16 – ma’ruza modda elektr о‘tkazuvchanligining asosi nazariyasi. Reja



Download 436,74 Kb.
bet3/26
Sana07.07.2022
Hajmi436,74 Kb.
#752577
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26
Bog'liq
geomexanika

18 – MA’RUZA
TOG‘ JINSLARINI MEXANIK BURG‘ILASH VA ULARNING BURG‘ILANUVCHANLIGI.
Reja:
1.Tog‘ jinslarini burg‘ilash ishlarining maqsadi.
2.Tog‘ jinslarini burg‘ilash ishlarining vazifasi.
3.Mexaniq burg‘ilash usullalari va ularning tasnifi.
Foydali qazilma konlarinini qazib olish jarayonida shpur va skvajina tarmoqlarini yaratish uchun tog‘ jinsida burg‘ilash ishlari amalga oshiriladi. Bundan tashqari konlarni razvedka qilish va boshqa texnologik ishlarda burg‘ilash ishlari olib boriladi. Masalan tog‘ jins tarkibini va massiv holatini baholash yoki massivga ma’lum miqdorda ta’sir etish (syuqlik yuborish yoki aksincha konni suvsizlantirish) uchun.
Tog‘ jinsida yoki massivda suniy ravshda slindir shaklidagi bо‘shliqlar hosil qilish burg‘ilash deb ataladi. Tog‘ jinsida yoki massivda bо‘shliqlar hosil qilish hamda ularga portlovchi moddalarni joylashtirish uchun burg‘ilash ishlari bajariladi.
Tog‘ jinsida yoki massivda chuqurligi 5 m gach va diametri 75 mm gacha bо‘lgan slindr shaklidagi bо‘shliq shpur deyiladi. Shpurlardan massivni qо‘porib olishda. Shpurlardan massivni qо‘porib olishda, pog‘ona asosini tekslashda, yer osti kon ishlarida gorizantal va vertikal kon lahimlarini о‘tishda foydalaniladi.
Tog‘ jinsi massivda uzunligi 5 m dan va diametri 75 mm dan Yuqori bо‘lgan suniy silindrik hosil qilingan bо‘shliq skvajina deyiladi. Skvajinalar ochiq kon ishlarida mustahkam va qattiq bо‘lgan tog‘ jinslarini qо‘porib olishda, ayrim holatlarda yer osti kon ishlarida, gaz va uran konlarini qazib olishda qо‘llaniladi.
Hozirgi vaqtda rudali kavjoylarni burg‘ilash uchun yuqori unumdorli bir necha xil о‘lchamdagi ikki yoki uch marta yuqori quvvatli pnevmatik PK-45, PK-75 va gidravlik perforatorlardan foydalanilmoqda. Bu rusumli perforatorlar, pnevmatik, g‘ildirakda harakatlanadigan, dizel yuritkichli burg‘ilovchi qurilmalarga о‘rnatib ishlab chiqarilgan. Qurilmalar diametri 40-60 mm, chuqurligi 3-4 metr bо‘lgan shpurlarni burg‘ilashga mо‘ljallangan.
Rudali kavjoyda shpurlar burg‘ilashda qо‘llaniladigan unifikatsiyalashtirilgan (bir xilga keltirilgan) burg‘ilash qurilmalarining turlari quyidagi jadvalda keltirilgan. Jadval – 18.1.


Yeslatma: Burg‘ilovchi qurilmani birinchi raqami perforatorlar sonini kо‘rsatadi:
BK-burg‘ilash karetkasi: keyingi raqam-о‘lchamlari: D-yurilish dizeli.
Ushbu burg‘ilovchi qurilmalar SBKI-2P, KBSHM, SBU-2M, SBU-2K, UBG-2 va boshqa qurilmalar о‘rniga yangilarini va modernizatsiya qilingan turlarini loyihalab, ishlab chiqarilmokda. Shpurlar burg‘ilashda о‘rmalab harakatlanuvchi burg‘ilovchi qurilma (1SBK-2K va boshqalari) qо‘llaniladi.
Skvajinalarni burg‘ilash. Skvajinalarni burg‘ilash uchun olmos va qattik qotishmalardan tayyorlangan koronkalar bilan aylanib burg‘ilovchi stanokda pnevmozarbalovchi va sharoshkali zarbalab aylanuvchi perforatorlarning har xil turlari qо‘llaniladi.
Aylanma burg‘ilashda qattiq qotishmalardan tayyorlangan koronkalarda mustahkamlik koyeffitsiyenti f=6-8 bо‘lgan jinslarni burg‘ilashda qо‘llaniladi. Burg‘ilovchi stanokni ABV turidagi kolonkali elektr burg‘i bilan diametri 50-100 mm, chuqurligi 10-40 metr bо‘lgan skvajinalar burg‘ilanadi. Burg‘ilovchi stanokning smenadagi ish unumdorligi 20-100 metrga yetadi.
Portlatishga mо‘ljallangan diametri 30-50 mm bо‘lgan skvajinalarni olmosli koronka bilan burg‘ilash xorijda keng tarqalgan. Lekin hozirgi davrga kelib, zarbalab-aylanuvchi burg‘ilash usuliga о‘z о‘rnini berdi. О‘zbekiston va MDH davlatlaridagi konchilik ishlari amaliyotida olmosli burg‘ilash usulini qо‘llash keng tarqalmagan. Bu usul samarali bо‘lishi mumkin, agar sintetik olmosning tannarxi arzon bо‘lsa.
Hozirgi vaqtda aylanma-zarbalab burg‘ilash usuli diametri katta bо‘lmagan (45-90 mm) skvajinalarni burg‘ilashda asosiy usul bо‘lib, mustahkam va о‘rtacha mustahkamlikdagi jinslarda chuqurligi 30 metrgacha bо‘lgan skvajinalarni burg‘ilashda keng qо‘llanilmoqda.
Burg‘ilovchi stanokning ABV turi elektr burg‘i bilan jihozlangan bо‘lib, diametri 50-100 mm, chuqurligi 10-40 metrgacha yetadigan skvajinalarni burg‘ilashda qо‘llanilmoqda. • Stanokning smenadagi ish unumdorligi 20-100 metrga yetadi. Perforatorlarning burg‘i kallagi odatda mustaqil aylanadi. Yangi turdagi perforator PK-120 anchagina chuqurlikgacha burg‘ilashga mо‘ljallangan.
Burg‘ilash stanogini о‘rnatish uchun («BU-70U», «Udar-2» va boshqalar) lahimning kengligi 2-2,3 metr, balandligi 2,3 metr bо‘lishi talab etiladi. Mashinaning smenadagi ish unumdorligi 10-50 metrga yetadi.
Xorij (AQSH, Kanada, Shvetsiya) da «Simba-22», «Simba-26», «Atlas-Copco» firmasiga tegishli pnevmog‘ildirakli о‘ziyurar burg‘ilovchi dastgohlar keng qо‘llanaladi. Ushbu burg‘ilovchi stanoklar yuqori quvvatli perforatorlar bilan jihozlangan.
Burg‘ilovchi stanoklar diametri 48-70 mm, chuqurligi 30 metrga yetadigan skvajinalarni burg‘ilashga mо‘ljallangan stanokning stanokning ish unumdorligi (ikki va uch perforator о‘rnatilganlari) 300-500 metr yoki 1000-1500 tonnaga yetadi.
Aylanib-zarba ta’sir etuvchi modernizatsiyalangan burg‘ilovchi
stanoklarningt texnik xarakteristikasi (tasnifi) quyidagi 5- jadvalda keltirilgan:
KBU-50M va KBU-80M burg‘ilovchi stanoklarni Starooskol mexaniqa zavodida, PBU-80M va SBU-50YE burg‘ilovchi stanoklarni Kishtim mashina qurish zavodida ishlab chiqarilmoqda (Rossiya).
Pnevmozarbali burg‘ilash. Bu burg‘ilash usuli mustahkam va о‘ta mustahkam jinslarda chuqurligi 12-15 metr bо‘lgan skvajinalarni burg‘ilashda keng qо‘llaniladi. О‘zbekiston va MDH davlatlari rudniklarida asosiy burug‘ulash ishlar. hajmini NKR-100M, NKR-100MA rusumli burg‘ilovchi stanokda bajariladi. Bu stanok bilan diametri 130 mm bо‘lgan skvajinalarni burg‘ilash mumkin.



Download 436,74 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish