5, chetdan kelgan tovarlar uchun 10 foiz
(import
o‘sha davrda ham afzal) qilib belgilangan.
Davlatning iqtisodiy ishlarga aralashuvi q
o‘llab-quvvatlangan. Qishloq xo‘jaligiga
alohida e
’tibor berilgan, bo‘sh yerlar xalqqa bo‘lib berilishi va soliq to‘lash zarurligi,
su
g‘orish inshootlari qurishga e’tibor haqida so‘z yuritiladi. Umuman, davlat mamlakatning
ishlab chiqaruvchi kuchlarini
rivojlantirishi kerak, degan
g‘oya markaziy o‘rinni egallaydi.
(Hozirgi davrdagi J.M.Keyns va institutsionalizm tarafdorlari fikri bilan mos.)
Moliya sohasida daromad soli
g‘iga katta e’tibor berilgan. Davlat ba’zi ishlarni
rivojlantirishi uchun moddiy va ma
’naviy yordam berishi kerak, deyilgan. Mahsulotga baho
belgilash, davlatning boyishini ta
’minlash (foydani oshirib, sarf-xarajatni kamaytirish),
hisob-kitobni tartibga solish, har xil
o‘g‘irliklarga qarshi kurashish kerakligi belgilangan. Shu
tamoyillarni amalga oshirish tufayli jamiyatdagi norozilik, tengsizlik y
o‘qoladi, deyilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: